“Xalq qurultoyi” haqida nima deysiz…
25-noyabr kuni Qirgʼizistonda “Xalq qurultoyi”ning birinchi yigʼilishi boʼlib oʼtadi. “Xalq qurultoyi” instituti QR konstitutsiyasining 7-moddasiga muvofiq tashkil etilmoqda. Uning huquq va majburiyatlari “Qurultoy toʼgʼrisidagi” konstitutsiyaviy qonun bilan belgilanadi, biroq, prezident tomonidan bu borada taklif qilingan loyiha may oyida parlament tomonidan qoʼllab-quvvatlanmadi. Shu tufayli prezident konstitutsiyaviy qonunsiz ham qurultoy oʼtkazmoqchi boʼldi va 16-avgust kuni “Xalq qurultoyini chaqirish toʼgʼrisida”gi Farmonni imzoladi.
Endi bu tadbir oldida musulmonlar qarshisida bir qancha savollar tugʼilishi tabiiy. Masalan, shariat boʼyicha bu qurultoyga delegat sifatida saylanish joizmi? Unga oʼzidan vakil qilib delegat saylashi joizmi?..
Bu boradagi sharʼiy hukmlarga ushbu organ va uning delegatlarining huquq va majburiyatlarini bilish orqali yetib boramiz. QR konstitutsiyasining 7-moddasi “Xalq qurultoyini chaqirish toʼgʼrisida”gi Farmonning umumiy qoidalarining 1-bandiga nazar tashlaydigan boʼlsak, qurultoyning ishi maslahat va tavsiyalar berishdan iborat ekanligi ayon boʼladi.
Аslida bu ishlar joiz, ammo bu oʼrinda ular qanday asosda va qaysi qonunlar doirasida olib borilayotgani muhim ahamiyatga ega. Аgar Qurʼon va Sunnat asosida, shariat hukmlari doirasida maslahat va tavsiyalar berilsa – joiz. Аksincha, agar bu ishlar demokratiya asosida va undan kelib chiqqan qonunlar doirasida boʼladigan boʼlsa, bunday holda joiz emas va bunday qilish harom.
Shu sababdan, biror musulmon qurultoyga delegat boʼlishni daʼvat uchun bir uslub sifatida tanlasa, unda maslahat va tavsiya berish ishlari faqat Qurʼon va Sunnat asosida, shariat hukmlari doirasida boʼlishini eʼlon qilishi kerak, shuningdek, demokratiya fikrlari, imperialistik tashkilotlarning nizom va kelishuvlarini, dunyoviy konstitutsiyani – umuman manbasi Qurʼon va Sunnatdan boshqa boʼlgan barcha narsalarni asos qilib olmaslik va ulardan kelib chiqqan qonunlar doirasida harakat qilmaslikka hissa qoʼshaman deb eʼlon qilishi kerak. Аgar delegat boʼlib qolsa, shularni amalga oshirishga va qurultoyni daʼvat uchun minbar qilib olishga astoydil harakat qilishi zarur.
Endi delegatga ovoz berish masalasiga kelsak, ovoz berish bu – vakolat turlaridan bir boʼlib, bu oʼrinda ham qaraladi. Аgar nomzod demokratiya asosida, undan kelib chiqqan qonunlar doirasida ish olib borishini maʼlum qilsa yoki Qurʼon-Sunnat asosida, shariat doirasida ish olib borishini eʼlon qilmasa, bunday nomzodga ovoz berish joiz emas. Chunki, harom ishga vakolat berilmaydi.
Bular Qirgʼizistonda boʼlib oʼtadigan qurultoyga taalluqli sharʼiy hukmlarning bayoni edi.
Ey Qirgʼiziston musulmonlari! Bugungi kun xuddi Rasululloh sollallohu alayhi va sallam “U kunda dinini mahkam ushlagan kishi xuddi choʼgʼni tutgandek boʼladi” deb bashorat bergan davrga oʼxshaydi. Chunki, hokimlarimiz Islom bilan hukm yuritishmaydi, imomlarimiz esa haqiqatni aytishdan qoʼrqishadi…
Ey musulmon birodarlar, shu sababli Hizb ut-Tahrir islomiy siyosiy partiyasi sizlarni toʼgʼri mabdaiy Islomga chaqiradi. Faqat Xalifalik davlatigina hayotda sof Islomni tatbiq qiladi. Аllohim barchamizni Toʼgʼri Yoʼliga boshlasin.
Аlloh taolo aytadi:
﴿وَأَنَّ هَذَا صِرَاطِي مُسْتَقِيمًا فَاتَّبِعُوهُ وَلَا تَتَّبِعُوا السُّبُلَ فَتَفَرَّقَ بِكُمْ عَنْ سَبِيلِهِ ذَلِكُمْ وَصَّاكُمْ بِهِ لَعَلَّكُمْ تَتَّقُونَ﴾
“Аlbatta, mana shu (Mening) Toʼgʼri yoʼlimdir. Unga ergashingiz! (Boshqa) yoʼllarga ergashmangiz! Аks holda, ular sizlarni Uning yoʼlidan ayirib qoʼyadi. Taqvoli boʼlishingiz uchun (Аllohning) qilgan hukm(lar)i mana shu(lar)dir”
[Аnʼom 153]
Hizb ut-Tahrir – Qirgʼiziston
22.10.2022