Sug‘urta kapitalizm sarqitlaridan

184
0

بِسْمِ اللهِ الرَّحْمٰنِ الرَّحِيمِ

Sug‘urta kapitalizm sarqitlaridan

1-yanvardan Qirg‘izistonda «Avtotransport vositalari egalarining fuqarolik va huquqiy javobgarligini majburiy sug‘urta qilish to‘g‘risida»gi qonun (rus. OSAGO – obyazatelnoye straxovaniye avtograjdanskoy otvetstvennosti) kuchga kirdi. Qisqacha aytganda, «OSAGO» qonuni ishlay boshladi.

Sug‘urta bu kapitalizm iqtisodiy qonunlaridan biridir.

Hayot, tovar, mulk yo boshqa bir narsani sug‘urta qildirish – bitimlarning bir turidir. U sug‘urta shirkati bilan sug‘urta qildiruvchi shaxs o‘rtasidagi bitimdir. Sug‘urta qildiruvchi shaxs sug‘urta shirkatidan tovar yoki mulkiga talafot yetganda uning aynan o‘zini yoki pulini, hayoti uchun esa, ma’lum mablag‘ni evaz berishiga kafolat talab qiladi. Bu ish muayyan mablag‘ muqobiliga muayyan muddatni belgilagan paytlarida bo‘ladi. Shirkat bu talabni qabul qiladi. Mana shu taklif va qabulga ko‘ra, sug‘urta shirkati sug‘urta qildiruvchiga – ikkala taraf kelishgan muayyan shartlar bo‘yicha – talafotga uchragan narsaning yo o‘zini yoki pulini yoxud kelishilgan muayyan mablag‘ni to‘lashga va’da beradi.

Sug‘urtaning voqesi mana shu. Agar u sinchiklab tekshirilsa, ikki jihatdan botilligi ayon bo‘ladi:

Birinchidan, u bitimdir. Chunki u ikki taraf o‘rtasidagi kelishuvdir. Taklif va qabulni ham o‘z ichiga oladi. Taklif sug‘urta qildiruvchi tarafidan, qabul esa shirkat tarafidan bo‘ladi. Bu bitim shar’an durust bo‘lishi uchun bitimning shar’iy shartlarini o‘z ichiga olishi lozim. Olsa durust bo‘ladi, olmasa – yo‘q. Shar’an, bitim narsaning o‘ziga yoki manfaat asosiga tuzilishi lozim. Shunday tuzilmasa, u botil bo‘ladi.

Ikkinchidan, shirkatning maxsus shartlar ostida sug‘urta qildiruvchiga va’da berishi kafolat qabilidandir. Majburiyatni bajarishda kafillikka oluvchi mas’uliyatining kafillikka olinuvchi mas’uliyatiga qo‘shilishi kafolatdir. Uning shar’iy kafolat bo‘lishi uchun kafolat xususidagi shar’iy shartlar unda topilishi kerak. Topilsa durust bo‘ladi, topilmasa – yo‘q. Demak, mas’uliyat mas’uliyatga qo‘shilishi hamda kafillikka oluvchi, kafillikka olinuvchi va kafillik beriluvchining bo‘lishi shart. Kafolatga oluvchi zimmasidagi majburiyatni evazsiz bajarishi shart.

Sug‘urtada bu kafillik shartlarining birortasi topilmaydi. Shunga asosan, hayotni bo‘ladimi, tovarni bo‘ladimi, mulkni bo‘ladimi yo boshqami, sug‘urta qildirishning barcha turi shar’an haromdir. Zero, uning bitimi shar’an botildir. Sug‘urta shirkatining bitim taqozosi bilan beradigan va’dasi ham shar’an botildir. Shunga ko‘ra, shu bitim va shu va’da orqali olingan mol noshar’iy yo‘l bilan topilgan daromad hisoblanib, uni yeyish haromdir.

Hozirda Qirg‘izistonda hukm yuritayotgan konstitutsiyada din davlatdan ajratilgan va imkon qadar dinga teskari hukmlarni qabul qilishga harakat qilinadi. Qirg‘iziston aholisining 90 %dan oshiqrog‘i musulmonlar bo‘lganligi sababli asosiy qarshilik ham Islomga bo‘ladi. Masalan, yaqindagina Qur’on va hadislarda haromligi ochiq bayon qilingan «Kazino» qimor haqidagi qonun qabul qilindi. Buni ko‘pchilik deputatlar prezident boshchiligida qo‘llab-quvvatladi. Sug‘urta ham xuddi shunday musulmonlar uchun harom bo‘lgan qonun loyihalaridandir. Aslida bunday qonunlar xalqning qonini so‘rish uchun kapitalistlar tomonidan o‘ylab topilgan loyihalardandir. Qirg‘izistondagi boshqaruv bunday loyihalarni amalga oshirish bilan kapitalistlarga xizmat qilib bermoqda. «Xalqqa yengillik» degan niqob ostida xalq boyligi kapitalistik kompaniyalarga qo‘sh qo‘llab topshirilyapti.

Hozir Qirg‘izistonda 1ta davlatga qarashli, 9ta xususiy kompaniya litsenziya olib, xaydovchilarga polis berish huquqini qo‘lga kiritdi. Statistik ma’lumotlarga ko‘ra, Qirg‘izistonda 1 mln. 400 ming avtomobil bor. O‘rtacha hisobda, ularning har biridan polis uchun 2000 ming somdan yig‘ilganda 2 mlrd. 800 mln. som bo‘ladi. Bu summa kompaniyalarning yillik kirimidir. 2022 yilning 11 oyi mobaynida o‘rtacha 6500ta yo‘l-transport hodisasi qayd etilib, 10 ming kishi jarohatlangan. (Buni bir yillik statistika deb olaylik). Hodisa oqibatida halok bo‘lganlar soni 600 nafar, shu jumladan, 70 nafari yosh bolalar. Endi ushbu hisob bo‘yicha to‘lovlarning maksimal miqdorini hisoblab chiqaylik:

Halok bo‘lgan 570 kishiga 300 ming somdan = 171 mln. som bo‘ladi.

70 nafar yosh bolani «nogiron bola» toifasiga kiritsak, 200 ming somdan = 14 mln. somni tashkil etadi.

Nogironlarning o‘rtacha soni yiliga 400 kishini tashkil qiladi.

Demak, 1-guruh nogironlarini 100 nafar deb olsak, ularga 200 ming somdan = 20 mln. som;

2-guruh nogironlarini ham 100 nafar deb olsak, ularga 150 ming somdan = 15 mln. som;

3-guruh nogironlari 200 nafarni tashkil etsa, ularga 100 ming somdan = 20 mln. som;

Soliq 2 % = 56 mln. som;

Ish yuritishga 4 mln. som sarflandi deb olamiz:

171+14+20+15+20+56+4 = 300 mln. som.

Bu 300 mln. som sug‘urta kompaniyalarining bir yillik xarajatlari bo‘ladi.

Endi xarajatlarni kirimdan chiqarib tashlaymiz:

2 mlrd. 800 mln – 300 mln = 2 mlrd. 500 mln som.

Bu kompaniyalarning yillik daromadi bo‘ladi.

Kompaniya bankrot bo‘lishiga yo‘l qo‘ymaslik uchun to‘lovlar ma’lum miqdorda cheklangan.

Masalan, birovning qimmatbaho mashinasiga 1 mln. somlik zarar yetkazsangiz, sizni sug‘urta qilgan kompaniya atigi 150 ming somini to‘lab beradi. Qolganini o‘zingiz to‘laysiz. Demak, OSAGO qonun loyihasi odamlarga g‘amxo‘rlik qilish uchun ishlab chiqilmagan, balki shu kompaniyalarga xalq pullarini to‘plab berish uchun ishlab chiqilgan bo‘lib, bu narsa ochiq ko‘rinib turibdi.

Ey Qirg‘iziston xalqi!

Avvalo bunday qonun loyihalari sizlarni haromga yetaklaydi. Qolaversa iqtisodiy jihatdan ham hech qanday foyda bermaydi, balki ziyon keltiradi. Bunday qonunlar insoniyatni tubanlik tomon yetaklaydi. Bas, bunday loyihalarga qarshi turinglar. Qirg‘izistondagi Hizb ut-Tahrir sizlarni abadiy saodatga olib boradigan Islom azizligiga chaqiradi. Buning uchun to‘g‘ri yo‘ldagi roshid Xalifalikni qayta tiklashlik vojib.

Ey hokimlar!

Islom hukmlarini tatbiq qilib, musulmonlarning mollarini ishlab chiqarish, sanoat, zavod va fabrikalar qurishga yo‘naltirish vaqti kelmadimi?!

Ey musulmonlar!

Islom hukmlariga amal qilish, islomiy hayotni qurish, Allohning roziligiga erishish vaqti kelmadimi?!

يَاأَيُّهَا الَّذِينَ آمَنُوا اسْتَجِيبُوا لِلَّهِ وَلِلرَّسُولِ إِذَا دَعَاكُمْ لِمَا يُحْيِيكُمْ

«Ey mo‘minlar, Alloh va Uning payg‘ambari sizlarni abadiy hayot beradigan narsaga (ya’ni, dinga) da’vat qilar ekan, uni qabul qilinglar

Hizb ut-Tahrir – Qirg‘iziston

  1. 01. 2023

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.