Elektr energiyasi tarifini oshirish taklif qilindi
Xabar: Qirg‘izistonda elektr energiyasi tarifini oshirish taklif qilindi. 14-fevral kuni Energetika vazirligi “2021-2025-yillarga mo‘ljallangan elektr energiyasi bo‘yicha o‘rta muddatli tarif siyosati” qaroriga o‘zgartirish kiritish taklifini jamoatchilik muhokamasiga qo‘ydi.
Vazirlik taklif qilayotgan o‘zgartirish qabul qilinsa, joriy yilning 1-mayidan boshlab aholi uchun bir kVt/soat tarifi amaldagi 77 tiyin o‘rniga 1 som bo‘ladi. Narx oshishi deyarli 30 foizni tashkil etadi.
Agar oylik ist’mol 1,4 ming kVt/soatdan oshsa, 2 som 16 tiyin bo‘ladi.
Qonun loyihasi ko‘ra, 1-iyundan tarifni oshirish rejalashtirilgan edi. Biroq, Jahon bankidan grant olish masalasi sababli 1-mayga o‘zgartirish taklif qilinmoqda.
Aholining kam ta’minlangan qatlamlariga davlat tomonidan yordam va yengilliklar beriladi.
Izoh: Avvlroq, prezident Sadir Japarov ijtimoiy tarmoqdagi sahifasi orqali 1-maydan elektr enrgiyasi narxi oshishi haqida ma’lum qilgan edi. Japarovning mazkur xabar ortidan Energetika vazirligi ham tarif siyosatiga tezkor o‘zgartirishlar kiritish tashabbusini ko‘tarib chiqdi. Prezident va vazirlikning bunday shoshilishining yagona sababi qanday qilib bo‘lsa ham Jahon bankini rozi qilish va tezroq pul undirishdan iborat. O‘tgan yilning bahor oyida prezident Sadir Japarov elektr energiyasi tariflarini o‘zgartirish taklifini ko‘tarib chiqqanidan ko‘p o‘tmay Jahon banki tariflar oshirilishini qo‘llab-quvvatlab chiqqan va Qirg‘iziston hukumati bilan birgalikda mamlakatda elektr energiyasi tarifini qayta ko‘rib chiqishga qaror qilganini ma’lum qilgan edi. Bu haqda bankning Yevropa va Markaziy Osiyo mintaqasi bo‘yicha vitse-prezidenti Anna Berde bayonot bergandi. U o‘z bayonotida, tariflar energetika tarmog‘dagi harajatlarni qoplash uchun o‘zgartirilayotganini aytib o‘tgan edi.
“Jahon banki bu xarajatlarni qoplash uchun tashlangan qadam bo‘lgani sababli qo‘llab-quvvatladi. Arzon tariflar kerakli miqdordan ko‘proq iste’mol qilishga undaydi. Biz uning o‘zgarishini qo‘llab-quvvatlaymiz”, – degan edi Berde.
O‘tgan yilning sentyabr oyida parlament deputati Dastan Bekeshev o‘zining Telegramm kanalida parlamentning Budjet va moliya qo‘mitasi a’zolari Jahon banki bilan “Elektr energetika tarmog‘ini modernizatsiyalash va barqaror rivojlantirish” loyihasi bo‘yicha taklif etilgan kelishuvni ko‘rib chiqishi haqida ma’lum qildi. Uning so‘zlariga ko‘ra, Qirg‘iziston 50 million dollar kredit oladi. “Kelishuvda elektr energiyasi tarmog‘idagi tarif siyosatini o‘zgartirishga ishora qilingan. Kredit elektr energetika tarmog‘ini modernizatsiya qilishga sarflanadi”, – dedi Dastan Bekeshev.
Shundan so‘ng, qirg‘iz hukumati dekabr va fevral oylarida Jahon bankidan “Elektr energetika tarmog‘ini modernizatsiyalash va barqaror rivojlantirish loyihasini moliyalashtirish”ga 50 million va “qishloqlarga 1000 dona transfarmator o‘rnatish va simyog‘ochlar o‘rtasidagi to‘rt qator simni almashtirish uchun 350 kilometr izolatsiyalangan sim sotib olish” uchun 50 million dollar qarz olish bo‘yicha bitim imzoladi. Endi mana shu qarzni tezroq olish ilinjida tarifni oshirishga shoshilmoqda. Ma’lumki, Qirg‘iziston energetika tarmog‘i mamlakatda eng korrupsiyalashgan soha bo‘lib, o‘tgan yillar davomida tarmoqqa xorijiy kreditlar, ssudalar, grantlar va mahalliy budjetdan 2 milliard dollarga yaqin mablag‘ sarflandi. Ammo bu mablag‘lar xuddi qumga singan suvdek yo‘q bo‘lib ketdi. Soha esa tobora inqirozga yuz tutmoqda.
Jahon Banki esa yirik davlatlar qo‘lidagi qurol bo‘lib, mustamlakachi davlatlar xalqaro moliyaviy tashkilotlar yordamida uchinchi dunyo davlatlari ishlariga burun suqadi, ularni qarz botqog‘iga botirib, shu orqali ularni iqtisodiy jihatdan o‘zlariga qaram qilib oladi. Jahon banki qarz berar ekan, qarz bilan birga soliqlarni oshirish, elektr energiyasi tarifini ko‘tarish kabi talablarni ham qo‘yadi. Chunki bank o‘zi beradigan qarzni bir necha barobar qaytarib olish kafolatiga ega bo‘lishi kerak. Agar rasmiy hukumat uning shartlarini qabul qilsa qarz ajratadi, aks holda qarz berishni paysalga soladi. Qirg‘izistonda yangidan-yangi soliq turlarini ishlab chiqilishi, har bir qimirlagan jondan soliq undirish yo‘llarini topish va elektr narxini oshirilishi ham bejizga emas. Rasmiy hukumatning oddiy xalqning iqtisodiy holati buni ko‘taradimi yoki yo‘qmi bu bilan zarracha ishi yo‘q. Agar kuni kecha “Gazprom Qirg‘iziston” gaz narxini ko‘tarishni talab qilgani ham hisobga olinadigan bo‘lsa “mustaqillik”ni iddao qiladigan hukumat o‘z xalqini gaz va elektr toki bilan ta’minlashda ham mustaqil emasligi oydinlashadi.
Abdurahmon Odilov