Yahud vujudi harbiysi 22 yoshli musulmonni vahshiylarcha otib tashladi

77
0

Yahud vujudi harbiysi 22 yoshli musulmonni vahshiylarcha otib tashladi

 Xabar: Guvohlarning so‘zlariga ko‘ra, juma kuni yahud askari G‘arbiy Sohildagi Nablus shahrida falastinlik yosh yigitni otib o‘ldirdi.

 Ijtimoiy tarmoqlarda otishma aks etgan videolavhalar joylashtirilgan. Videoda faolastinlik yigitni hibsga olmoqchi bo‘lgan askar tasvirlangan. Ammo falastinlik yigit askarni o‘zidan uzoqlashtirganda, askarning avtomati tushib ketgan va u to‘pponchasini olib yaqin masofadan otib tashlagan.

 Bu yigit Nablus janubidagi Osrin qishlog‘ida yashovchi 22 yoshli Hamdi Mefle ekanligi aniqlangan.

 WAFA axborot agentligining xabar berishicha, qatlni kuzatayotgan isroillik bosqinchi askarlar yarador yigitga mahalliy aholi va tez yordam mashinalariga yordam berishiga to‘sqinlik qilgan.

 Falastin Sog‘liqni saqlash vazirligi, “Isroil” fuqarolik ishlari bo‘yicha bosh boshqarmasi fuqaroning og‘ir jarohatlar tufayli vafot etganini ma’lum qildi.

 Izoh: Rasululloh sollallohu alayhi va sallam aytadilar: “Yeb to‘ymas ochofatlar o‘z tovog‘iga tashlangani kabi yaqinda millatlar sizlarning ustingizga tashlanadi”. Shunda bir kishi o‘sha paytda sonimiz kam bo‘lganidan shunday bo‘ladimi? – deb so‘radi. Payg‘ambar: Sizlar u paytda ko‘p bo‘lasizlar. Lekin selning ko‘pigi kabi ko‘pik bo‘lasizlar. Alloh dushmanlaringiz qalblaridan sizlardan bo‘lgan qo‘rquvni olib qo‘yadi, sizlarning qalblaringizga esa, vahnni solib qo‘yadi”, dedilar. Shunda bir kishi ey Rasululloh vahn nima? – deb so‘ragandi, u zot: Dunyoni yaxshi ko‘rish, o‘limni yomon ko‘rish”, deb javob berdilar. (Abu Dovud Savbondan rivoyat qilgan).

 Darhaqiqat, bugungi kunda Islom Ummati bir tomondan yeb to‘ymas ochofat kapitalistik tuzum kasofatidan moddiy boyliklari talon-taroj qilinayotgan bo‘lsa, boshqa tomondan dunyoning barcha yerida, shu jumladan, Falastinda ham musulmonlar ta’qib, zulm va qatag‘onga duchor bo‘lib, o‘ldirilmoqda. Bu borada bosqinchi yahud vujudi haddidan oshib, deyarli har kuni, har juma musulmonlarga qarshi jigoyat sodir etib, ular ustidan ko‘ngliga kelgan ishni qilmoqda. Kuni kecha ijtimoiy tarmoqlarda tarqagan bir videoda bir guruh yahud vujudi harbiylar 12 yoshli muslima qizni qo‘lga olish jarayoni aks etgan edi. Unda Allohning la’natiga duchor bo‘lgan qavm vakillari ojiza qizga nisbatan kuch qo‘llab, bo‘g‘ib, sudrashganini ko‘rish mumkin. Yahud vujudi va harbilarining bu qadar haddan oshishlariga ular sodir etgan jinoyat uchun javob bermasliklariga aniq ishonganlari sabab bo‘lmoqda. Odatdagidek, 1,5 milliarddan ziyod musulmonlar, ularning qo‘g‘irchoq hukumatlari, ishsizlikdan kazarmalarda “chang bosib yotgan” harbiylari kuzatuvchi bo‘lishdan boshqasiga yarashmadi.

 Falastin masalasi faqat falastinlik musulmonlar yoki arab mintaqasi masalasi emas, balki Islom masalasidir. Chunki, bu zaminda musulmonlarning birinchi qiblasi, ziyorat uchun alohida safar qilib borish mumkin bo‘lgan uch masjiddan biri, Rosululloh sollallohi alayhi va sallamning Isro maskani bo‘lmish Aqso masjidi joylashgan bo‘lib, bu zaminni ozod qilish yer yuzidagi barcha musulmonlar uchun farzdir. Biroq, Falastinni ozod qilish norozilik izhor qilish, tanqid va faqat qoralash bilan amalga oshmaydi, balki musulmonlar armiyasini safarbar qilish bilan hal bo‘ladi. Bu ish Xalifalik davlatisiz amalga oshmaydi. Shunda ekan, biz musulmonlar himoyachimiz va qalqonimiz bo‘lgan Xalifalik davlatini qayta barpo etish yo‘lida harakat qilishimiz vojib.

 Sahihi Buxoriyda Abu Hurayra roziyallohu anhu rivoyat qilgan hadisda Rosululloh sollallohu alayhi va sallam:

“Xalifa qalqondir, uning ortida turib jang qilinadi va u bilan himoyalaniladi”, deganlar (Imom Muslim rivoyati).

 Abdurahmon Odilov

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.