بِسْمِ اللهِ الرَّحْمٰنِ الرَّحِيمِ
Jazoirdagi Arab davlatlari Ligasi sammiti hamda uning Jazoir ozodlik inqilobi xotirasida o‘tkazilishining ramzi
Ozodlik inqilobi boshlanganiga 68 yil to‘lishi xotiralari bilan bir vaqtda, Jazoir 2022 yil 1-2 noyabr seshanba va chorshanba kunlari Arab davlatlari Ligasi kengashining 31-sessiyasi yig‘ilishiga mezbonlik qildi. Sammitning eng ko‘zga ko‘ringan jihatlaridan biri shu bo‘ldiki, unda Jazoirning inqilobiy o‘tmishi va xalqining G‘arb mustamlakachiligiga qarshi kurashidan – bir oz arabizm va bir oz Islomni aralashtirgan holda – foydalanildi. Shu bilan birga, sammitda e’lon qilingan deklaratsiyada «1954 yil noyabrdagi Fotih inqilobi paytida arab xalqlari va mamlakatlarining Jazoir xalqi kurashi atrofida birlashishi va jazoirlik birodarlarni qo‘llab-quvvatlashi orqali eng yaxshi shaklda namoyon bo‘lgan arab birdamligining umumiy tarixi va rishtalari» esga olinadi. Sammitda shuningdek, Yevropaning Jazoir rejimidan arab dunyosi va Afrikadagi mintaqaviy maydonda o‘ynashini istayotgan roliga muvofiq «Arab oilasini birlashtirish» shiori ham qo‘llanildi.
Ma’lumki, 22 davlatni o‘z ichiga olgan Arab davlatlari Ligasi ta’sis etilgan paytdayoq Falastin masalasini qo‘llab-quvvatlashni hamda 1948 yil xalqaro istak bilan Falastin tuprog‘ida tiklangan yahudiy vujudini boykot qilishni o‘zining ustuvor vazifasi qilib olgan. Biroq diqqatni jalb qiladigan jihati shuki, Liganing uch yil oldin 2019 yil mart oyida Tunis poytaxtida bo‘lib o‘tgan bundan oldingi sessiyasidan beri arab davlatlaridan bir nechtasi yahudiy vujudi bilan munosabatlarni mislsiz ravishda normallashtirish amaliyotiga bevosita kirishishdi. Buni birinchi bo‘lib, 2020 yil Amirliklar boshlab bergan bo‘lsa, so‘ng Bahrayn, Marokash va Sudan davlatlari amalga oshirishdi. Ushbu sammit jarayonida yahudiy vujudi bilan bunday sharmandalik yaqinlashuvning oqibatlari, jumladan, Marokashning bu jirkanch vujud bilan tuzgan xavfsizlik shartnomalari alohida namoyon bo‘lib turdi. Vaholanki, Jazoir yahudiy bosqinchiligiga qarshi hamkorlikda olib borilgan kurash tufayli Falastin masalasining tarixan eng ko‘zga ko‘ringan tarafdorlaridan sanalgan.
Biroq shunga qarmay, 2019 yil oxirida Jazoirda Abdulmajid Tibbun prezident bo‘lgandan beri, bu yurt nisbatan ichki barqarorlikka erishdi. Shu bois, Yevropa undan, ayniqsa, tashqi sohada, ya’ni Arab va Afrika darajasida, qizg‘in diplomatik harakat va siyosiy faoliyat tezligini «ikkinchi tezlik»ka o‘tkazishini istayapti. Undan yevropaliklar manfaati yo‘lida mintaqaviy qo‘shnichilikda ham harbiy va xavfsizlik sohasida o‘z rolini faollashtirishini umid qilmoqda. Bu, aslida, arab sammitining muvaffaqiyatli o‘tishi nuqtai nazaridan Jazoir rejimi erishmoqchi bo‘lgan eng muhim narsadir. Ayniqsa, Fransiya rasmiylari kelib-ketgandan keyin Jazoir chiqargan bayonot matnida «hozirda tebranishlar kuchayayotgan hamda mintaqaviy va global keskinliklar taranglashayotgan bir manzarada, ushbu a’lo darajadagi yangi hamkorlik – asosan Fransiya bilan – zaruriy talabga aylangan»ligi aytilgandi.
Aslida, Jazoir sammiti hali o‘tkazilishidan oldinoq inkyuziv va muvaffaqiyatli, deb targ‘ib qilindi! U o‘z ishini boshlagach, Jazoir prezidentiga so‘z berilishdan oldin avvalgi sessiyaning rahbari sifatida birinchi bo‘lib Tunis prezidenti Qays Saidga so‘z berildi. Qays «arab davlatlari o‘rtasidagi kelishmovchiliklarni bartaraf etish hamda davlatni ag‘darish maqsadida shiddatli urush ochganlar ustidan g‘alaba qozonish uchun qayta birlashish»ga chaqirdi. Ishtirokchilarning barchasi «ushbu sammitning arablar birdamligini mustahkamlashda muhim bekat» ekanini ta’kidladilar. Shuningdek, falastinlik xalqni qo‘llab-quvvatlashni va «Falastin masalasining bosh masala» hisoblanishini hamda arab davlatlaridagi keskin muammolarni, ayniqsa, Suriya, Liviya, Yaman va Sudan masalalarini muvofiqlashgan holda siyosiy yechim bilan hal etish zarurligini alohida urg‘uladilar. O‘z navbatida, Jazoir ham o‘z prezidenti va tashqi ishlar vazirlari nutqlari orqali «birlashish zarurligini hamda arab davlatlari birdamligi masalasini» ham ta’kidladi. Shuningdek, «bu sammitning ular erishmoqchi bo‘lgan ambitsiya nuqtai nazaridan noyabr sammiti ekanini, chunki noyabr muammolar va qayta birlashishga intilish ramzi ekani»ni qo‘shimcha qilib, Falastin xalqini uning barcha guruhlari bilan birlashtirish va Falastin milliy birligini ro‘yobga chiqarish zarurligi»ni ham urg‘uladi. Jazoir tashqi ishlar vaziri Ramton Laomira o‘z nutqida «Jazoir arab davlatlari tashabbusi «Tinchlik uchun yer», deb nomlangan 1967 yil 4 iyundagi chegarada Falastinning mustaqil davlat sifatida BMTga to‘liq a’zo bo‘lishi»ni qo‘llab-quvvatlashini ta’kidladi. Sisiy ham o‘z nutqida Ramton kabi fikrlarni bildirdi. Ya’ni mag‘rur Jazoir yurtining minbaridan turib, bosqinchi vujudni tan oldi hamda Falastinning aksar yerlariga o‘rnashishiga rozi bo‘ldi. Sammitda shuningdek, arab davlatlarining o‘zaro ishlariga aralashish, oziq-ovqat muammosi, ushbu davlatlar o‘rtasida iqtisodiy hamkorlik va uni takomillashtirish kabi bir qator masalalarga to‘xtalib o‘tildi. Tibbun jahon bozorlaridagi tebranishlarni, pandemiyalarni, mintaqaviy va xalqaro muammolarni, jumladan, Ukrainadagi hozirgi urush oqibatlarini hisobga olgan holda, arab mintaqasidagi oziq-ovqat xavfsizligi tahdidiga ishora qilar ekan, «biz umumiy manfaatlarimizni himoya qiluvchi arab davlatlari iqtisodiy guruhini qurishimiz kerak», dedi.
Biroq, garchi Arab davlatlari Ligasining sammitda ishtirok etgan barcha a’zolari tomonidan o‘zaro hamkorlik, mushtarak muvofiqlashuv va tashabbuslarni yuksak baholash, kabi gaplar shior qilingan bo‘lsa-da, aslida, sammitning boshidan to oxiriga qadar ziddiyatlar va kelishmovchiliklar soya solib turdi. Zero, bu shiorlar ostida mazlum musulmon xalqlarga qarshi til biriktiruv yotibdi. O‘zaro ziddiyat va kelishmovchiliklarga misol shuki, Liga ichidagi ba’zi manbalarning aytishicha, tashqi ishlar vazirlari muayyan punktlarda kelishmovchiliklar sababli sammitning yakuniy bayonoti bo‘yicha yakuniy konsensus formulasida kelishib olishlari qiyin bo‘lgan. Ushbu kelishmovchiliklar, jumladan, Yaman, Liviya, Suriya va Livan kabi arab davlatlari ishlariga Turkiya va Eronning aralashishlarini qoralash bo‘yicha kelib chiqqan. Masalan, ba’zi rahbarlar sammitning yakuniy bayonotiga Eron va Turkiyani «ikki aralashuvchi davlat» nomi bilan kiritilishini qat’iy talab qilishgan bo‘lsa, qolganlar bunga qarshi chiqqan. Bundan tashqari, sammit chog‘ida har bir davlat aslida o‘z manfaati va aloqalariga muvofiq shaxsiy rejasiga ega ekanligi ayon bo‘ldi. Zotan, bu yangilik ham emas. Chunki ilgari o‘tkazilgan barcha sammitlarda ham bu ularning odati edi. Biroq, shunga qaramay, ushbu Liganing bosh kotibi Ahmad Abu G‘it sammitning muvaffaqiyatli va tamsil jihatidan oliy darajada o‘tganini ta’kidlab, «Jazoir sammitida faqat o‘z davlatini himoya qilish, degan narsa umuman bo‘lmadi», dedi!! Biroq, Saudiya (mamlakatining amaldagi hukmdori) shahzodasi, Amirliklar prezidenti, Bahrayn bilan Marokash qirollari sammitda hozir bo‘lmadi. Ammo Qatar amiri, Falastin ma’muriyati rahbari, Tunis bilan Misr prezidentlari hamda «sharafli mehmon» BMT bosh kotibi anjumanda eng ko‘zga tashlangan ishtirokchilar bo‘lishdi. Rossiya ham sammitda prezident Putinning maktubi orqali ishtirok etdi. Maktubda Putin go‘yo sammit qatnashchilaridan o‘zining mashaqqatlari xususida hamdard bo‘lishlarini so‘ragandek so‘z yuritib, ko‘p qutbli xalqaro bir tizim yaratish zarurligini, uning davlati Arab davlatlari Ligasi va barcha a’zolari bila munosabatlarni mustahkamlashga tayyor ekanini ta’kidlagan.
Ba’zi manbalar – Jazoirning Suriyani Arab davlatlari Ligasiga qaytarishga bo‘lgan barcha urinishlari ortida siyosiy o‘yin yotganini ta’kidladi. Zero, Jazoir tashqi ishlar vaziri sammitdan bir necha kun oldin Damashqqa safar qilib, Suriya rejimi bilan hamfikr bo‘lishi ortidan, Suriyani Ligaga qaytarishni xalqaro vaziyat ko‘tarmasligi va hozirgi mintaqaviy sharoit uning sammitda bo‘lishiga ruxsat bermasligini e’tiborga olgan holda, ushbu tashabbusdan voz kechdi. Shuningdek, bu tashabbus Jazoirning sammitni muvaffaqiyatli o‘tkazish va «arab davlatlari saflari birligi»ni saqlashdek intilishlari bilan to‘qnash kelgan. Eslatib o‘tamiz, 2011 yil oxirida qo‘zg‘olon boshlanishi sababli Bashar Asad-Suriya Liga a’zoligidan to‘xtatilgan edi. Zero, bu qonxo‘r rejim o‘zining musulmon xalqini qirg‘in qilishda har qanday chiziqni depsab o‘tgan. Bugun esa, shunday rejimni Arab davlatlari Ligasiga qaytarish harakati – uzoqdan bo‘lsa ham – boshlandi. Zotan, bu Liga aslida, manfur mustamlakachilik loyihasiga xizmat qilishdan boshqa maqsadda tuzilgan emas. U shu xizmati bilan Islom va musulmonlarni qattiq yomon ko‘ruvchi G‘arbning islomiy yurtlardagi manfaatlari va mustamlakachilik rejalarini bajarmoqda.
Shuning uchun ham, o‘nlab yillardan buyon xiyonatni sadoqat, omadsizlikni yutuq qilib ko‘rsatib kelgan bu bachkana-razil hukmdorlarni maydondan supurib tashlash vaqti keldi. Bu esa, ongli guruhning Ummat orqali o‘z yo‘lini topib, uning haqiqiy o‘zligini tamsil etuvchi Islom bilan ushbu yurtlardagi siyosiy maydonga mutasaddilik qilishi bilan hamda faqat va faqat Islom asosida yetakchilik qilishi orqali amalga oshadi.
Roya gazetasining 2022 yil 16 noyabr chorshanba kungi 417-sonidan