Qirg‘izistonning davlat qarzi 431 million dollarga oshdi

176
0

Qirg‘izistonning davlat qarzi 431 million dollarga oshdi

 Xabar: Qirg‘izistonning davlat qarzi 5 milliard 578 million dollarga yetdi. Bu haqda Moliya vazirligining 2022-yil yakunlar to‘g‘risidagi yangi ma’lumotda aytib o‘tildi.

 Qarzning 4,5 milliard dollari tashqi qarz, 1 milliard dollardan ko‘prog‘i ichki qarzdan iborat.

 2021-yil oxirida Qirg‘izistonning davlat qarzi 5 milliard 147 million dollarni tashkil etgan. Boshqacha aytganda, davlat qarzi bir yilda 431 million dollarga oshgan.

 Izoh: Rasmiy hukumat 2020-2023-yillarda davlat qarzini samarali boshqarish maqsadida strategiya ishlab chiqqan edi. Ammo, strategiya qabul qilingani, rasmiy hukumat davlat qarzini to‘lash bo‘yicha barcha choralar ko‘riayotganini va hatto, shu maqsadda soliq va jarimalarini oshirib borayotganiga qaramay davlat qarzi o‘sib bormoqda. Bu holat uning ichki boshqaruv sistemasiga aloqadormi? Albatta, yo‘q. Qirg‘izistonning qarz botqog‘iga botib borishining asosi, xalqaro olamiy global boshqaruv sistemasi tomonidan atayin paydo qilinadi. Bu jarayonda qirg‘iz siyosiy doirasining roli korrupsiyaga botib qolganidadir. Shu korrupsiyalashgan sxema ham, tashqi mustamlaka davlatlar tomonidan rivojlantirib boriladi. Ularga Qirg‘iziston tobora ko‘proq qarzga botib qolishi uchun mazkur qarzlarning bir qismini o‘zlashtirib olish haqida fikrlaydigan korrupsiya botqog‘iga botgan amaldorlar kerak. Xarqaro siyosat vakillari aynan shu haromtomoq siyosiy guruhdan foydalanadi. Qirg‘izistondagi sobiq va amaldagi yetakchi guruh mamlakat uchun qarz olayotganida “og‘ir sanoatni rivojlantirish uchun, hatto shu kunga kelib sotib yo‘q qilib yuborishgan yirik korxonalarni qayta ishlatish uchun” deb biror marta qarz olgan emas.

 Xalqaro sistema shunday shakllantirilganki, unda yirik va yetakchi davlatlar dunyoning har burchagida joylashgan tabiiy boyliklardan foydalana olishadi. Zaif davlatlar esa, o‘z hududida joylashgan tabiiy boyliklardan ham mustaqil foydalana olishmaydi. Chunki bu olamiy kompaniyalar ortida xalqaro kapitalistik sistema turibdi. Ular o‘z manfaatlarini himoyasi uchun xalqaro sud tizimini tuzib olishgan. Xalqaro qonunlar qabul qilib, o‘zlarining barcha harakatlari uchun qulay sharoitlarni qonuniylashtirib olishgan. Davlat qarzi masalasida ham huddi shunday. Agar davlat biror xalqaro moliyaviy tashkilotdan qarz oladigan bo‘lsa bu qarzlar uzoq muddatga va ma’lum foiz evaziga beriladi. Ushbu muddatning katta qismida qarzdor davlat faqat qarzning foizini to‘lab keladi va belgilangan vaqt yetganidan so‘ng foiziga qo‘shib tanini ham qaytarishni boshlaydi. Garchi  davlat olgan qarzini muddatidan oldin to‘lashga qodir bo‘lgan taqdirda ham xalqaro moliyaviy tashkilotlar qarzni muddatidan oldin qaytarib olishni istamaydi yoki qarz foizini bir necha bor ko‘tarishni talab qilishadi. Aslida, bunday shartlar qarz olinayotgan vaqtda qo‘yiladi va qarzdor davlat bu shartlarni bajarishga majbur qilinadi. Masalan, 25-fevral kuni vazirlar mahkamasi raisi Akilbek Japarov Qirg‘iziston tashqi qarzini hozir to‘lashga tayyor ekanini bildirdi. Biroq hukumat nima sababdan bunday qilmayotganini, “erta to‘lasa foizi ko‘payib ketishi” bilan izohladi.

 Qirg‘iziston muammosi xalqaro kapitalistik sistemani ustimizda turishi va shu sistema tuzgan xalqaro olamiy siyosatda, Islom dini harom qilgan, riboga asoslangan xalqaro qonunlar tatbiq qilinayotgani va ustilarimizda mavjud bo‘lib turganiga bog‘liqdir. Moddiy manfaatdan boshqasini hisobga olmaydigan kapitalistik tuzum ustimizda tatbiq qilinar ekan Qirg‘iziston hech qachon qarz yukidan qutula olmaydi.

Abdurahmon Odilov

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.