بِسْمِ اللهِ الرَّحْمٰنِ الرَّحِيمِ
Moviy Nildagi yangidan alanga oldirilgan janglar ortida kim turibdi?!
Ustoz Imrohim Usmon (Abu Xalil)
Hizb ut-Tahrirning Sudan
viloyatidagi rasmiy notig‘i
Moviy Nildagi o‘zaro janglar ortida kim turgani haqida so‘z yuritishdan avval, o‘quvchiga ushbu mintaqani tasvirlab berish lozim. Mamlakat janubi bo‘linib, Janubiy Sudan davlati paydo bo‘lgandan keyin Moviy Nil viloyati Sudanning yangi janubiga aylandi. Mintaqaga u yerdagi Moviy Nil daryosi nomi berilgan. Ushbu daryo viloyatdan oqib o‘tib, Xartumdagi Oq Nilga qo‘shiladi va Nil daryosiga aylanadi. Moviy Nil viloyatida bir qator qabilalar yashaydi, asosan Parta, Funaj, Anqasno, Havso va boshqalar.
Ma’lumki, Moviy Nil viloyatida bunga o‘xshagan va bu darajada shafqatsiz kurashga ilgari guvoh bo‘lingan emas. Bu kurash o‘tgan iyul oyida Havso qabilasining o‘zlari uchun xuddi boshqalar singari xos mudirlik bo‘lishini talab qilishlari, o‘z navbatida, bu eski mudirlik sohiblarining g‘azablantirishi oqibatida kelib chiqdi. Chunki qabilaning eski mudirlari Havso qabilasining yerga egalik qilishni, mustaqil boshqaruvi bo‘lishini istayotganini bilishardi va bunga aslo rozi bo‘lmay kelishayotgan edi. Kurash mana shundan boshlandi va o‘nlab inson nobud bo‘ldi, yuzlabi jarohatlandi, minglabi ko‘chirildi. Hukumat esa, o‘zining nizolarni hal etish bo‘yicha uslubiga ko‘ra, kurashayotgan tomonlar o‘rtasida masalaning ildiziga e’tibor berilmagan va mazlumlarga insof qilinmagan bir sulhni o‘rnatdi… Sulhdan atigi uch kun o‘tar-o‘tmas yana kurash alanga oldi. Bu kurash yanada dahshatli tus olib, odamlarni uylari bilan qo‘shib yoqib yuborilgani va jasadlarning ko‘mirdek qotib qolgani sababli inson eti jimirlab ketadigan darajaga yetdi… Minglab inson o‘lim, olov va qirg‘indan boshqa viloyatlarga qochib chiqdi. Hukumat bunga to urush ayollar, bolalar va qariyalar jonini olib bo‘lgunga qadar aralashmadi. Bu esa, hukumatning nizoda qo‘li borligiga hamda ayni mintaqadagi insonlar xavfsizligi va tinchligiga panja orasidan qarayotganiga dalolat qiladi.
Hukumat ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan irqchilikka oid siyosiy murojaat oqibati o‘zaro jangga olib kelishini bilardi. Chunki kurashni avjiga chiqargan, odamlarni johiliyatga qaytargan narsa shu keng miqyosda tarqalgan murojaat bo‘ldi… Hamma o‘z qabilasi tarafini oldi, u haqmi yo nohaqmi qiziqmadi. Hatto qotil nima uchun o‘ldirayotganini, o‘ldirilayotgan nima uchun o‘layotganini bilmaydigan holat yuzaga keldi!!
O‘z-o‘zidan – nega u yoki bu qabiladan mana shunday bir vaziyatda va ayni damda mudirlik talablari kelib chiqdi, degan savol tug‘iladi? Gap shundaki, bu talabning sababi siyosiydir. Ya’ni talab ortida ayrim rasmiylarning siyosiy g‘arazlari yotibdi. Ular bir qabilani boshqasiga qarshi qo‘yish bilan o‘zlari kuchayib olishni xohlaydi. Ularni qon to‘kilishi ham, odamlar qirilishi ham tashvishlantirmaydi, shaxsiy manfaatlari amalga oshsa, bas. Bu borada ular Sudanga hukmdorlik qilgan sobiq xo‘jayinlari bilan bir xil. Mahalliy boshqaruv, degan narsa har doim yirik qabilada bo‘lib kelgan. Ayni qabiladan mudir tayinlanib, u o‘zi bilan bir yerda yashayotgan barcha insonlar ustidan siyosiy, adliya va moliya jihatidan hukmronlik qiladi. Ushbu mintaqa mahalliy boshqaruv mudirning nomi bilan hokura, deb ataladi. Ayni hokurada boshqa qabilaning boshqarish huquqi bo‘lmaydi. Aynan shunday vaziyat qabilalar o‘rtasida kurash keltirib chiqarmoqda, ayniqsa, mustaqillik, deb atalgan narsadan keyin. Bu «mustaqillik» paytida Sudan hukmdorlari yana o‘sha mustamlakachining yo‘lidan yurishdi. Saylov paytida hamma u yoki bu qabilaning o‘ziga qarashli bo‘lishiga intilib kelyapti.
Mustamlakachilik tushunchalari hamon rasmiylar miyasida mustahkam o‘rnashib qolmoqda. Bunga birgina yorqin misol yetarlidir. U ham bo‘lsa, Sudan Advokatlar kollegiyasi muvofiqlashuv qo‘mitasining nizom loyihasida kelgan so‘zlardir. Bu loyihani Sudan o‘tish davri dasturi bo‘lishini xohlashayotgan edi. Ayni loyihaning 8/38-moddasida «Yer va resurslarning mahalliy tarkibiy qismlarining tarixiy huquqlarini saqlab qolish», deyilgan. Gap shundaki, bu tarixiy huquq – ingliz mustamlakachi kofirlar qabilalarga bergan yerlar, hokuralar va mudirliklardan iborat bo‘lib, aslida, bu o‘zi egasi bo‘lmagan narsani boshqa egasi bo‘lmagan kimsaga berishdir.
Ingliz mustamlakachilari yurtdan chiqib ketgandan boshlab, Sudan ahli yer, siyosat, boshqaruv va boshqa masalalarga taalluqli Islom ahkomlariga amal qilishganda edi, bu muammolar aslo yuzaga kelmasdi albatta. Biroq, yurt ahli o‘z ustlaridan mustamlakachilar malaylarining hukm yuritishiga rozi bo‘lishdi. Ularning boshqaruv, iqtisod va yerlar masalasida mustamlakachilik kufr tuzumi va qonunlarini tatbiq etishlarini qabul qilishdi. Oxir oqibat, muammolar murakkablashib, ularni hal etish mumkin emasga o‘xshab qoldi. Lekin bizning aytar so‘zimiz shuki, bu muammolarning barchasini yechish tasavvur qilingandan ham osondir. Faqat siyosatchilar, hukmdorlar, fuqarolar va barchadan talab qilingan narsa Islomga qaytmoqdir. Ulardan qayta Islomga amal qilib, uni Rosululloh ﷺ belgilab bergan Islom davlatida, Payg‘ambarlik minhoji asosidagi roshid Xalifalik davlati soyasida tatbiq etmoq talab qilinadi. Xalifalik davlati zudlik bilan bunday ma’muriy boshqaruv, degan narsani, binobarin, Hokura tizimini bekor qiladi. Odamlar o‘zlari yashayotgan yerda bir-birlari bilan barobar bo‘ladilar va ularni bitta Islom hokimiyatidan boshqasi boshqarmaydi, Islom ahkomlaridan boshqasi tatbiq etilmaydi. Islom ahkomlari har bir shaxsga dehqonchilik qilishi yoki yashashi yoxud tijorat qilishi yo-da ishlab chiqarish va boshqa maqsad uchun yerni mulk qilib beradi, bu ishga hech bir qabila daxl qilolmaydi.
Yaylovlar, adirlar va o‘rmonlarga kelsak, ular Rosululloh ﷺ
«الْمُسْلِمُونَ شُرَكَاءُ فِي ثَلَاثٍ الْمَاءِ وَالْكَلَإِ وَالنَّارِ»
«Musulmonlar suv, yaylov va olovda bir-birlariga sherikdirlar», deganlaridek, omma mulki bo‘lib, hamma foydalanishi mumkin. Qolaversa, davlatning vazifasi o‘z fuqarosidan har bir shaxsning oziq-ovqat, kiyim-kechak, uy-joy kabi asosiy ehtiyojlarini hamda jamoaning ta’lim, sog‘liqni saqlash, xavfsizlik kabi ehtiyojlarini ta’minlashdan iborat. Mana shunday boshqaruv bilan nizo va kurashlar olovi butunlay o‘chadi va qabila faqat o‘zaro tanishiluvchi, aloqa o‘rnatiluvchi va silai rahm qilinuvchi qabilaga aylanadi. Qabilalarning bir-birlaridan yoki shaxslarning bir-birlaridan afzalliklari bo‘lmaydi. Xuddi karami keng, qudrati ulug‘ Alloh bunday marhamat qilgani kabi:
﴿يَا أَيُّهَا النَّاسُ إِنَّا خَلَقْنَاكُمْ مِنْ ذَكَرٍ وَأُنْثَى وَجَعَلْنَاكُمْ شُعُوباً وَقَبَائِلَ لِتَعَاوَفُوا إِنَّ أَكْرَمَكُمْ عِنْدَ اللَّهِ أَتْقَاكُمْ إِنَّ اللَّهَ عَلِيمٌ خَبِيرٌ﴾
«Ey insonlar, darhaqiqat Biz sizni bir erkak (Odam) va bir ayol (Havvo)dan yaratdik hamda bir-biringiz bilan tanishishingiz (do‘st-birodar bo‘lishingiz) uchun sizni (turli-tuman) xalqlar va qabila-elatlar qilib qo‘ydik. Albatta sizlarning Alloh nazdidagi eng hurmatlirog‘ingiz taqvodorrog‘ingizdir. Albatta Alloh bilguvchi va ogohdir» [Niso 1]
Roya gazetasining 2022 yil 16 noyabr chorshanba kungi 417-sonidan