Masalamiz hokimiyatni olish emas, davlat barpo qilish

94
0

بِسْمِ اللهِ الرَّحْمٰنِ الرَّحِيمِ

Masalamiz hokimiyatni olish emas, davlat barpo qilish

Hizb ut-Tahrirning islomiy hayotni qayta boshlash g‘oyasi bilan Ummat orasida mavjudligi aniq shunga dalolat qiladiki, demak, Islom Ummatining his-tuyg‘ulari – uning shuncha og‘ir jarohatlariga qaramay – fikrga aylangan va bu fikr Ummat orasidagi ongli guruh sari yo‘l topgan, shundan so‘ng, bu fikr mumtoz guruhda tiniqlashib, guruhdan Hizb tashkil topgan… Hizb Ummat orasida harakat qilar ekan, o‘z mafkurasini yaxshi anglab, tariqatini ko‘ra bilib, g‘oyasini jiddiy tasavvur etmoqda. Zero, Islom mabda sifatida, Ummatning ichki sezgisi hisoblanadi. Hizb esa, ushbu tuyg‘uni ifodasi bo‘lib, u shu holatda qolmog‘i darkor. Shu sababli mana bu gap juda to‘g‘ri gapdir: (fikr va amal g‘oya uchun bo‘lishi kerak) degan ayni sezgilar qoidasi mabdaning real ifodasidir.

Hizb faqatgina fikratga, ya’ni Islomning fikr va ahkomlari borasidagi tushunchasiga binoan, Islom mabdasiga asoslanadi. Hizb shaxslarga asoslanmaydi, ular har qancha ilm, obro‘ va kuchda yetuk bo‘lsalar ham. Hizb shaxslarning ko‘pligi yoki ozligiga ham qaramaydi, insonlar tomonidan o‘zining qo‘llab-quvvatlanishiga ham, bu qo‘llovning ozligi yoki ko‘pligiga ham asoslanmaydi. Hizb, shuningdek, faoliyat qilish imkoniyati ta’minlanib berilishiga ham asoslanmaydi, hatto bu imkoniyat yengillik, muyassarlik, taraqqiy topish va ko‘tarilish bilan uni o‘ziga jalb qilsa ham. Uni hokimiyatga yaqinlashtiradigan yoki u yerga chiqishini osonlashtiradigan narsalarning ta’minlab berilishiga ham asoslanmaydi… Balki Hizb ut-Tahrir faqat va faqat mafkuraga asoslanadi. Shuning uchun Hizb o‘zining mashhur gaplaridan birida bunday degan: «Bizning masala hokimiyatni olish emas, balki davlat barpo etishdir. Chunki aynan fikriy yuksalishgina uyg‘onishni vujudga keltiradi. Aslida, uyg‘onish hokimiyatni egallash emas, balki Islom Ummatini Islom mafkurasi atrofida birlashtirish va uning butun hayoti davomida mana shu mafkura asosida harakat qilishini ta’minlashdir. Ana shundan keyingina hokimiyat olinib, ayni mafkura asosida davlat barpo etiladi. Buning ma’nosi shuki, hokimiyatni olish g‘oya emas aslida, balki g‘oya bo‘lmasligi ham kerak, balki hokimiyat mafkura asosida barpo etish orqali uyg‘onish tariqatidir.

Roya gazetasining 2022 yil 14 dekabr chorshanba kungi 421-sonidan

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.