Jismoniy shaxslarning salomatligini saqlash profilaktikasi

89
0

Xalifalik davlatida sog‘liqni saqlash siyosati

Bismillahir rohmanir rohiym

Jismoniy shaxslarning salomatligini saqlash profilaktikasi

   Bu bob Xalifalikdagi shaxsiy salomatlik nuqtai nazaridan profilaktik tibbiyotni o‘z ichiga oladi va shaxsning salomatlik holatlariga ta’sir ko‘rsatadigan ijtimoiy salomatlik tadbirlariga e’tibor qaratadi. Ushbu kitobning so‘zboshida qayd etilganidek, shariat Xalifaga shaxsiy tekshiruv tarafidan aholining salomatligini saqlashni vojib qilgan. Shunga ko‘ra, shaxslarning salomatligi yomonlashishini oldini olish uchun faol chora-tadbirlarni ko‘rish zarurdir. Profilaktika chora-tadbirlarini quyidagi navlarga ajratish mumkin:

a) birlamchi profilaktika: bu boshidanoq infeksiyani oldini oladigan xarakatlardir. Aholi sog‘lig‘ini saqlash bo‘yicha chora-tabirlarning aksariyati birlamchi profilaktika choralaridir. Bizlar yuqorida bu masalaga batfsil to‘xtalib o‘tdik.

b) ikkilamchi profilaktika: kasallik kattalashib ketmasligini oldini olish maqsadida davolash imkoniyatini kuchaytirish uchun kasallikka erta tashxis qo‘yishni maqsad qiladigan amallardir.

v) uchinchi darajali profilaktika: reabilitatsiya va kasallika moslashish orqali haqiqiy kasallikning salbiy oqibatlarini kamaytiradigan va kasallikning asoratlarini ozaytiradigan xarakatlardir.

  Darhaqiqat, Rasululloh sallollohu alayhi va sallam pandemiyalar, har-hil kasalliklar va profilaktik chora-tadbirlarga nisbatan Islomning tutgan o‘rnini bayon qilib berdilar. Abu Xuzoma otasidan qilgan rivoyatda aytiladi:

سألتُ رسولَ اللهِ صلَّى اللهُ عليهِ وسلَّمَ فقلتُ: يا رسولَ اللهِ، أرأيتَ رُقىً نسترْقيها ودواءً نتداوى به وتقاةً نتقِيها، هل تردُّ من قدرِ اللهِ شيئًا؟ قال: هي منْ قدرِ اللهِ

Men Rasululloh sallollohu alayhi va sallamdan so‘radim: “Yo Rasulalloh! Bizlar shifo talabida o‘qiydigan ruqiya, bizlar davolanadigan davo va bizlar iltijo qiladigan himoyaga nima deysiz? Bular Allohning qadaridan biror narsani o‘zgartiradimi?”. Rasululloh sallollohu alayhi va sallam javob berdilar: “ Bular (ya’ni yuqorida sanalgan uch narsa) Allohning qadaridandir”. Termiziy chiqargan va uni sahih, hasan hadis degan. Ya’ni, Rosululoh sallollohu alayhi va sallam sog‘liqni saqlash uchun chora-tadbirlarni ko‘rishni ta’kidlaganlar. Bunga qo‘shimcha, Qur’oni Karim oyatlari ham kasallik va ojizlik bilan musibatlanganlarga ruxsat hukmini beradi. Jumladan Alloh ta’olo aytadi:

لَّيۡسَ عَلَى ٱلۡأَعۡمَىٰ حَرَجٞ وَلَا عَلَى ٱلۡأَعۡرَجِ حَرَجٞ وَلَا عَلَى ٱلۡمَرِيضِ حَرَجٞۗ وَمَن يُطِعِ ٱللَّهَ وَرَسُولَهُۥ يُدۡخِلۡهُ جَنَّٰتٖ تَجۡرِي مِن تَحۡتِهَا ٱلۡأَنۡهَٰرُۖ وَمَن يَتَوَلَّ يُعَذِّبۡهُ عَذَابًا أَلِيمٗا

 (Jihodga chiqmay qolishlarida) ko‘zi ojiz kishiga haraj-tanglik yo‘qdir, cho‘loqqa haraj yo‘qdir va kasalga haraj yo‘qdir. Kim Allohga va Rasuliga itoat qilsa, uni ostilaridan anhorlar oqadigan jannatlarga kirgizadi. Kim (itoatdan) bo‘yin tovlasa, uni alamli azob bilan azoblaydi”.[48:17].

   Darhaqiqat, Islom kasalliklardan saqlanishga umumiy shaklda vasiyat qilgan va ulardan saqlanishning ayrim jihatlariga muayyan suratda yo‘l ko‘rsatgan. Shundan keyin Hokim (davlat rahbari) ijtihod qiladi va aholining salomatligini saqlashning barcha yo‘l-yo‘riqlarini ishga soladi. Aholini kasallik va pandemiyalardan himoya qilishning barcha chora-tadbirlarini ko‘radi. Chunki u aholining ahvolidan xabardor bo‘lish va ulardan zararni uzoqlatishdan javobgardir. Kasallik ham zararning bir turi hisoblanadi. Darhaqiqat, Rasululloh sallollohu alayhi va sallamdan shaxsiy gigena, sog‘lom ovqatlanish va sog‘lom turmush tarzi haqidagi ta’limotlar orqali jismoniy shaxslarning salomatligini muhofaza qiishga aloqador qator ko‘rsatmalar kelgan. Abdulloh ibn Amr ibn Oss raziyallohu anhumolardan rivoyat qilinadi. U kishi aytadilar:

قَالَ رَسُولُ اللَّهِ ﷺ: يَا عَبْدَاللَّهِ، أَلَمْ أُخْبَرْ أَنَّكَ تَصُومُ النَّهَارَ وَتَقُومُ اللَّيْلَ؟ قُلْتُ: بَلَى يَا رَسُولَ اللَّهِ، قَالَ: فَلاَ تَفْعَلْ، صُمْ وَأَفْطِرْ، وَقُمْ وَنَمْ، فَإِنَّ لِجَسَدِكَ عَلَيْكَ حَقًّا، وَإِنَّ لِعَيْنِكَ عَلَيْكَ حَقًّا، وَإِنَّ لِزَوْجِكَ عَلَيْكَ حَقًّا، وإن لزورك عليك حقًا.

Rasululloh sallollohu alayhi va sallam menga dedilar:

-“Ey Abdulloh, eshitishimcha sen kunduzi ro‘za tutib, tunlari qiyomda bo‘larkansan, shundaymi?

– Ha, shunday, ya Rasulalloh, dedim.

Shunda Rasululloh sallollohu alayhi va sallam:

-“Unday qilma. Sen bir kun ro‘za tut, bir kun dam ol. Bir kun qiyomullaylda bo‘l, bir kun uxla. Zero, jasadingni sening ustida haqqi bor. Ko‘zingni sening ustida haqqi bor. Ayolingni sening ustingda haqqi bor. Seni ziyorat qiluvchini sening ustingda haqqi bor”, dedilar.

Xulafoi roshidin va ulardan keyingi xalifalar davrida Islom tarixi profilaktik sog‘liqni saqlashga murakkab va ilmiy yondashuv namunasini ko‘rsatadi. Bundan tashqari tarix ishora qiladiki, Islom nafaqat xalifalik fuqarolariga bepul tibbiy yordam ko‘rsatishni ta’minlagan, balki profilaktik tibbiy yordam xalifalikning o‘ziga xos bo‘lgan sog‘liqni saqlash siyosatining asosini tashkil etgan. Payg‘ambarimiz sallollohu alayhi va sallamning bu masalaga bo‘lgan yondashuvlarini hamda Xalifalik davlatining siyosatlarini o‘rganishdan ma’lum bo‘ladiki, Allohning izni bilan tez orada kelguvchi Xalifalik ham  sog‘liqni saqlash siyosatiga ustivor ahamiyat qaratishi lozim. Zamonaviy global sog‘liqni saqlash tizimlaridan farqli o‘laroq bugun xalifalik tizimining hayotga qaytishi talab etilmoqda. Bugungi kunda mo‘may daromadli dori-darmon ishlab chiqarish sanoati tomonidan boshqariladigan farmatsevtik aralashuv asosiy yo‘nalishga aylanib qoldi.

Davlat tomonidan shaxsning sog‘lig‘ini kuzatib borish va ma’lumotlarni to‘plash

  Yuqori daromadli mamlakatlarda o‘lim holatlari to‘g‘risidagi ma’lumotlarni to‘plashni amalga oshiradigan tizimlar mavjud. Biroq, bir necha past va kam daromadli mamlakatlarda esa, bunday tizimlar mavjud emas va bunday mamlakatlarda o‘limlar soni muayyan holatlarda to‘liq bo‘lmagan ma’lumotlardan taxmin qilinadi. O‘lim holatlari haqidagi ma’lumotlarni yuqori sifatda jamlashni takomillashtirish ushbu kambag‘al mamlakatarda sog‘liqni saqlash va profilaktikani yaxshilash uchun zarur omildir. Faqat o‘lim holatlarini kuzatish bilan cheklanib qolmaslik g‘oyatda muhimdir. Balki, tibbiy muolajaga va shifoxonaga yotqizilishga muhtoj bo‘ladigan kasallarni kuzatish ham zarurdir. Shuning uchun davlat, aholi salomatligini saqlash siyosatidan kelib chiqib, jamiyat ichkarisidagi kasallikka aloqador ma’lumotlarni to‘playdi. Sog‘liqni saqlash siyosati umumiy shaklda aholi shaxslarining sog‘lomlik vaziyatiga asoslanishi kerak. Xalifalik davlatida  sog‘liqni saqlashni ta’minlash umuman davlatning gardaniga tushadi. Bu – Xalifaning mas’uliyati bo‘lib, uni ta’minlashga xarakat qiladi. Ishonchli manba’larga ko‘ra, Ummaviylar va Abbosiylar davridagi ko‘plab kasalxonalar davlat xazinasidan ya’ni baytul-mol hisobidan moliyalashtirilgan. Umar ibn Xattob raziyallohu anhuning xalifaligi davrida aholini ro‘yxatga olish orqali davlat tomonidan yordam oladigan aholi qatlami ham hisobga olinar edi hamda yangi tug‘ilgan chaqaloqlar uchun nafaqalar ajratilardi. Shu bilan birga, musulmonlarga xayriya ishlariga, vaqf qilishlariga ruxsat berilardi. Davlat esa, bu xayriyalarni shifoxonalar, tadqiqot markazlari kabi sog‘liqni saqlash tizimidagi sohalarga taqdim etardi.

   Xalifalik davlatida mahalliy sog‘liqni saqlash bo‘limlari viloyat va tumanlardagi aholi  sog‘lig‘i holati xaqida, har bir mintaqadagi kasalliklarning tarqalishi to‘g‘risida ma’lumotlar to‘plashi lozim. Shunda bu ma’lumotlar mahalliy ehtiyojlarni qondirish uchun davlatning e’tiborini  sog‘liqni saqlashni takomillashtirishiga yo‘naltiradi.

Shaxslarni himoya qilish uchun zarur bo‘lgan    sog‘liqni saqlash ma’lumotlari quyidagilardan iboratdir:

 a) – yuqumli va yuqumli bo‘lmagan kasalliklar bilan kasallanish darajasi: asosiy yuqumli kasalliklarning barchasi kasalliklarni nazorat qilish markazi tomonidan kuzatilishi mumkin. Yuqumli bo‘lmagan kasalliklarni kuzatish esa, mintaqalardagi sog‘liqni saqlash bo‘limlari tomonidan kuzatilishi mumkin.

b) – tug‘ma kasalliklar va nogironlik: Xalifalik tug‘ma yoki tasodifiy nogiron bo‘lgan aholi ro‘yxatini tuzishi va aholining ehtiyojlariga muvofiq chora-tadbirlarni ko‘rishi lozim. Ulardan masalan, tug‘ma kasallikni boshidan kechirayotgan yoki xizmat o‘rinlarida nogiron bo‘lib qolgan yoki harbiy harakatlar paytida jaroxatlangan ayrim guruhlarga davlat tomonidan maxsus imtiyozlar beriladi.

v) – bemorlarning sog‘lik daftarchasi va ularning kasallik tarixi: Xalifalik davlatida sog‘liqni saqlash tizimi bemorlarni tug‘ilgandan to o‘lgungacha bo‘lgan ro‘yxatini tashkil qiladi va bu ro‘yxatlar qat’iy ravishda sir saqlanadi. Ushbu ro‘yxat bemorning tabibi yoki maxsus tabib tomonidan yangi tekshiruv holatida tartibga solinadi. Sulton Nuriddin Zankiy salbchilarga qarshi kurash davrida meylodiy 1156-yili Damashqda “Nuriy” shifoxonasini barpo etadi. Muqarraki, bu shifoxona faqat muhim sog‘liqni saqlash muassasasigina emas, balki tibbiy ro‘yxatlari bor tibbiy madrasa sifatida ham faoliyat ko‘rsatar edi. Melodiy 1185-yili sayyoh Ibn Jubayr  kasalxonada har bir be’mor uchun tibbiy ro‘yxatlar yoziladigan, shu jumladan, ularga tavsiya etilgan dori-darmonlar ham qayd etiladigan “Yorqin Yo‘l” xaqida yozadi.

g) – bemorlarning genetik profili va kasalliklarga moyillik testlari: kelgusi xalifalikning sog‘liqni saqlash xizmati aholi shaxslari uchun imkon qadar yuksak darajadagi sog‘liqni saqlash xizmatini ko‘rsatishni o‘z oldiga maqsad qilib qo‘yadi. Darhaqiqat, tibbiy davolashda genetik texnologiyalarni qo‘llash orqali yuksak darajalarga erishildi. Genetik ketma-ketlikning yoki butun inson genomining ochilishi 21-asrning boshlaridagi muhim ilmiy bosqich sifatida e’tirof etildi. Yangi DNK infiltratsiyasi texnologiyasi orqali bir kun ichida taxminan ming dollorga har qanday be’morning butun inson genomi ketma-ketligini yaratish mumkin. Yangi ilmiy tibbiy ma’lumotlar yuzaga kelishi va texnik bilim, sun’iy intellekt kabi axborot tizimlari texnologiyalarini qo‘llash orqali shaxs genomining xatarli kasalliklarga chalinish qobiliyatini cheklash imkoniyati tug‘ildi. Buyuk Britaniyaning NHS veb-saytida aytilishicha, genomik texnologiyalarni tizimli qo‘llash bemorlarni davolashni quyidagi vositalar bilan tezlashtirish imkoniyatiga ega:

Kasallikka tashxis qo‘yish muddati uzoq bo‘lgani uchun “epik diagnostika” dep atalgan narsa ortidan yillar o‘tkazmasdan, nodir kasallikka chalingan bemorlarga tez orada tashxis qo‘ya bilish.
shaxslarni eng samarali dori-darmonlarga va terapevtik aralashuvlarga moslashtirish. Bu dori vositalarining salbiy asoratlarini ozaytiradi.
to‘g‘ri, erta tashxis qo‘yish va davolash usullaridan samarali foydalanish tufayli Saraton kasalligidan omon qolganlarning sonini ko‘paytirish.

  Shuning uchun Xalifalik davlati be’morlarning ehtiyojlarini qondirish maqsadida inson genomining ma’lumotlar ba’zasini paydo qilish xizmatini ta’minlashga xarakat qilishi lozim. Shaxsning genetik kodi maxfiyligini saqlash va uni keskin suratda nazorat qilish vojib bo‘ladi.

  Shaxsiy profilaktika tibbiyotiga kelsak, (mas’hiy) skring tekshiruvi ko‘pincha ikkilamchi profilaktika deb ataladi. Ixtisoslashgan shifokorlar komitasi davlat ta’minlashi lozim bo‘lgan kasallik deb skring tekshiruvini qayd etadilar. Skring tekshiruvni amalga oshirish ko‘zlanayotgan kasallikda ayrim shartlar mavjud bo‘lishi lozim. Masalan: kasallik jiddiy sog‘lik muammosini yaratishi, kasallikni davolashni mavjudligi va kasallik uchun skring tekshiruvi yuqori diagnostikaga ega bo‘lishi.(davomi bor).

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.