Yuqumli kasalliklarning tarqalishini oldini olish

182
0

Xalifalik davlatida sog‘liqni saqlash siyosati

Bismillahir rohmanir rohiym

Yuqumli kasalliklarning tarqalishini oldini olish

Davlatda favqulodda holat sifatidagi yuqumli kasalliklar

Yuqumli kasalliklarning avj olishi hayot va mehnat uchun potensial xavf tug‘dirishi va katta halokatlarga olib kelishi mumkin. 1918-1919-yillari H1N1 virusidan kelib chiqqan “Ispan grippi” pandemiyasi 500 millionga yaqin odamga o‘z ta’sirini ko‘rsatdi va o‘limlar soni dunyo bo‘ylab taxminan 50 million kishiga yetdi hamda bundan salomatlikka oid muammolar, siyosiy va iqtisodiy qiyinchiliklar kelib chiqdi. Ushbu epidemiyaning takrorlanishidan qo‘rqib, bir qancha davlatlar gripp virusiga qarshi yillik emlash dasturini qabul qilishdi. 2003-yilda SARS, deb nomlangan yangi koronavirusi paydo bo‘ldi va bu virus epidemiya nazorat qilinguniga qadar kamida 12 mamlakatga tarqalishga ulgurdi. 30/1/2020- yili Jahon Sog‘liqni saqlash Tashkiloti tomonidan Covid-19 (SARS-Cove 2) pandemiyasi xalqaro favqulodda holat sifatida e’lon qilindi va u 11/3/2020 yilda rasman pandemiya, deb e’lon qilindi. Bir yildan so‘ng infeksiya holatlari soni xalqaro tashkilotlarning statistik ma’lumotlariga ko‘ra, taxminan 118 millionga yetdi. O‘limlar soni 2.6 milliondan ortiq holatda qayd etildi. Ushbu epidemiyaning iqtisodiy yo‘qotishlar va sog‘liqqa ta’siri juda katta bo‘ldi. Shuning uchun har qanday mamlakatda bunday masalalar bo‘yicha tayyorgarlik munosib darajada bo‘lishi lozim.

Mamlakatga kelgan chet elliklarning salomatligini nazorat qilish

Islom davlati yuqorida aytib o‘tganimizdek, virus yuqtirganlarning mamlakatga kirishlariga yo‘l bermaslik uchun Covid-19, SARS, Yaqin Sharq respirator sindromi, Sil, Vabo (Perseniya), Gripp, Ebola va shunga o‘xshash yuqumli kasalliklar tarqalgan mamlakatlardan kelganlarni tekshirishi lozim. Shuningdek, davlat global sog‘liqni saqlash tendensiyalarini kuzatishi lozim. Shu tariqa Xalifalik davlati uchun odamlarning kasallik tarqalgan hududlarga sayohat qilishlari va undan qaytishlarining olidini olish uchun zarur bo‘lgan me’yor va ahkomlarni tatbiq etish bilan o‘z extiyot choralarini ko‘rishi imkoniyati tug‘iladi.

Yuqumli kasalliklar va pandemiyalarning tarqalishiga qarshi kurash – Karantin

Kasalliklar orasida yuqumli va yuqori xavfli kasalliklar mavjud bo‘lib, bunday kasalliklarning tarqalishini oldini olish uchun ba’zan be’morni butunlay izolatsiya qilish yoki u bilan aloqa qilganda niqob kiyish kabi profilaktika choralarini ko‘rish lozim bo‘ladi. Toki, sog‘lom odamlar be’morning yuqumli mikroorganizmlariga duchor bo‘lmasinlar. Agar shifokorlar ma’lum bir be’morni xavf tug‘diradigan va yuqumli kasalliklar manbayi, deb qaror qilishgan bo‘lsa, davlat bu be’morni odamlardan ajratib, agar u shifo va kuzatuvga muhtoj bo‘lsa, uyida yoki shifoxonada saqlanishi, izolatsiyalashi lozim bo‘ladi. Agar uni odamlardan butunlay izolatsiya qilish talab etilmasa, uni zarur profilaktika choralarini ko‘rishga majburlashi lozim. Karantin – infeksiya yuqtirishni kamaytirish uchun odamlarning harakatlarini va aralashib yurishlarini cheklashdir. Darhaqiqat, shariat karantinning tariqatini aniq belgilab bergan:

Kasallikni boshlangan joyida to‘xtatish va uning tarqalishini oldini olish.
Bemorni sog‘lom kishilardan ajratib qo‘yish.
a) epidemiyani nazorat qilish va kasallikni cheklash

Kasallik kelib chiqqan joy aniqlangach, Islom kasallik topilgan joylarda qattiq karantin siyosatini joriy qiladi. Buxoriy Usoma ibn Zayddan rivoyat qiladilar. Rasululloh sallollohu alayhi va sallam marhamat qildilar:

إذا سَمِعْتُمْ بالطَّاعُونِ بأَرْضٍ فلا تَدْخُلُوها، وإذا وقَعَ بأَرْضٍ وأَنْتُمْ بها فلا تَخْرُجُوا مِنْها

“Agar biror joyda Toun (O‘lat) kasalligi borligini eshitsanglar, u joyga kirmanglar. Agar bu kasallik sizlar turgan joyda paydo bo‘lsa, u joydan chiqmanglar”.

Buxoiy va Muslimning hadisida Usoma ibn Zayddan qilingan yana bir rivoyat bor. Rasululloh sallollohualayhi va sallam marhamat qiladilar:

الطَّاعُونُ رِجْسٌ أوعَذَابٌ أُرْسِلَ عَلَى طَائِفَةٍ مِنْ بَنِي إِسْرَائِيلَ، أَوْ عَلَى مَنْ كَانَ قَبْلَكُمْ، فَإِذَا سَمِعْتُمْ بِهِ بِأَرْضٍ، فَلاَ تَقْدَمُوا عَلَيْهِ، وَإِذَا وَقَعَ بِأَرْضٍ، وَأَنْتُمْ بِهَا فَلاَ تَخْرُجُوا، فِرَارًا مِنْهُ

“To’un Bani Isroilga yoki sizlardan ilgargi qavmlarga yuborilgan azobdir. Agar uni biror joyda paydo bo‘lganini eshitsanglar, u joyga bormanglar. Agar u sizlar turgan joyda paydo bo‘lsa, u joydan qochib chiqmanglar”.

Buxoriyning Oisha onamizdan qilgan boshqa rivoyatida kelishicha, Oisha onamiz aytadilar: Men Rasululloh sallollohu alayhi va sallamdan To’un xaqida so‘ragan edim Rasululloh sallollohu alayhi va sallam menga dedilar:

أَنَّهُ عَذَابٌ يَبْعَثُهُ اللَّهُ عَلَى مَنْ يَشَاءُ، وَأَنَّ اللَّهَ جَعَلَهُ رَحْمَةً لِلْمُؤْمِنِينَ، لَيْسَ مِنْ أَحَدٍ يَقَعُ الطَّاعُونُ، فَيَمْكُثُ فِي بَلَدِهِ صَابِرًا مُحْتَسِبًا، يَعْلَمُ أَنَّهُ لاَ يُصِيبُهُ إِلَّا مَا كَتَبَ اللَّهُ لَهُ، إِلَّا كَانَ لَهُ مِثْلُ أَجْرِ شَهِيدٍ

“U Alloh ta’olo xohlagan bandasiga yuboradigan azobdir. Albatta Alloh uni mo‘minlar uchun rahmat qildi; birotasiga bu kasal yuqsa, u Alloh peshonasiga yozgan narsagina yetishini bilgani holda, sabr qilgan va oxiratni umid qilani holda o‘zining shahrida qoladi. Magar, mana shu odam uchun shahidning ajri-mukofoti beriladi”.

Ibn Xajar “Fathul Boriy” asarida qayd etishicha, ikkinchi xalifa Umar ibn Xattob raziyallohu anhu Shom tarafga yo‘lga chiqadilar. Shomga yaqinlashganlarida Xalifaga u yerda vabo tarqaganligi xabari yetkaziladi. Shunda Abdurahmon ibn Avf Umar ibn Xattob raziyallohu anhuga Rasululloh sallollohu alayhi va sallamning mana bu so‘zlarini yetkazadi:

إِذَا سَمِعْتُمْ بِهِ بِأَرْضٍ، فَلاَ تَقْدَمُوا عَلَيْهِ، وَإِذَا وَقَعَ بِأَرْضٍ، وَأَنْتُمْ بِهَا فَلاَ تَخْرُجُوا، فِرَارًا مِنْهُ

“Agar biror joyda uni (vaboni) eshitsanglar, u joyga bormanglar. Sizlar turgan joyda vabo tarqalgan bo‘lsa, undan qochib chiqmanglar”. Buni eshitgan Umar ibn Xattob ortlariga qaytib ketadilar.

b) yuqumlm kasalikka chalinganlarni sog‘lom odamlardan ajratib qo‘yish

Kasallik alomatlari ko‘ringan kishilarga kelsak, ularni sog‘lom kishilardan keskin suratda ajratib qo‘yish lozim. Kasallardan infeksiya boshqalarga tarqalmasligini ta’minlashga qattiq harakat qilish lozim. Buxoriy Usoma ibn Zayddan qilgan rivoyatda Rasululloh sallollohu alayhi va sallam marhamat qiladilar:

إذا سَمِعْتُمْ بالطَّاعُونِ بأَرْضٍ فلا تَدْخُلُوها، وإذا وقَعَ بأَرْضٍ وأَنْتُمْ بها فلا تَخْرُجُوا مِنْها

“Agar biror joyda Toun borligigni eshitsanglar, u joyga kirmanglar. Agar u sizlar turgan joyda paydo bo‘lsa, u joydan chiqmanglar”. Odamlarni bu yo‘nalishda hamkorlikka undash lozim. Chunki, Rasululloh sallollohu alayhi va sallam dedilar:

لا ضَررَ ولا ضِرارَ، مَن ضارَّ ضارَّهُ اللَّهُ، ومَن شاقَّ شَقَّ اللَّهُ علَيهِ

“Zarar berish ham, zarar ko‘rish ham yo‘q. kim birovga zarar yetkazsa, unga Alloh zarar yetkazadi. Kim birovni mashaqatga solsa, uni Alloh mashaqqatga soladi”.

Agar bunday holatda bemor karantin qoidalariga rioya qilmasa, davlat uni kuch bilan majburlab, karantin holatiga kirgizadi. Chunki uning tashqariga chiqib, odamlar bilan aralashib ketishi ularga zarar yetkazadi. Biroq, Imom-Rahbar tashqariga chiqishdan va mexnat qilishdan to‘sib qo‘yilgani uchun kundalik mablag‘iga ega bo‘lmagan karantindagi bemorni nafaqa bilan ta’minlashi lozim. Xullas, yuqumli kasalliklarning tarqalishiga qarshi kurashning eng to‘g‘ri yo‘li – bemorlarga nazoratni kuchaytirish va ularga bepul davolanishni ta’minlash bilan birga – yuqumli kasallikni paydo bo‘lgan joyida izolatsiya qilish va o‘sha mintaqani karantin holatiga kirgizishdan iboratdir. Ayni paytda sog‘lom kishilar yuqumli kasalliklar paydo bo‘lishidan oldin qanday bo‘lsa, o‘zlarining ijtimoiy va iqtisodiy hayotlarini shunday davom ettiraveradilar. Namoz kabi ibodatlar davom etaveradi. Bu mutaxassis doktorlar ko‘rsatma bergan munosib tibbiy extiyot choralarini ko‘rishdan qaytarmaydi. Davlat masalan, ta’lim sohasi kabi o‘zining aholisi uchun asosiy extiyojlarni ta’minlashida davom etaveradi.

Qo‘shimcha chora-tadbirlar

Kasallikning o‘ziga xos xususiyatlariga ko‘ra tarqalishining olidini olish zarur bo‘lsa, Rasululloh sallollohu alayhi va sallamning:

الإمام رَاعٍ ومسؤول عن رَعِيَّتِهِ

“Imom boshliq va u o‘z xalqidan mas’uldir”, degan so‘zlariga ko‘ra insonlarning ishlarini boshqarish uchun qo‘shimcha chora-tadbirlarni qo‘llash lozim bo‘ladi. Bu chora-tadbirlar jamoat joylarida majburiy tekshiruvlar va shariat ahkomlariga muvofiq boshqa masalalarni o‘z ichiga olishi mumkin.

Islomda davlat ishlarni boshqarish salohiyatini su’istimol qilgan holda insonlarning umumiy, kundalik hayotlarini to‘xtatib qo‘yishi mumkin emas. Chunki odamlarni o‘z uylariga qamab qo‘yish tirikchilikning qiyinlashishiga va muammolarning keskinlashishiga hamda bular boshqa muammolarga olib keladi. Shuning uchun Xalifalik davlati bunday choralarni birinchi emas, balki eng so‘ngi chora sifatida qo‘llashi lozim. Shunda Xalifa insonlarning kundalik ishlarini savdo-sotiq ishlarini to‘xtatib qo‘ymaydi, rizqlari oridan yurish va vojib ibodatlarini bajarish kabi shar’iy-qonuniy harakatlarini ta’qiqlab qo‘ymaydi. Shar’iy ahkomlar ruxsat bergan o‘rinlardagina bunday cheklovlarni qo‘llash mumkin. Negaki, oddiy kundalik hayot aholining haqqi-huquqidir. Bu huquqni shar’iy va fardiy zaruratsiz cheklab bo‘lmaydi. Hatto, shu holatda ham bu qaydlarni vaqt va joy bilan cheklash imkoniyatini qarab chiqish lozim bo‘ladi.

Favqulodda vaziyatlarga tayyorgarlik

Islom davlati boshqaruv borasida birinchi darajali davlat bo‘lib, epidemiyalarni oldini olish va ularga qarshi eng yaxshi vositalar bilan qarshi turish uchun har doim shay va xozir turgan. Hozirda bunday extimollarga qarshi kurashish uchun favqulodda rejalarga ega bo‘lish lozim.

Bunday tasodifiy hodisalarga tayyorgarliklar, xozirliklarning asosiy jihatilari quyidagilardan iboratdir;

Umumiy salomatlik uchun yaxshi bir tizim lozim bo‘lib, bu tizim pandemiyalar qaydlarini yaqindan kuzatib boradi va ma’lumotlarni markaziy sog‘liqni saqlash boshqarmasiga yuboradi. Bu boshqarma esa, o‘zining oliy darajadagi salohiyatidan kelib chiqib lozim bo‘lgan qarorlarni qabul qiladi.
Ushbu tizimdan maxalliy hududlarda test va emlashni tashkil qilish, agar kerak bo‘lsa, izolatsiyani osonlashtirish uchun foydalanish lozim. Islomiy mamlakatlarda har bir mintaqada masjidlar mavjud bo‘lib, zarurat vaqtida bu masjidlardan zarur infratuzilmaning bir qismi sifatida foydalanish mumkin bo‘ladi.
Ekspertizalarni o‘tkazish, xodimlarni himoya qilish, ularni mamlakatdagi laboratoriyalar bilan bog‘lash va boshqa davlatlar hududlaridan uskunalarni keltirish uchun zarur bo‘lgan resurslarni oldindan rejalashtirish.
Favqulodda vaziyatlarda kurashga shay turish uchun oddiy vaziyatlarda tizimda qo‘shimcha extiyot choralarining darajasi mavjud bo‘lishi lozim. Shuning uchun favqulodda bo‘lmagan oddiy vaziyatlarda tizimlarni minimal resurslar bilan mashg‘ul etish joiz emas. Balki, eng to‘g‘ri yo‘l xizmatlarni favqulodda vaziyatlar talablarini qondirish uchun ko‘paytirish mumkin bo‘lgan quvvatning qo‘shimcha foizi bilan oddiy vaziyatlarda ishga tushirishdir. Bu sun’iy kislorod zaxiralarini tibbiy maqsadlarda foydalanishni yoki xususiy sanoatni, masalan, sun’iy nafas olish uskunasi yoki himoya kiyimi kabi tibbiy uskunalar ishlab chiqarishga majburlashni o‘z ichiga oladi.
Global sog‘liqni saqlash

Global sog‘liq – jahon miqyosidagi insonlarning sog‘lig‘idir. Global sog‘liqni saqlash sohasidagi taraqqiyot Butun Jahon Sog‘liqni saqlash masalalaridagi muammolarga duch kelmoqda. Masalan, Covid-19 kabi keng tarqalgan epidemiyalar, atrof-muhit omillari, iqtisodiy nomutanosibliklar, siyosiy omillar, jumladan, migratsiya va qochqinlar masalalari, yurak xuruji, saraton, diabet kabi yuqumli bo‘lmagan kasalliklar, hayvonlar salomatligi, oziq-ovqat manba’lari va ishlab chiqarish materiallarining salomatligi shular jumlasidandir.

Covid-19 epidemiyasining oxirgi ahvoli shuni ko‘rsatdiki, olam yetakchiligi butun jahon sog‘liqni saqlash muammoliriga qarshi javob choralarini ko‘rishda shol-falaj ahvolga tushib qoldi. Epidemiologik tekshiruvlar, davolash va vaksinalar ishlab chiqarish sohasida ham, ularni barcha davlatlarga yetarli suratda taqsimlashni amalga oshirish sohasida ham muvaffaqiyatsizlikka uchradi. Masalan, Koronavirus pandemiyasi holatida na boy mustamlakachi kapitalistik mamlakatlardan va na Jahon Sog‘liqni saqlash tashkiloti tomonidan ushbu epidemiyaga qarshi kurashish uchun yetakchilikni qo‘lga olishni yoki olamiy muvofiqlashtirishni ko‘rmadik. Dastlab, ularning ayrimlari bu muammoning xajmini kichraytirib ko‘rsatishdi so‘ng esa, vaksinalarni taqsimlashda xudbinlik yo‘liga o‘tishdi. “Vaksinalar millatchiligi”, degan termin mana shundan kelib chiqdi.

Global kasalliklarga qarshi kurashish hamda sog‘liqni muvofiqlashtirish maqsadlarigi xizmat qiladigan “Mustaqil tashkilotlar” bo‘lishi kerak bo‘lgan Xalqaro Sog‘liqni saqlash agentliklari ikki turdagi jamoatchilik tanqidiga uchradirlar:

Birichidan; ushbu agentliklarning harakatlarini yirik davlatlardan mustaqil deb bo‘lmaydi. Chunki, bu agentliklarni moliyalashtirish ana o‘sha yirik davlatlarga tayanadi. Demak, bu agentliklar ana o‘sha davlatlar tomonidan tahdid ostiga olinadi. Bu davlatlarning o‘zlari tomonidan qo‘llanilayotgan nazorat, gegemonlik va siyosiylashtirish borasidagi xalqaro ayblovlar shunga dalolat qiladi. Masalan, AQSH prezidenti Donald Tramp Jahon Sog‘liqni saqlash tashkilotiga hujum qilib, uni AQSH manfaatlarini hisobga olmay Xitoy manfaati uchun ishlaydigan “siyosiylashgan”, tashkilot deb aybladi. Bunday tarafkashlik natijasida Tramp 2020-yilning 14-aprelida bu tashkilotni moliyashtirishni butunlay to‘xtatishga qaror qildi. Holbuki, AQSH bu tashkilotga o‘z budjetidan eng katta mablag‘ ajratadigan davlat edi.

Ikkinchidan; turli hil yig‘ilib qolgan muammolar sababli bu agentliklarning sofligi qolmagan, ular buzilib bitgan. Bunga eng yaqqol misol AQSH xalqaro moliyalashtirilgan bolalar sholligi(poliomiyelit)ga qarshi emlash dasturini Usoma bin Ladenning qayerda ekanligi haqidagi ma’lumotni yig‘ish uchun ishlatgan. Bu haqda 10/10/2019 Bi Bi Si arab veb-saytida ma’lum qilingan. Shunday qilib, Pokistonda sog‘liqni saqlash sohasida ishlovchilarga shubha nazari bilan qaraladi. Fransuz yozuvchilari Bernard Difo va iqtisod fanlari doktori Bernard Limins 2000-yili “Jahon sog‘liqni saqlash: Umumiy sog‘liqning g‘arq bo‘layotgan kemasi; BMTning toyilish va muvaffaqiyatsizliklar”, nomli kitobni nashrdan chiqardilar. Ular bu kitobda Jahon Sog‘liqni saqlash Tashkilotining jahon sog‘lig‘ini saqlash manfaatlariga zid keladigan iqtisodiy va siyosiy manfaatlarga aralashib ketganini qayd etadilar. Defo mustaqqilligini yo‘qotgani bois Jahon Sog‘liqni saqlash tashkiloti aralashib qolgan bir necha korrupsiya holatlarini qo‘shimcha qiladi. Jumladan, Nestle tomonidan qashshoq mamlakatlar bozorlari uchun maxsus ishlab chiqarilgan zararli bolalar suti maxsulotlarini tilga oladi. BMT, Xalqaro Adliya vazirligi, Xalqaro Valyuta jamg‘armasi, Jahon Banki, Jahon sog‘liqni saqlash Tashkiloti kabi xalqaro tashkilotlarning hammasi g‘ayri islomiy asosga qurilgan bo‘lib, ular Islom ahkomlariga zid qonunlarni chiqaradilar. Shuning uchun Islom Davlati bunday tashkilotlarda ishtirok etishi, ularga a’zo bo‘lishi mumkin emas. Bunday tashkilotlar bilan ittifoq tuzish yoki ahdnomalarga imzo chekish ularni kuchaytirishga ma’nan hissa qo‘shadi. Chunki, bunday xalqaro va maxalliy tashkilotlar asoslangan asosni Islom harom deb biladi. Masalan, BMT kufr nizomi bo‘lgan kapitalistik asosga quriladi. Bunga qo‘shimcha, ular yirik davlatlar xususan, Amerika qo‘lidagi qurollardir. Yirik davlatlar bu quroldan kichik davlatlarga, shu jumladan Islom o‘lkalariga o‘zlarining hukmronligini o‘tkazish uchun foydalanadilar. Shuning uchun guvoh bo‘lamizki, yirik davlatlar boshqa davlatlar hisobiga faqat o‘zlarining manfaatlarini kafolatlaydigan bitimlarga imzo chekadilar. Ammo xalqaro tashkilotlar bilan kofir davlatlarga tobe’ bo‘lgan qutqaruvchi va yordam beruvchi tashkilotlar orasida farqga kelsak, albatta bunday tashkilotlar ham yordam berish bahonasida Islom yurtlariga kirishlari man etiladi. Chunki, insonparvarlik va jabrlanganlarga yordam berish shiori ostida yashiringan bunday tashkilotlar odatda falokatlardan mamlakatlarga kirish uchun va missionerlik faoliyatlarini yuritish uchun foydalanadilar. Indoneziyada yuz bergan sunamidan keyin ro‘y bergan missionerlik harakati-nasroniylashtirishga urinish harakati fikrimiz dalilidir. Fransuz tashkiloti Chad mamlakati bolalarini o‘g‘irlashga uringan. Siyosiy va razvedka ishlarini amalga oshirishga hamda Sudan Dorfurida sodir bo‘lgani kabi isyonchi jamoatlarni dastaklagan va fitna olovini urchitgan. Shuning uchun bunday tashkilotlarning foydasidan zarari ko‘proqdir. Balki, bunday tashkilotlarning garchi, yordam qo‘lini cho‘zish bahonisi bilan bo‘lsa ham, Dorul islomga kirishlari fitna urig‘ini ekishlariga va kufr davlatini Islom davlati ustidan hukmronlik qilishiga zamin yaratadi. Alloh subhanahu marhamat qiladi:

وَلَن يَجْعَلَ اللَّهُ لِلْكَافِرِينَ عَلَى الْمُؤْمِنِينَ سَبِيلًا

“Alloh xech qachon kofirlar uchun musulmonlar ustidan (hukmronronlik qilishga) yo‘l bermaydi”.[4:141].

Ayniqsa, mol va material sifatida mustamlakachi davlatlar tomonidan ko‘rsatiladigan xorijiy yordamlar ham Islom davlati tomonidan rad etiladi. Chunki, bunday yordamlar odatda qurol-yaroq kontrabandasiga yoki Islom davlati ichida kofir davlatlarning manfaatlarini paydo bo‘lishiga imkon yaratadi. Bundan farqli o‘laroq, agar biror kufr davlatida musibatli baxtsiz hodisa yuz bersa, Islom davlati vakolatli ekipaj va kerakli anjomlarni yuborish bilan yordam qo‘lini cho‘zadi. Albatta Xalifa bu bilan birinchi o‘rinda davlat va Islomga bo‘lgan da’vat manfaatini hisobga oladi. Bu yordamlar jabr ko‘rgan davlatni harbiy tomondan kuchayib ketishiga olib kelmaydigan darajada bo‘lishini e’tibordan qochirmaydi.

Xozirgi xalqaro tashkilotlar bilan bitim va kelishuvlar tuzish orqali ularni kuchaytirish o‘rniga ularni parchalashga va ularni o‘rniga yirik davlatlarga qaram bo‘lmagan yangi olamiy tashkilotarni tashkil etishga harakat qilish lozim. Bunday yangi tashkilotlar barcha insoniy jamiyatlar tomonidan e’tirof qilingan hamda Islom ham tan oladigan qoidalarni hurmatlash asosiga quriladi. Mazlumlar uchun adolat, zulmni ta’qiqlash va elchilarning daxlsizligi shular jumlasidandir. Keyin, bu tashkilotlar o‘zlarida ma’naviy kuch-quvvat borligi hamda o‘zlarini dastaklovchi olamiy ra’yi ommga ega bo‘lganliklari uchun butun bashariyat orasida adolat taratishga xizmat qiladilar. Zero, bunday tashkilotlar qandaydir bir davlatning emas, balki butun bashariyatning foydasiga ishlaydilar. Ular payg‘ambarlikdan oldingi Hilful-Fuzul – Fazl ahlining ahdlashuviga o‘xshaydilar. Ular o‘shanda zulmni bartaraf etishga va mazlumga adolat ko‘rsatishga ahdlashgan edilar. Bu ahdlashuvga 20 yoshlar chamasidagi Payg‘ambarimiz sallollohu alayhi va sallam ham qatnashgan edilar. U Zot bu ahdlashuvni payg‘ambar bo‘lib yuborilganlaridan keyin mana bunday yodga oladilar:

لقد شهدت حلفا في دار ابن جدعان ما أحبّ أنّ لي به حمر النّعم، و لو دعيت به لأجبت

“Darhaqiqat, men Abdulloh ibn Jud’onnning uyida bir ahdlashuvning guvohi bo‘ldimki, men bu ahdlashuvni qizil tuyalarga ham alishmas edim. Agar bunday ahdlashuvga Islomda chaqirilsam, alabatta unga labbay deb javob bergan bo‘lardim”. Bu hadisni Ibn Hishom o‘z “Siyrat” ida rivoyat qilgan.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.