Modi hukumati Islom va musulmonlarga qarshi adovatini yanada kuchaytirmoqda

151
0

بِسْمِ اللهِ الرَّحْمٰنِ الرَّحِيمِ

Modi hukumati Islom va musulmonlarga qarshi adovatini yanada kuchaytirmoqda

Ustoz Bilol Muhojir

Joriy yil 23-26 yanvar kunlari Nyu-Dehlida «Musulmon yoshlar ekstremizmi millatga nisbatan ulkan tahdiddir» nomli konferetsiya bo‘lib o‘tdi. Hindiston bosh vaziri Narendra Modi, uning milliy xavfsizlik bo‘yicha maslahatchisi Ajit Doval, ichki ishlar vaziri Amit Shah, politsiya bosh direktorlari va inspektorlari, shuningdek, mamlakatning 350dan ziyod yuqori martabali politsiya zobitlarini o‘z ichiga olgan ushbu anjumanda «musulmon yoshlari ekstremizmi», deb nomlangan tadqiqot va ish hujjati taqdim etildi. Hujjatda «musulmon yoshlari ekstremizmi»ga milliy xavfsizlik uchun asosiy tahdidlardan biri o‘laroq qaralgan bo‘lib, ayni tahdidga qarshi kurashish uchun mo‘tadil musulmon rahbarlari va ulamolaridan foydalanish taklif etilgan. Hujjatda quyidagilar iddao qilingan:

«Hindistonda diniy fundamentalizmning kuchayishi, birinchi navbatda, diniy targ‘ibotning yuqori darajaga yetganligi, zamonaviy aloqa vositalarining, shu jumladan, shifrlangan vositalarning qulaylashganligi, transchegaraviy terrorizmning kuchayganligi hamda Pokistonning ushbu ekstremistik guruhlarni rag‘batlantirayotganligi bilan bog‘liq. Hindistondagi musulmon yoshlarning uyushgan ekstremizmga moyil ko‘plab radikal islomiy tashkilotlari musulmonlar ongini zaharlash va ularni zo‘ravonlik yo‘liga undash xususiyatlariga ega. Ularning taklifi demokratiya va ilmoniylik kabi zamonaviy qadriyatlarga zid. Bu radikal islomiy tashkilotlar «SIMI» (Hindiston Islomiy Talabalar Jamoasi), Islomiy Birlik, Islom Yoshlari Ittifoqi va Hizb ut-Tahrir kabilarni tashkil qiladi. Ushbu ekstremistik tashkilotlarga qarshi kurashda ko‘p qirrali yondashuv talab qilinadi, jumladan: Ularning yashirin faoliyatlarini kuzatish, boshqa shunga aloqador shaxslar to‘g‘risidagi ma’lumotlar bazasini yaratish, radikallashuv o‘choqlarini aniqlash, monitoring qilishga urg‘u berish, har qanday radikal tashkilotning ekstremizm va terrorizmni tarqatishi hamda o‘z kadrlarini terroristik va zo‘ravonlik operatsiyalarga jalb qilishi ehtimolini oldindan tahlil qilish, binobarin, bularning barchasi uchun harakat rejasini ishlab chiqish». (Tayms of India gazetasi).

Bu til biriktiruv konferensiyasi qatnashchilariga va oddiy insonlarga shuni aytmoqchimizki, biz Hindiston xavfsizlik xizmati xodimlari tayyorlagan bu hujjatdagi satrlarni o‘qib, uni aniq tushundik. Ya’ni bu yerda zohirda terrorizm, ekstremizm, fundamentalizm va zo‘ravonlikka qarshi kurash aytilayotgan esa-da, biroq kurash Islom va musulmonlarga qarshi qaratilgan, bunga aslo shubha yo‘q. Bu kurash AQSH va mustamlakachi G‘arb davlatlarining Islomga qarshi ochgan urushlari sirasiga kiradi. Nega, chunki Islom shunday bir haqdirki, kapitalistik davlatlar undan qo‘rqadi. Asosan AQSH va unga ittifoqchi salibchi davlatlar va unga tobe davlatlar, shu jumladan Hindiston hamda hukmron elitalar va ularning kapitalist shirkatlari va nufuzli shaxslari xalqlarning boylik va resurslaridan ozuqalanishadi. Shuning uchun global kapitalizm va uning turli dunyo davlatlaridagi odamlarining Islomni nishonga olayotganliklariga sabab ular kapitalizm tuzumi ostidagi mana shu xalqlarning Islomga yo‘l topib ketishlaridan qo‘rqishyapti, ularga adolat qiluvchi Islomni din sifatida qabul qilib, bu ochko‘zlarga qarshi inqilob qilishlari va Islom boshqaruvini talab qilishlaridan xavfsirashyapti.

Hozir Hindistonda hokimiyat uchun kurashayotgan partiyalar Islomga qarshi salibchilik kurashi kampaniyasidan saylov kartasi sifatida foydalanishmoqda… Biroq, shuni bilmayaptilarki, ular nishonga olayotgan Islom butun insoniyat uchun adolatli tuzum bo‘lib, insoniyatni zulmatdan olib chiqadi hamda jamiyatdagi bir siqim elitaga xizmat qilish uchun kapitalistlar tomonidan ishlab chiqilgan tuzumlar zulmidan chiqarib, Islom adolatiga eltadi. Chunki odil Islom kuchli bilan zaif o‘rtasini, boy bilan kambag‘al o‘rtasini, oq tanli, qora tanli, qizil tanli, sariq tanli va boshqa tanli insonlar o‘rtasini teng ko‘radi. Teng ko‘rib boyliklarni ular o‘rtasida adolat bilan taqsimlaydi. Bunga musulmon bo‘lmagan, ammo insofli mufakkirlar hamda Islom aqidasi va ahkomlarini o‘rgangan har bir inson guvohlik bergan. Shuning uchun ham biz konferensiyachilarning butun insoniyatni vayronalik va baxtsizlikka olib kelgan yovuzlikka qarshi emas, ezgulikka qarshi kurashayotganlarini guvohi bo‘lyapmiz. Shu sababdan konferensiyachilar ham, oddiy insonlar ham Islomni insof va betaraflik bilan o‘rganmoqlari lozim. Ana shunda to‘g‘ri tushuncha-xulosa chiqaradilar. Biz shuni anglamoqdamizki, Islom kapitalistlar og‘zida achchiq-taxir, aqliraso yoki mazlum va bostirilgan kishilar og‘zida shirindir va bu ikkinchi toifadagi insonlar Hindistonning musulmon va g‘ayrimusulmon aholisining aksarini tashkil qiladi.

Konferensiyada tilga olingan va asosan Hizb ut-Tahrir va boshqa islomiy tashkilotlarga kelsak, ular haqni ro‘yobga chiqarish va insoniy tuzumlardagi botillikni, avvalo kapitalistik tuzumning botilligini fosh etish uchun faoliyat qilmoqdalar. Islomga insoniyat uchun hidoyat risolasi va nur sifatida e’tiqod qiluvchi ushbu tashkilot-jamoalar orasida «terroristik» tashkilot yo‘q. Ularning birortasi ham musulmon va g‘ayrimusulmon doxil oddiy insonlar qonini to‘kishga yoki odamlar orasiga qo‘rquv solishga ruxsat beruvchi terrorizmga mansub emaslar. Balki ular Rosululloh ﷺning

«لاَ يَحِلُّ لِمُسْلِمٍ أَنْ يُرَوِّعَ مُسْلِمًا»

«Musulmon musulmonni qo‘rqitmog‘i halol emas», degan so‘zlariga amal qiladilar. Zotan, terrorizm, ekstremizm va zo‘ravonlikni dunyoning turli yurtlaridagi kapitalistik rejimlar va ularning xavfsizlik xizmatlari o‘ylab topishgan. Hindiston bilan uning xavfsizlik xizmati ham o‘shalardan biri bo‘lib, Islom va musulmonlarni qora qilib ko‘rsatish maqsadida ayrim islomiy jamoalarga qasddan yolg‘ondan «zo‘ravonlikni qo‘llash» ayblovini yopishitirmoqda. Toki, insoniyatga yaxshilik olib kelish uchun faoliyat qilayotgan musulmonlarni bostirishga muvaffaq bo‘lishmoqchi. Albatta, ularning Islom Ummatining qo‘zg‘alishini va Payg‘ambarlik minhoji asosidagi Xalifalik davlatini barpo etilishini kechiktirishga bo‘lgan bu urinishlari omadsiz urinishdir. Chunki Xalifalik davlati yaqinda Alloh nozil qilgan va barcha insonlar uchun manfaatli bo‘lgan ahkomlar bilan hukm yuritishda butun bashariyatga o‘rnak bo‘ladi. Xalifalik davlati, shuningdek, kapitalistik tuzum yuzidagi niqobni yulib tashlab, shu tuzum, uning rahbarlari va nufuzli shaxslarining aybini yashirib kelayotgan pardani ochib tashlaydi. Ana shunda insonlar Allohning diniga to‘p-to‘p bo‘lib kiradilar.

Konferensiyada tilga olingan musulmon yoshlar insoniyatni halokat jarligiga olib kelgan ilmoniy kapitalistik qiymat-qadriyatlarni qabul qilmaydilar. Chunki kapitalistlar muqaddas deya da’vo qilayotgan moddiy qiymat aksar xalqlarni, shu jumladan Hindiston xalqini ham yurtlari boy bo‘lishiga qaramay, kambag‘al xalqlarga aylantirdi. Kapitalistlar og‘iz ko‘pirtirib gapirayotgan erkinliklar jamiyatlarni hayvoniy jamiyatga aylantirdi… Shuningdek, erkak o‘z mahramlari bilan, erkak erkak bilan va ayol ayol bilan jinsiy hayot kechiradigan, inson hayvon bilan aloqa qiladigan jamiyatlarga aylantirdi. Shu zayl jamiyatni parchalab, odamlarni barqaror va ittifoq oilaga qoloq va sarqit oila deb qaraydigan, hayvoniy hayotni esa zamonaviy va ilg‘or hayot deb biladigan qilib qo‘ydi! Hindistondagi ko‘plab siyosatchilar mana shu irqchilik qadriyatlarini qabul qilishgan bo‘lib, u bilan faxrlanadigan va uni o‘zlarining siyosiy partiyalari uchun shiorga aylantiradigan bo‘lib qolishdi. Bu partiyalarning ko‘pchiligi, jumladan irqchi Bxaratiya Janata hokimiyatga mana shu qadriyatlar bilan keldi. Bunga misollardan biri, yaqinda Bi-Bi-Si arabiy telekanali namoyish qilgan ko‘rsatuvda aytilishicha, Gajarat shtatidagi Boburiy masjidida sodir etilgan qirg‘inga Modining o‘zi yetakchilik qilgan… Ular ilmoniylar og‘iz ko‘pirtirib gapirayotgan mana shu qadriyatlardan biri bo‘lmish fikr erkinligini oyoq osti qilishgan. Ular aytayotgan ayni qadriyatlar xavfsizlik xizmatiga josuslik qilishga hamda er-xotinning gaplarini va aka-ukalarning gaplarini yashirincha eshitishga ruxsat bergan bo‘lib, bunga xavfsizlikni himoya qilish, degan narsani bahona qilishadi. Aslida esa, buni buzg‘unchi kapitalist tuzum va uning elitasi xavfsizligini himoya qilish uchun eshitishadi. Inson oliy qadriyat, deya kurashayotgan qadriyatlar shumi, uloqtirish shart bo‘lgan tuban qadriyatlar emasmi bu?! Har bir fikrli inson bunday tuzumni va uning razil qadriyatlarini rad etmog‘i, Modi va u kabi poraxo‘r rahbarlarni javobgarlikka tortmog‘i kerak, xuddi Hindistondagi musulmon yoshlar talab qilayotganlari kabi! Ammo mazkur konferensiyachilar ularni quvg‘in qilishga, ularning aqllari va fikrlaridan ehtiyot bo‘lishga chaqirishyapti.

Haq bilan botil (Islom bilan kapitalizm) o‘rtasidagi kurash to‘xtamaydi, oxiri haq botil ustidan g‘alaba qozonadi va bu Allohning izni ila yaqinda albatta bo‘ladi. Muvaffaqiyatsizligi va buzuqligi allaqachon isbotlangan kapitalizm zulmidan qutulish yo‘llarini xalqlar qidiradigan bo‘lib qoldi. Buning vaqt masalasi ekaniga va butun insoniyat Islom va uning adolati tarafga o‘tishiga bizning ishonchimiz komil. Lekin o‘ziga, oilasiga va xalqiga xolis boqadigan aqliraso kishi albatta Islomga kirishga shoshiladi, xalq, qabilalar va davlatlar miqyosida Islomni qabul qiladi. Kapitalizm va uning darg‘alaridan butunlay voz kechib, o‘zini, oilasini, xalqini inson o‘ylab topgan tuzumlar azobidan qutqaradi, bu bilan uning uchun kengligi yeru osmoncha bo‘lgan jannatni tayyorlab qo‘ygan yaratuvchisini rozi qiladi hamda Alloh ushbu kalomida jahannam oloviga tushishi va bu dunyoda tang-baxtsiz bo‘lishi bilan ogohlantirgan badbaxtlardan bo‘lmaydi:

 وَمَنْ أَعْرَضَ عَنْ ذِكْرِي فَإِنَّ لَهُ مَعِيشَةً ضَنْكاً وَنَحْشُرُهُ يَوْمَ الْقِيَامَةِ أَعْمَى * قَالَ رَبِّ لِمَ حَشَرْتَنِي أَعْمَى وَقَدْ كُنْتُ بَصِيراً * قَالَ كَذَلِكَ أَتَتْكَ آيَاتُنَا فَنَسِيتَهَا وَكَذَلِكَ الْيَوْمَ تُنْسَى * وَكَذَلِكَ نَجْزِي مَنْ أَسْرَفَ وَلَمْ يُؤْمِنْ بِآيَاتِ رَبِّهِ وَلَعَذَابُ الْآخِرَةِ أَشَدُّ وَأَبْقَى 

«Kim Mening eslatmamdan yuz o‘girsa, bas, albatta uning uchun tang – baxtsiz hayot bo‘lur va Biz uni qiyomat kunida ko‘r holda tiriltirurmiz». U: «Parvardigorim, nega meni ko‘r qilib tiriltirding, axir ko‘rar edim-ku», degan edi, (Alloh) aytdi: «Shunday. Senga Bizning oyat-mo‘jizalarimiz kelganida ularni unutding. Bugun sen ham ana shunday «unutilursan»»[Toha 124-126]

Roya gazetasining 2023 yil 15 fevral chorshanba kungi 430-sonidan

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.