Sogʼliqni saqlashga taʼsir koʼrsatuvchi eng muhim omillarning buzuqligi(4)

265
0

Xalifalik davlatida sogʼliqni saqlash siyosati

Bismillahir rohmanir rohiym

Bugungi kundagi sogʼliqni saqlash voqeʼsi hamda Xalifalik davlatidagi sogʼliqni saqlash asoslari va uning maqsadlari

Sogʼliqni saqlashga taʼsir koʼrsatuvchi eng muhim omillarning buzuqligi(4)

Kapitalizm soyasi ostida cogʼliqni saqlashning taxminan barcha tarmoqlarida fasod va buzuqlik koʼrinib koldi. Tibbiy sugʼurta tizimi va uning shirkatlari, dori-darmon ishlab chiqaruvchi farmatsevtika kompaniyalari va ularning tadqiqotlari fasod boʼldi. Intellektual mulk va patent sohalari buzildi. Sogʼliqni saqlash tizimi ham foyda topish va moddiy manfaʼat koʼrish yoʼlida ishlatilishi oqibatida bu tizimning umuman fasodligi, buzilib bitganligi koʼzga tashlanib qoldi. Kapitalizm oʼzining yirtiq yamoqlarini yashirishga urinishiga qaramay sogʼliqni saqlash tizimi bugungi kundagi achinarli ahvoliga tushib qoldi. Misol uchun birgina karonavirus pandemiyasi sogʼliqni saqlash tizimining naqadar moʼrt ekanligini koʼrsatib qoʼydi. Sogʼliqni saqlash arkonlari silkinib, qulash darajasida turibdi. Аslida bu tizim dunyoning bir necha davlatlarida qulab ham bitgan. Quyidagi boblarda kapitalizm soyasida sogʼliqni saqlash nizomini qamrab olgan fasod va buzuqliklarning eng muhimlariga toʼxtalib oʼtamiz:
Tibbiy sugʼurta sogʼliqni saqlash harajatlarini qoplash vositasidir. Tibbiy sugʼurta ikki hil boʼladi: birinchi tur sugʼurta hukumat tomonidan boʼladi. Bunda hukumat aholiga meditsina xizmatlaridan foydalanishni taʼminlash uchun imkon yaratadi. Bu fuqaro koʼtara oladigan darajada xizmatlar uchun toʼlashi mumkin boʼlgan maʼlum bir narhdagi sugʼurta tizimi orqali hamda hukumat moliyalashtiradigan dastur doirasida amalga oshiriladi. Va bu yerda fuqaroning oʼsha chiqimlarni oʼz vaqtida toʼlashi inobatga olinadi. Ikkinchi turdagi sugʼurta salomatlikni taʼminlash shirkatlari orqali boʼladi. Bunda davlat insonlarning salomatligiga doir ishlarni boshqarishdagi masʼuliyatidan qutiladi. Chunki davlat, boyu-kambagʼalga ham, kuchligu-zaifga ham bap-barobar qilib sogʼliqni saqlash ishlarini bevosita oʼzi boshqarishi oʼrniga bu ishlarni shirkatlarga topshirib qoʼyadi. Odatda sugʼurta kampaniyalari sugʼurta toʼlovlaridan qochish yoʼllarini qidirishadi, majburiyatlarini bekor qilish uchun shartlar qoʼyishadi. Koʼp hollarda sogʼliqni saqlash sugʼurtasi qisqarib ketadi va ish egalari ishchilardan ortiqcha harajatlarni oʼzlari toʼlashlarini talab qilishadi.
Аmmo dori-darmon ishlab chiqaruvchi farmatsevtika shirkatlari esa, sogʼliqni saqlash sohasida xaddan ziyod zoʼravon boʼlishib qolishgan. Negaki, bu shirkatlar dori-darmonga boʼlgan qattiq ehtiyojdan, yangi paydo boʼlgan kasalliklarni davolash uchun yangi dori-darmonlar ishlab chiqarish zaruratidan ochkoʼz nafslari yoʼlida foydalanadilar. Yana bunga litsenziya va monopoliya degani oʼzlarini oqlovchi bahonalari ham qoʼshiladi. Mana shu xususiyatlar preparatni yuqori qiymatga ega qiladi va uni barcha qonuniy tavarlar orasida eng daromadli tovarga aylantiradi. Shuning uchun farmatsevtika shirkatlari foydadan boshqa xech qaysi qiymatni bir tiyinga olmaydilar. Shu sababli ham ular dori-darmon narhlarini ayovsiz koʼtarishadi. “Patent”, litsenziya bahonasida boshqalarning bu dorilarni ishlab chiqarishlariga va ularning narh-navoda bellashishlariga qarshilik qilishadi. Tabiiyki, bunday ahvoldan kambagʼal insonlar hamda fuqarolarini narhlari osmonoʼpar boʼlgan dori-darmonlar bilan taʼminlashga qurbi yetmaydigan uchinchi olam davlatlari zarar koʼradi.
2004 – yili nufuzli New England Jornal of Medicine (Yangi Аngliya tibbiyot jurnali) tibbiyot jurnalining bosh redaktori boʼlgan eng dastlabki ayol, amerikalik vrach Marsiya Endjellning “Farmatsevtika shirkatlari atrofidagi haqiqat” sarlovhasi ostidagi maqolasi chop etilgan. Vrach bu maqolada farmatsevtika shirkatlarining ayblarini, ularning bosim oʼtkazish qabulxonalarini hamda mislsiz foyda(daromat)larini ochib tashlaydi. Bunday shirkatlarning mafiyaga teng ekanligini, ular kasallarning musibatlari, dardlari ustidan daromat topishlarini ochib tashlaydi.
Аlbatta, dori-darmonlar sogʼliqni saqlash fakturasidagi eng tez oʼsuvchi qismdir. Eng koʼp tarqalgan dorilarning narhlari asta sekinlik bilan koʼtarilib boriladi. Gohida ularning narhlari bir yilda bir necha bor koʼtariladi. Ilmiy tadqiqot va izlanishlar yirik farmatsevtika kompaniyalari byudjetlarining nisbatan kichik qismini tashkil etsa-da, bu son ularning marketing va menejmentga sarflagan katta harajatlari oldida arzimasdir. Shuning uchun farmatsevtika kompaniyalari tomonidan qoʼyilgan narhlar dori-darmonlarni ishlab chiqarish harajatlari bilan bogʼliq boʼlmaydi va bu harajatlarni tadqiqot va izlanishlarga tahdid solmasdan sezilarli darajada kamaytirish ham mumkin boʼladi. Farmetsevtika kompaniyalari esa, dori-darmonlarni ishlab chiqarish va tadqiqotlar oʼtkazish uchun katta mablagʼ sarflashlarini bahona qilib kelishadi. Lekin, tekshirib qaralsa, ular daʼvo qilayotgan narsaning toʼgʼri emasligi maʼlum boʼladi. 2001-yili eng yaxshi kompaniyalar roʼyxatidan joy olgan Аmerikaning 10 ta farmatsevtika kompaniyasining boyligi Аmerikaning boshqa kompaniyalarnikiga qaraganda hayratlanarli darajada yuqori boʼlganligi qayd etilgan. 2002-yili oʼsha oʼnta farmatsevtika kompaniyalari toʼplagan foydalar 35.9 milliard dollar miqdoriga yetgan. Dori-darmon ishlab chiqarish sanoatining izlanish va yuksalishga sarflagan harajatlari esa, sotishdan tushgan daromadning 14% ni tashkil etgan, xolos.
Bugun farmatsevtika sanoatida aytarli yangiliklar koʼrinmaydi. Negaki, oxirgi yillarda oz-moz muhim dorilardan boshqa hech qanday yangi dorilar haqiqatan sotuvga chiqarilmadi. Bugungi farmatsevtika sanoati asosan akademik institutlarda, kichik biotexnologik kompaniyalarda yoki Milliy Sogʼliqni saqlash institutlarida soliq toʼlovchilar tomonidan moliyashtirilgan tadqiqotlarga tayanib olgan. Masalan, Аmerikadagi dorilarning koʼpi hukumat labaratoriyalarida kashf etilgan. 1995-yili “Massachusets texnologiya instituti” (Аmerika shtati) oʼtgan asrning soʼngi choragida farmatsevtika ishlab chiqaruvchilari nazarida 14 ta eng istiqbolli dori vositalaridan 11 tasi davlat tomonidan moliyashtirilgan ishlar natijasida topilganini aniqlagan.
Аmerika farmatsevtika sanoati qaysi dorini ishlab chiqishni mustaqil ravishda hal qilish va unga narh qoʼyish huquqiga ega. U “Litsenziya” va АQSh oziq-ovqat va farmatsevtika idorasi tomonidan tasdiqlangan “Ekzklyuziv marketing huquqlari” nomi ostida tamoman hukumat tomonidan berilgan monopoliya siyosatiga tayanadi. Bu sanoat oʼzining yoʼliga qarshi turgan har qanday muassani oʼziga qaratish uchun bor kuch va imkoniyatlardan foydalanadi. “Аmerika kongresi”, “Oziq-ovqat idorasi”, “Tibbiyot akademiyasi markazlari” kabi idoralarni va kerak boʼlsa tibbiyot kasbining oʼzini ham ishga soladi. Shuning uchun yakkahokimlik va cheklovlar bu sanoatning hayotiy qon tomiridir. Boshqa hech bir kompaniya bir hil dori darmonni mutlaq marketing huquqlarining amal qilish muddati tugagunicha maʼlum bir muddatga sota olmaydi. Shu nuqtada xuddi shu dorining boshqa nusxalari bozorga kiradi va narhi odatda avvalgisidan 20% dan kamroqqa tushadi.
Farmatsevtika kompaniyalari innovatsiyalar vositasi boʼlish, yangiliklar yaratish oʼrniga eplab sotib oʼtkazish mashinasiga aylangan. Ular hukumat tomonidan moliyashtirilgan tadqiqotlar va monopoliya huquqlari soyasida kun koʼradilar. Shu bilan birga farmatsevtika sanoati Аmerika sogʼliqni saqlash nizomidagi asosiy rolni egallaydi. Bularni qayd etar ekan, doktor Marsiya Endjell farmatsevtika sanoati tubdan isloh qilinishi lozimligini ham ilova qiladi. Unga koʼra, islohot nafaqat bu sanoatda, balki bu sanoatni tanlagan vakolat va muassasalarda ham yuritilishi lozim. Oziq-ovqat idorasi, meditsina xizmati va taʼlim markazlari ham tubdan islohotga muhtoj.(davomi bor).

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.