Bir oyda Qirgʼizistonga Rossiyadan 15ta “yuk-200” olib kelindi

56
0

Bir oyda Qirgʼizistonga Rossiyadan 15ta “yuk-200” olib kelindi

Xabar: 2022-yilning oktyabr oyida Rossiyaning hududida vafot etgan 15 qirgʼizistonlikning jasadi mamlakatga olib kelindi. Bu haqda Qirgʼizistonning Rossiyadagi elchiligi bildirdi.
Maʼlumotga koʼra, oʼtgan oyda diplomatik idora 50 qirgʼizistonlik migrantlarning 1 mln 963 ming 600 rubl mehnat haqini olishga yordam bergan.
Shuningdek Rossiyaning migratsiya boʼyicha qonunini buzib, huquq tartibot organlari tarafidan qoʼlga olingan 48 qirgʼizistonlik qamoqdan boʼshatilgan.
“Elchilikning xodimlari Krasnoyarsk hududining, Moskva, Vladimirsk va Samara viloyatlarining jazoni ijro qilish muassasalariga borib, 42 nafar qirgʼizistonlik bilan uchrashdi. Ishonch telefonlari va ijtimoiy tarmoqlar orqali 8 544 kishiga konsulьtatsiya yordami koʼrsatildi”, – deb taʼkidlashdi elchilikdan.
Joriy yilning avgust oyida Rossiyaning hududida turli sharoitda vafot etgan 31 qirgʼizistonlikning jasadi mamlakatga olib kelingan.
Rossiyaning Ichki ishlar vazirligining maʼlumotiga koʼra, 2021-yil ichida Rossiyaga jami boʼlib 1 million 639 ming 28 qirgʼizistonlik kirgan. Uning 884 ming 133 nafari ishga oʼrnashish maqsadida kelishgan.

Izoh: Qirgʼiziston YeOIIga aʼzo boʼlib kirishidan avval rasmiylar mamlakat tashkilotga aʼzo boʼlsa, “toʼrt erkinlik” – ishchi kuchi, kapital, tovarlar va xizmatlarning erkin harakatlanish imkoni ochilishi haqida aytishgan boʼlsada, rus hukumati mehnat muhojirlari uchun turli toʼsiq va qiyinchiliklar yaratib keldi. Rossiyadagi mehnat muhojirlari haq-huquqlari, mehnat va yashash sharoitlari, boshqa masalalar borasida deyarli oʼzgarish boʼlmadi. Mehnat muhojirlari, shu jumladan qirgʼizistonliklar ham Rossiyada eng himoyasiz qatlam boʼlib qoldi. Mehnat muhojirlari politsiya, Federal migratsiya xizmati (FMS) va millatchi taqirboshlarning oson oʼljasiga aylandi. Politsiya sohta va uyushtirilgan ishlar orqali muhojirlarni qoʼlga olib qamoqqa tashlayotgan boʼlsa, FMS arzimagan sabablar bilan ularni “qora roʼyxat”ga tirkab, mamlakatdan badargʼa qilmoqda. Taqirboshlar va mehnat xavfsizligi taʼminlanmagani sababli har yili yuzlab qirgʼizistonlik vataniga “yuk 200”da qetadi. Masalan, 2021-yili Qirgʼizistonga xorijda vafot etgan 540 qirgʼizistonlikning jasadi kelgan boʼlsa, shundan 489tasi Rossiyaning Moskva, Yekaterinburg va Novosibirsk viloyatlaridan olib kelindi. Bu degani 2021-yilda har kuni kamida bittadan koʼp qirgʼizistonlik mehnat muhojirligida, haq-huquqlari himoya qilinmagani sababli vafot etganini anglatadi. Joriy yilning yanvar oyida birgina Moskvaning oʼzidan olti nafar qirgʼizistonlikning jasadi olib kelingan boʼlsa, aprel oyida ham Rossiyadan 15ta “yuk 200” olib kelingan edi.
7-iyun kuni Jogorku Keneshning konstitutsiyaviy qonunchilik, davlat tuzilishi, sud-huquq masalalari va parlament reglamenti qoʼmitasida Ombusmanning yillik hisoboti chogʼida Rossiyada kurьer boʼlib ishlab, uzoq yilga ozodlikdan mahrum qilingan qirgʼizistonlik yoshlar masalasi koʼtarildi.
Ombusman Аtir Аbdraxmatova Rossiyada 18-25 yoshdagi qirgʼizistonlik oʼgʼil-qizlar “juda koʼp qamalayotgani”ni maʼlum qilgan va “Koʼpchiligi giyohvand moddalar bilan qamalgan. Kurьerlik xizmati deb onlayn oʼqitishar ekan, yetkazib borgan joyda esa politsiya “giyohvand modda sotding” deb qamoqqa olyapti”, – degan edi Аbdraxmatova. Аmmo koʼtarilgan muammo koʼtarilganicha, aytilgan soʼz aytilganicha qoldi. Rasmiy hukumat mehnat muhojirlari va ularning haq-huquqlari borasida biror sezilarli qadam tashlay olmadi.

Prezident esa zavod-fabrikalar ochish, ish oʼrinlari yaratish oʼrniga uchrashuv va dam olishlarda ming va hatto oʼn ming dollarlik taniqli brend kiyimlar bilan borish, oʼzi uchun yangi qarorgoh, “Osmon” shahar, oʼyingoh va koʼngilochar maskanlar qurish, qimorxonalarni qayta ochish “tashvishi” bilan band.

Аbdurahmon Odilov

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.