Dayton kuchlari Hizb ut-Tahrirning ikki nafar a’zosini – ularning biriga masjid oldida hujum qilib – o‘g‘irlab ketdi

152
0

بِسْمِ اللهِ الرَّحْمٰنِ الرَّحِيمِ

Dayton kuchlari Hizb ut-Tahrirning ikki nafar a’zosini – ularning biriga masjid oldida hujum qilib – o‘g‘irlab ketdi

Bugun Dayton rejimi xavfsizlik kuchlari doktor Ahmad Hind bilan ustoz Bahoulfatoviyni o‘g‘irlab ketdi. Avval ulardan biriga Ramallohdagi Surda shaharchasining Sa’d ibn Muoz masjidi oldida vahshiylik va yirtqichlik bilan hujum qildi… Bu esa, ularning Allohning uyini ham, juma namozini ham hurmat qilmay, Falastin ahliga qaroqchilik qilishni, yahudiylar oldida xoru zor ahvolga tushishni xush ko‘ruvchi tajovuzkor-avtoritar mentalitetini ko‘rsatmoqda.

Hizb ut-Tahrir – muborak Falastin zamini Falastin ma’muriyati xavfsizlik xizmatining bunday jinoyatga qo‘l urishini va Islom da’vatini tashuvchi insonlarga qaroqchilik qilishga jur’at qilishini qattiq qoralab, bu ikki yigitni zudlik bilan ozod etishni talab qildi. Hizb, shuningdek, rejim xavfsizlik xizmatining bu qilmishi hibsga olishga oid sanksiyasiz va jinoyatchi to‘dalar kabi biror qonuniy asossiz sodir etilganini hamda da’vatni tashuvchi yigitlarning qat’iyatiga bu narsa mutlaqo ta’sir qilolmasligini, aksincha, ularning haqni ochiq aytish, ma’rufga buyurib, munkardan qaytarish amallarini bundan ham ziyoda qilishini ta’kidladi.

Roya gazetasining 2022 yil 14 dekabr chorshanba kungi 421-sonidan

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.