Ayollar G‘arb «erkinligi»dan himoyaga muhtoj

149
0

Ayollar G‘arb «erkinligi»dan himoyaga muhtoj

  Bugun, 8-mart kuni Bishkekda o‘nlab odamlar ayollar huquqlariga bag‘ishlangan yurishga chiqishdi. Mazkur yurish «Bishkek feministik tashabbuslari» tashkiloti tomonidan tashkil etildi.

  Bu safar ham Qirg‘izistondagi nodavlat tashkilotlar oiladagi zo‘rovonlikni niqob qilib chiqishdi. Ichki ishlar vazirligi ma’lumotlariga ko‘ra, har yili 10 mingdan ortiq oilaviy zo‘ravonlik holatlari qayd etiladi.

  Aslida, bu tashkilotlarni moliyalashtiradigan G‘arb davlatlarida ayollarga nisbatan zo‘ravonlik Qirg‘izistonga qaraganda bir necha barobar ko‘p va yildan-yilga ortib bormoqda. Masalan, USA Today nashrining yozishicha, Golivudda ishlagan ayollarning 94 foizi jinsiy zo‘ravonlikka uchragan. AQSHda har daqiqada 20 ayol oilaviy zo‘ravonlikka duchor bo‘ladi. Bu mamlakatda har kuni 1900 nafar qiz zo‘rlanadi. Bundan tashqari, har yili bir millionga yaqin qiz abort qildiradi. Fransiyaga kelsak, 4 million fransuz ayoli yoki ayollarning 12 foizi umri mobaynida kamida bir marta zo‘rlanganliklarini aytgan. Har uch kunda bir ayol birga yashagan odam tomonidan o‘ldiriladi. Germaniyada har 5 daqiqada kamida bitta ayol jinsiy va boshqa zo‘ravonlikka duchor bo‘ladi. Har uch kunda bir ayol zo‘ravonlik qurboni bo‘ladi, ular turmush o‘rtoqlari, qarindoshlari yoki birga yashovchilar tomonidan o‘ldirilgan. Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti xisobotiga ko‘ra, dunyo bo‘ylab ayollarning uchdan biri yoki ayollarning 35 foizi jismoniy va jinsiy zo‘ravonlikka duchor bo‘lgan. Ayniqsa, pandemiya davrida bu raqamlar yanada oshgan.

 Bulardan ko‘rinib turibdiki, ayollarning zo‘ravonlikka uchrashining asosiy sababi ustimizda tatbiq etilayotgan kapitalistik qonunlardir. Aniqrog‘i, “erkinlik” niqobi ostida G‘arbning bizga tiqishtirayotgan “qadriyatlari” ayollarning tahqirlanishiga sabab bo‘lyapti. Chunki, kapitalizm ayollarni erkaklar bilan teng huquqli qilish bahonasida tabiatan zaif bo‘lgan ayollar zimmasiga erkaklar bilan bir xil mas’uliyat yukladi. Ayollarni erkaklardan mustaqil qilish (gender tenglik) niqobi ostida ularni ayollarning o‘rni bo‘lmagan sohalarga jalb qildi. Natijada oilada barqarorlik yo‘qoldi. Erkaklar ham, ayollar ham o‘z burchlarini unitgandan so‘ng oilada nizolar kuchaymoqda. Demak, ma’lum bo‘lganidek, kapitalizm (demokratiya) tuzumi ayollar duch kelayotgan zo‘rovonlikni bartaraf qila olmaydi. Aksincha, bu muammolar ana shu mafkura sababli yuzaga keladi va ayollar G‘arbning bu “erkinligi”dan” himoyaga muhtojdirlar.

 Ayolni bunday xavfdan himoya qilishning yo‘li faqat Islomda mavjud. Aniqrog‘i, Islom ayol kishiga saqlanishi vojib bo‘lgan nomus va uy bekasi sifatida qaraydi. Faqat mana shunday g‘amxo‘rlik ayol kishiga o‘zini ayol sifatida his qilishni ta’minlab beradi. Bunday g‘amxo‘rlik Islomdagi ijtimo nizomini tatbiq qilish bilan bo‘ladi. Zero, oila jamiyat asosini tashkil etib, farzandlarimiz kelajagini shakllantiradi. Oilani, kelajak avlodni va jamiyatni yomon fikrlar, amallar va narsalardan himoya qilish Islomni adolat bilan tatbiq qilib, Islom dinini risolat sifatida olamga olib chiqadigan davlatda amalga oshadi. Shu sababli biz ayollar hayotida haqiqiy o‘zgarish bo‘lishini orzu qilayotgan har bir kishini mana shu roshid Xalifalikni tezroq barpo etishni qo‘llab-quvvatlashga, shuningdek, erkinlik niqobi ostida tiqishtirilayotgan demokratiya yolg‘onini rad etishga chaqiramiz.

 Turkiston

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.