بِسْمِ اللهِ الرَّحْمٰنِ الرَّحِيمِ
Allohning nusrat haqidagi va’dasi ro‘yobga chiqishidan oldin keladigan sinovlar va nusrat belgilari
(To‘rtinchi halqa)
Ustoz Muhammad Jome (Abu Ayman)
Hizb ut-Tahrirning Sudan viloyatidagi
rasmiy notig‘i yordamchisi
Oyati karimalar Alloh Taoloning amrini bajaradigan ozchilik mo‘minlarni maqtab, botil tarafga o‘tgan yoki unga sukut qilgan ko‘pchilikni ayblab birin-ketin nozil bo‘laverdi. Zero, bu ko‘pchilik shar’iy pozitsiyani egallamadi, haq tarafida turmadi yoki uni himoya qilmadi, eng yomon taxminga ko‘ra esa, bu ko‘pchilik haqni ado etmasa ham hech bo‘lmasa uni qo‘llab-quvvatlamadi, haqni yetkazayotganlarga yordam bermadi. Alloh Taolo bunday degan:
﴿يَا أَيُّهَا النَّبِيُّ حَرِّضِ الْمُؤْمِنِينَ عَلَى الْقِتَالِ إِنْ يَكُنْ مِنْكُمْ عِشْرُونَ صَابِرُونَ يَغْلِبُوا مِئَتَيْنِ وَإِنْ يَكُنْ مِنْكُم مِئَةٌ يَغْلِبُوا أَلْفًا مِنَ الَّذِينَ كَفَرُوا بِأَنَّهُمْ قَوْمٌ لاَّ يَفْقَهُونَ * الآنَ خَفَّفَ اللَّهُ عَنكُمْ وَعَلِمَ أَنَّ فِيكُمْ ضَعْفًا فَإِنْ يَكُنْ مِنْكُمْ مِئَةٌ صَابِرَةٌ يَغْلِبُوا مِئَتَيْنِ وَإِن يَكُنْ مِنْكُمْ أَلْفٌ يَغْلِبُوا أَلْفَيْنِ بِإِذْنِ اللَّهِ وَاللَّهُ مَعَ الصَّابِرِينَ﴾
«Ey payg‘ambar, mo‘minlarni jangga chorlang! Agar sizlardan yigirmata sabr-toqatli kishi bo‘lsa, ikki yuzta (dushmanni) yengar! Agar sizlardan yuz kishi bo‘lsa, kofirlardan mingini yengar! Bunga sabab, ularning ongsiz qavm ekanligidir. Endi Alloh sizlarning (mashaqqatingizni) yengil qildi, sizlarda ojizlik borligini bildi. Bas, sizlardan yuzta sabr-toqatli kishi bo‘lsa, ikki yuzta (kofirni) yengar. Agar sizlardan ming kishi bo‘lsa, Allohning izni bilan ikki ming (kofir)ni yengar. Alloh sabr qilguvchilar bilan birgadir» [Anfol 65-66]
Yana bunday degan:
﴿فَلَمَّا فَصَلَ طَالُوتُ بِالْجُنُودِ قَالَ إِنَّ اللَّهَ مُبْتَلِيكُمْ بِنَهَرٍ فَمَنْ شَرِبَ مِنْهُ فَلَيْسَ مِنِّي وَمَنْ لَمْ يَطْعَمْهُ فَإِنَّهُ مِنِّي إِلاَّ مَنِ اغْتَرَفَ غُرْفَةً بِيَدِهِ فَشَرِبُوا مِنْهُ إِلاَّ قَلِيلاً مِنْهُمْ فَلَمَّا جَاوَزَهُ هُوَ وَالَّذِينَ آمَنُوا مَعَهُ قَالُوا لاَ طَاقَةَ لَنَا الْيَوْمَ بِجَالُوتَ وَجُنُودِهِ قَالَ الَّذِينَ يَظُنُّونَ أَنَّهُمْ مُلاقُو اللَّهِ كَمْ مِنْ فِئَةٍ قَلِيلَةٍ غَلَبَتْ فِئَةً كَثِيرَةً بِإِذْنِ اللَّهِ وَاللَّهُ مَعَ الصَّابِرِينَ﴾
«Qachonki Tolut askarlari bilan (shahardan) chiqqach, aytdi: «Albatta Alloh sizlarni bir daryo bilan imtihon qiladi. Bas, kim undan suv ichsa mening (askarim)dan emas va kim undan ichmasa, u mendandir. Biroq, kim qo‘li bilan faqat bir hovuch olsa (joizdir)». Bas, o‘sha daryodan ichishdi, faqat ozginalari ichmadi. U iymon keltirgan kishilar bilan birga daryodan o‘tgach (aksarlar) aytdi: «Endi bu kun Jolut va uning lashkarlariga kuchimiz yetmaydi». (Shunda) Allohga ro‘baro‘ bo‘lishlariga ishonadigan zotlar: «Qanchadan-qancha kichkina guruhlar Allohning izni bilan katta guruhlar ustidan g‘alaba qilgan. Alloh sobirlar bilan birgadir», dedilar» [Baqara 249]
Alloh Taolo o‘zining amrlarini faqat ozchilik insonlar ado etishini, ko‘pchilik esa, haqni ado etmasligini, faqat qiynalish, mashaqqat va azob-uqubat bilan qilishini bayon qildi. Alloh Taolo aytadi:
﴿وَلَوْ أَنَّا كَتَبْنَا عَلَيْهِمْ أَنِ اقْتُلُوا أَنفُسَكُمْ أَوِ اخْرُجُوا مِنْ دِيَارِكُمْ مَا فَعَلُوهُ إِلاَّ قَلِيلٌ مِنْهُمْ وَلَوْ أَنَّهُمْ فَعَلُوا مَا يُوعَظُونَ بِهِ لَكَانَ خَيْرًا لَّهُمْ وَأَشَدَّ تَثْبِيتًا * وَإِذاً لآتَيْنَاهُمْ مِنْ لَدُنَّا أَجْرًا عَظِيمًا * وَلَهَدَيْنَاهُمْ صِرَاطًا مُسْتَقِيمًا * وَمَنْ يُطِعِ اللَّهَ وَالرَّسُولَ فَأُوْلَئِكَ مَعَ الَّذِينَ أَنْعَمَ اللَّهُ عَلَيْهِمْ مِنَ النَّبِيِّينَ وَالصِّدِّيقِينَ وَالشُّهَدَاءَ وَالصَّالِحِينَ وَحَسُنَ أُولَئِكَ رَفِيقًا﴾
«Agar Biz ularga – bir-biringizni o‘ldiring va o‘z diyorlaringizdan chiqing, deb buyurganimizda edi, ulardan juda oz qismi bu buyruqni bajargan bo‘lur edi. Agar ular qilingan pand-nasihatlarga amal qilganlarida, o‘zlari uchun yaxshiroq va iymonlarini mustahkam qilguvchiroq ish bo‘lur edi. Va u holda Biz ham ularga o‘z huzurimizdan ulug‘ mukofot bergan bo‘lardik. Hamda ularni haq yo‘lga hidoyat qilgan bo‘lardik. Kimda-kim Alloh va Rosuliga itoat etsa, ana o‘shalar Allohning in’omlariga sazovor bo‘lgan zotlar-payg‘ambarlar, haq-rost iymon egalari, shahidlar va faqat solih amallar qilib o‘tgan kishilar bilan birga bo‘lurlar. Ular esa eng yaxshi hamrohlardir»
[Niso 66-69]
Alloh Taolo shuni ta’kidlamoqdaki, Madinada davlat barpo bo‘lishidan oldin Makkada Rosululloh ﷺ bilan birga bo‘lgan kishilarning soni ko‘p bo‘lmagan. Aksincha, ozchilik bo‘lganlar. Ammo shunga qaramay, Alloh ularning taqdiriga nusratni yozib, O‘z qo‘shinlari va tavfiqi bilan qo‘llagan. Natijada yer yuzishga Islom yoyildi. Bas, bundan Islom Ummatining kuchi qanchalik darajaga yetgan bo‘lsa ham, sanog‘i qanchalar ko‘p bo‘lsa ham, Alloh Subhanahu yordamisiz hargiz nusratga yetolmasligi ayon bo‘lyapti. Alloh Taolo aytadi:
﴿وَاذْكُرُوا إِذْ أَنتُمْ قَلِيلٌ مُّسْتَضْعَفُونَ فِي الأَرْضِ تَخَافُونَ أَن يَتَخَطَّفَكُمُ النَّاسُ فَآوَاكُمْ وَأَيَّدَكُمْ بِنَصْرِهِ وَرَزَقَكُمْ مِنَ الطَّيِّبَاتِ لَعَلَّكُمْ تَشْكُرُونَ﴾
«(Ey mo‘minlar) eslang: siz u yerda (Makkada) ozchilik va nochor bo‘lgan holingizda, odamlar (ya’ni, Makka mushriklari) talab ketishlaridan qo‘rqib turgan paytingizda (Alloh) sizga joy berdi (ya’ni, Madinaga ko‘chirdi) O‘z nusrati bilan qo‘llab-quvvatladi va shukr qilishingiz uchun pokiza rizqlar bilan bahramand ayladi!» [Anfol 26]
Alloh Taolo Nuh haqida bunday degan:
﴿حَتَّى إِذَا جَاء أَمْرُنَا وَفَارَ التَّنُّورُ قُلْنَا احْمِلْ فِيهَا مِنْ كُلِّ زَوْجَيْنِ اثْنَيْنِ وَأَهْلَكَ إِلاَّ مَن سَبَقَ عَلَيْهِ الْقَوْلُ وَمَنْ آمَنَ وَمَا آمَنَ مَعَهُ إِلاَّ قَلِيلٌ﴾
«To Bizning farmonimiz kelib, yerdan favvoralar otilgan vaqtda, (Nuhga) – unga (kemaga) har (jonivordan) bir juftdan va ahli oilangni chiqar, illo qaysi kimsalar xususida Bizning so‘zimiz (ya’ni, g‘arq bo‘lish haqidagi hukmimiz) o‘tgan bo‘lsa, (ularni chiqarma) va iymon keltirgan kishilarning barchasini (kemaga chiqar), dedik. Unga iymon keltirgan kishilar esa juda oz edilar»
[Hud 40]
Alloh Taolo bandasi Dovud ga insonlardan shukr qiluvchilari oz bo‘lishini, aksarlari Allohga itoat ham, shukr ham qilmasliklarini bayon qilib, bunday dedi:
﴿اعْمَلُوا آلَ دَاوُودَ شُكْرًا وَقَلِيلٌ مِنْ عِبَادِيَ الشَّكُورُ﴾
«(Ey) Dovud xonadoni, (Alloh sizlarga ato etgan bu ne’matlarning) shukronasi uchun amal-ibodat qilinglar! Bandalarim orasida shukr qilguvchi (zotlar juda) ozdir» [Saba’ 13]
Shunday ekan, haq uchun amal qilayotganlar agar ozchilik bo‘lsalar tushkunlikka tushmasinlar, agar ko‘pchilik bo‘lsalar g‘ururlanib-aldanib qolmasinlar. Chunki nusratga bunday erishmaymiz. Da’vatni ko‘tarib chiqayotganlar o‘z tarafdorlarining qanchaligini, ularning soni qanchaga yetganini, kimlar ularni qo‘llab-quvvatlayotgani haqida fikrlamasinlar, bunday hisob qilmasinlar. Balki, hamma fikrlari o‘zlari da’vat uchun nima amal qildilar, qanchalik sa’y-harakat olib bordilar, shu haqda bo‘lsin. Alloh Taolo bunday degan:
﴿وَأَنْ لَيْسَ لِلإِنسَانِ إِلاَّ مَا سَعَى * وَأَنَّ سَعْيَهُ سَوْفَ يُرَى * ثُمَّ يُجْزَاهُ الْجَزَاء الأَوْفَى * وَأَنَّ إِلَى رَبِّكَ الْمُنتَهَى﴾
«Inson uchun faqat o‘zi qilgan sa’y-harakatigina bo‘ladi. Uning qilgan sa’y-harakati yaqinda (Qiyomat kunida) ko‘rinadi. So‘ngra u (o‘sha sa’y-harakati uchun) to‘la-to‘kis mukofot oladi. Albatta oxirgi chegara yolg‘iz Robbingiz oldiga (bormoqlik)dir» [Najm 39-42]
Alloh Subhanahu bandalaridan sa’y-harakat qilmoqni talab qildi. Ularni o‘z vazifalarini ado etishda, Robbilari bilan bog‘lanishda, da’vatlarini kuchaytirishda, sabot bilan turishda va o‘z masalalariga chuqur ishonishda g‘ayrat ko‘rsatishni buyurdi. Chunki ularning masalalari molu jon sarflanadigan taqdiriy masaladir hamda Payg‘ambarlik minhoji asosidagi roshid Xalifalik davlatini barpo etish orqali yer yuziga Islom ahkomlarini tiklashdek hayotiy masaladir. Kimda-kim Alloh Subhanahu yuklagan farzni ado etishda, odamlarning ko‘p-ozligini e’tiborga olayotgan bo‘lsa, u shuni bilib qo‘ysinki, Rosululloh ﷺ zimmasida bay’atsiz vafot etgan kimsaning johiliyat o‘limida o‘lishini hukm qilganlar. Shu bois, xolis insonlar harakat qilib, Payg‘ambarlik minhoji asosidagi roshid Xalifalik davlatini barpo etish orqali Islomni g‘olib qilish bilan Allohga o‘zlaridan yaxshilikni ko‘rsatmoqlari kerak. Alloh Taolo bunday degan:
﴿وَيَوْمَئِذٍ يَفْرَحُ الْمُؤْمِنُونَ * بِنَصْرِ اللَّهِ يَنصُرُ مَن يَشَاء وَهُوَ الْعَزِيزُ الرَّحِيمُ﴾
«O‘sha kunda mo‘minlar Allohning nusrati sababli shodlanurlar. Alloh O‘zi istagan kishiga nusrat berur. U qudrat va rahm-shafqat egasidir» [Rum 4-5]
Roya gazetasining 2022 yil 23 noyabr chorshanba kungi 418-sonidan