Turkiyaning yahudiy vujudidagi elchisi Erdoganning yolg‘onlarini ochib qo‘ydi

147
0

بِسْمِ اللهِ الرَّحْمٰنِ الرَّحِيمِ

Turkiyaning yahudiy vujudidagi elchisi Erdoganning yolg‘onlarini ochib qo‘ydi

Turkiyaning Tel-Avivdagi yangi elchisi Shokir Ozkan Torunlar Turkiyaning mintaqa davlatlari ichida yahudiy vujudini davlat sifatida tan olgan birinchi davlat ekanini ta’kidladi. U «Turkiya va turklar Isroil davlati tiklanishiga ham, yahudiylarga ham qarshi bo‘lgan emas», dedi. So‘ng «Isroilda turk yahudiylari yashaydi. Ularning soni 100 minga yaqin bo‘lib, ikki davlat o‘rtasida ko‘prikdirlar», deya qo‘shimcha qildi.

Bunga izoh sifatida, Hizb ut-Tahrir – muborak Falastin zamini matbuot bo‘limi o‘zining veb-saytida quyidagilarni ta’kidladi:

«Aftidan, Turkiya elchisi adashtirish kodini, ayniqsa, Erdogan o‘rgatgan yolg‘onni unutib qo‘ygan ko‘rinadi, shu bois o‘ramay-aylantirmay, Turkiya va uning hukmdorlarining muborak Falastin zamini bosqinchilariga nisbatan tutgan asl pozitsiyasini ochiq aytib qo‘ya qoldi. Zotan, barcha islomiy yurtlardagi hukmdorlarning pozitsiyasi ham shunday… Ba’zilari aldov va mug‘ombirlik to‘nini kiyib olgan bo‘lsa, yana ba’zilari ko‘zini lo‘q qilib normallashish va xiyonat to‘nini kiyib olishgan… Ammo ular ham, bular ham, barchasi mustamlakachi kofir G‘arbning yurtlarimizdagi manfaatlariga xizmat qilib, ularning vujudlarini qo‘riqlashmoqda hamda sadoqat va vafodorlik ko‘rsatishmoqda. Mudom, yahudiy vujudining tirikligi G‘arbning strategik manfaati ekan, demak, bu malay hukmdorlar uchun ham shunday bo‘ladi. Bas, Falastinni qizg‘anuvchi har bir xolis musulmon uchun qo‘llarini qo‘llarimizga bermoqlari vaqti keldi. Biz birgalikda bu hukmdorlarni ag‘darmog‘imiz va Payg‘ambarlik minhoji asosidagi ikkinchi roshid Xalifalikni barpo etmog‘imiz lozim. Faqat Xalifalikkina biz musulmonlarni va Falastinni mustamlakachilar va ularning gumashtalari kishanidan ozod etadi hamda Ummatning tortib olingan kuch-qudrati va hokimiyatini qaytarib olib beradi».

Roya gazetasining 2022 yil 18 yanvar chorshanba kungi 426-sonidan

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.