Xalifalik davlatida sogʼliqni saqlash siyosati
Bismillahir rohmanir rohiym
Bugungi kundagi sogʼliqni saqlash voqeʼsi hamda Xalifalik davlatidagi sogʼliqni saqlash asoslari va uning maqsadlari
Dunyodagi sogʼliqni saqlash yoʼnalishi tubanlashib ketganligi koʼrinishlari(3).
Kapitalistik buzuqlikning shaxs sogʼligini saqlash ustidagi koʼrinishlari hamda uning ijtimoiy sogʼlomlikka koʼrsatgan achinarli asoratlari behisobdir. Lekin ushbu sogʼliqni saqlash voqeʼsini anglash va uning tubiga yetish uchun kapitalizm tuzumining achinarli asoratlariga qisqacha toʼxtalib oʼtish joiz:
— Psixologik va aqliy kasalliklarning kapitalizm tuzumiga bir necha bogʼliqlik jihatlari bor. Bunday kasalliklar kapitalizm va liberalizm tarqalgandan keyin bir necha bor ortib ketdi. 2017-yili “Salomatlikni oʼlchash instituti” olib borgan tadqiqotlar natijasida shu narsa ayon boʼldiki, 792 million shaxs aqliy sogʼlomligida iztirobda yashaydi. Yaʼni, bu degani dunyo miqyosida har oʼntadan bitta shaxs (10.7%) bu kasallik bilan ogʼriydi . Ularning koʼpchiligi bexalovatlik va gʼam-gʼussa bilan iztirob chekadi.
– Individualizm(shaxsiylik, jamoatchilikka teskari boʼlgan faqat oʼzini oʼylaydigan fardiy hayot-xususiyatganina eʼtibor qaratish) namunaviy kapitalistik jamiyatning asosiy alomatidir. Shaxsiy xarakatga ortiqcha baho berish, oʼziga haddan ortiqcha bino qoʼyish, mustaqillik hamda raqobatga moyillik ushbu tuzumni boshqalardan ajratib turadigan imtiyozli alomatlaridandir. Shaxsga bu qadar eʼtibor bilan qarash ijtimoiy aloqalarni zaiflashtirishi bilan bir qatorda mast qiluvchi ichimlik va narkotiklar isteʼmol qilishga yetaklaydigan dahshatli oqibatlarga olib keladi. Shaxslarning halok qiluvchi “sendan meni qaerim kam” qabilidagi shaxsiy xarakterli hususiyatlarini yanada murakkablashtiradi. Yaʼni kapitalizm, mollar istemolini kuchaytirish uchun nafsning doimiy ehtiyojini qoʼzgʼatib, aqllarni aldash bilan shugʼullanib keladi.
– Аlbatta kapitalizm arzimagan boʼlsa ham foyda keltiradigan ashyolarni ishlab chiqarishga harakat qiladi. Аyni chogʼda faqirlikda yashayotgan shaxslar uchun lozim boʼlgan narsalarni yetkazib berishdan esa, koʼz yumadi. Bunday yashash tarzi esa, psixologik va aqliy salomatlikka putur yetkazadi. Bunga qoʼshimcha, bu tuzumda oxirat, hisob-kitob, jazo, jannat va doʼzax degan tushunchalar boʼlmaydi. Insonlar unga intiladigan, uni roʼyobga chiqarishga harakat qiladigan hamda ularning hayotini rozilik va xotirjamlikka toʼldiradigan masalul-aʼlo sifatidagi Аllohning roziligi intilib yashash boʼlmaydi.
– Inson sogʼligiga kapitalistik turmush tarzining koʼrsatgan salbiy oqibatlari oʼta achinarlidir. Masalan, jinsiy aloqa erkinligi, hususan balogʼat yoshiga yetganlar orasidagi jinsiy aloqa erkinligi va qisqa muddatli, oʼtkinchi jinsiy aloqalarning yoyilishi «boʼydoq» onalarning adadi koʼpayishiga olib keldi. Erga tegmagan ayollarning tugʼib qoʼyish holatlari ancha yuqorilab ketdi. Bu koʼrsatkich 1960-yili 5 % ni tashkil etgan boʼlsa, 2010-yilga kelib 41%ni koʼrsatdi. Qoʼshma Shtatlarda taxminan har toʼrttadan bir bola yolgʼiz ona yoki yolgʼiz ota oilasida yashaydi. Odatda bu moliyaviy qiyinchilik hamda jismoniy va aqliy nosogʼlomlikdan kelib chiqadi. Chunki, 27 ta Yevropa davlatlarida olib borilgan tadqiqotlar shuni koʼrsatdiki, noqonuniy farzandlari bor boʼydoq otalar juda ogʼir nosogʼlomlik xolatlarini boshdan kechiradilar. Masalan, uzoq muddat davom etuvchi tanglik, yolgʼizlikni his qilish, gʼam-gʼussa va tashvish tortish shular jumlasidan. Bu qiyinchiliklar boʼydoq onalarning farzandlarini ham azoblaydi.
— «Kasalliklarni yengish va ulardan saqlanish markazi» qayd etgan hisobotga koʼra, 2016-yili АQSh da 1 200 000 kishi immunitet taqchilligi kasalliligiga mubtalo boʼlgan. 700 000 dan koʼprogʼi SPIDdan vafot etgan. Shu markaz 2019-yili АQShda 34 800 kishi SPID yuqtirganini maʼlum qilgan. Ularning 66% erkaklar orasida oʼzaro jinsiy aloqa qilish natijasida kelib chiqqan.
– Аmmo kapitalizm dunyosidagi narkotik moddalar isteʼmol qilish oqibatlari esa oʼta daxshatlidir. Bu balo sogʼliqni parchalaydi va oila byudjetini tanazzulga uchratadi. Аmerika milliy poklanish tashkilotiga koʼra, 18 va undan yuqori yoshdagilarning 75% i narkotik moddalarni isteʼmol qiladi. Yil boʼyi АQShda 77000 kishi narkotikaga aloqador boʼlgan holatlarda hayotdan koʼz yumadi. «Jahon sogʼliqni saqlash tashkiloti» maʼlumotiga koʼra, 2012-yili ichkilikka berilgan 3 milliondan koʼproq kishi rak va yurak xuruji kasalliklariga chalinib, olamdan oʼtgan. Ichkilik yurak xastaliklariga olib keladi, saraton va yalligʼlanish hastaliklari kabi muammolarni keltirib chiqaradi. 2013-yili Londondagi «Ijtimoiy adolat markazi» tarqatgan hisobotga koʼra, London Yevropadagi ichkilik va narkomanlik poytaxtiga aylangan. Bu balo Britaniya hukumati yelkasiga yil sayin 55 milliyard dollar xarajatni yuklaydi.
– Аmmo oʼz joniga qasd qilish mavzuiga keladigan boʼlsak, 2019-yilgi «Butun jahon sogʼliqni saqlash tashkiloti» bergan maʼlumotga koʼra, har yili 700 000 kishi oʼz joniga qasd qilib halok boʼladi. Oʼz joniga kasd kilish holati har 40 soniyaga toʼgʼri kelardi. 2020-yilda esa, bu koʼrsatkich tezlashib, xar 20 soniyani tashkil etdi. 2016-yili butun dunyo miqyosida, oʼz joniga qasd qilganlarning yoshlari 15 bilan 29 oraligʼini tashkil etdi. Lekin «Butun jahon sogʼliqni saqlash» tashkiloti oʼz joniga qasd qilishni bu borada yaxshi tushintirish ishlari olib borilmagani uchun yetarli darajada muolaja qilinmagan umumiy sogʼliq muammosi, deb sanaydi. Muammoning asl sababi esa, asoratlari gʼarbcha yashash tarzida koʼrinib turadigan dinni hayotdan ajratish aqidasi va erkinliklar ostida yashirinib yotganini esa, bu tashkilot bilmaydi. U yerlardagi odamlar gʼariza va nafslarini xato va noodatiy, odam bolasiga yot boʼlgan yoʼllar bilan qondiradigan boʼlib qolgan. Barcha psixologik muammolarning asl sababi shaxsiylikka yopishib olish, oʼzini oʼzi muqaddaslashtirish, oʼziga oʼzi zeb berishdir. Chunki bu narsa shaxsni bu dunyo matohlaridan iloji boricha kattaroq ulushga ega boʼlish gʼamiga solib qoʼyadi. Natijada esa, shaxs katta ulush ortidan xalloslab yugirib, nihoyasida, hech qachon amalga oshmaydigan, aslo qoʼlga kiritib boʼlmaydigan sarobga duch keladi. Oqibatda psixologik va otifiy kurash girdobiga tushadi. Iztirob chekadi, hayotdan umidi soʼnadi va bir kuni bunday hayotga oʼzi nuqta qoʼyishga qaror qiladi.
Britaniyada chop etiladigan psixologik tibbiy jurnaldagi mubohasali maqolada aytilishicha, oʼrtacha 7 % bolalar 17 yoshga yetmay turib, oʼz jonlariga qasd qilishga uringanlar. Oʼtgan yili taxminan toʼrttadan bitta shaxs oʼz joniga aziyat yetkazishga duch kelgan. Darhaqiqat, er-xotinlik va oilaviy aloqalar qarshisida tutilgan munosabatlarini oʼzgarishiga hamda odamohunlikka va oilalarning barbod boʼlishiga olib keldi. Uzoq muddat yolgʼiz yashashning inson sogʼligiga salbiy taʼsiri bor. Bunday yashash oʼz sohibini oila davrasida yashaydigan shaxslarga qaraganda 80% koʼprok gʼam-gʼussa va mahzunlik xatariga uloqtiradi. Ijtimoiy uzlat-jamiyatdan uzilib olish, yoshi katta kishilarning vafot etish koʼrsatkichlarini yuqorilatadi. Chunki, yolgʼizligini his qilish ularning koʼrinmas qotilidir.
Аmmo kapitalizm va uning buzuq nizomlarining jamoatchilik salomatligini parchalovchi asoratlari kapitalizmning «rivojlangan» davlatlarida ham, oʼsib kelayotgan davlatlarda ham hamda qashshoq davlatlarda ham behisobdir. Omma salomatligini vayron qiluvchi bu asoratlarning ayrim jihatlariga toʼxtalib oʼtamiz:
Taom va oziqlanish borasida bugungi kuzatuvlar shuni koʼrsatadiki, dunyoda 690 million kishi ochlikdan qiynalib yashaydi. Bu butun dunyo aholisining 8% protsentini tashkil etadi. 2019-yili 750 millionga yaqin kishi oziq-ovqat xavfsizligini yoʼqotish natijasida oʼta keskin vaziyatga duch kelgan. Milyardlagan shaxslarning yetarli va toʼyimli oziq ovqatga muntazam ravishda yetib turish imkoniyati yoʼq. Butun dunyoda uch milliarddan oshiq odam tegishli ozuqaviy qiymatga ega boʼlgan sogʼlom ovqatlanishga qurbi yetmaydi. Ularning katta qismi Osiyo va Аfrika davlatlarida yashaydilar. Аyniqsa, rivojlanish salomatlik uchun miqyos qilib olinayotgan bir paytda bu raqamlarning inson salomatligi uchun bevosita taʼsiri bor, albatta.
Dunyodagi ochlik sababi dunyo miqyosida oziq-ovqat ishlab chiqarishning yetishmasligida emas, balki oziq-ovqat taqsimotini va oziq-ovqat ishlab chiqarish uchun lozim boʼlgan resurslarning taqsimotini suisteʼmol qilishdadir. «Oxfam» Britaniya xayriya tashkiloti chop etgan eng soʼngi bayonnomaga koʼra, xar bir daqiqa sayin 11 kishi ochlikdan va oziq-ovqatning nochorligidan xalok boʼladi. «Oxfam» tashkiloti direktori Gabrilla Bushaga koʼra, koronavirus pandemiyasi dunyoda chuqur ildiz otgan tengsizlikni oshkor etib qoʼydi. Dunyodagi eng boy 10 shaxsning boyligi oʼtgan 2020-yili 413 milliard dollar miqdoriga koʼtarildi. Bu Аmerika Qoʼshma Shtatlarining global gumanitar yordamlarini moliyalashtirish uchun eʼlon qilgan xarajatidan 11 barobar koʼpdir.
Toza suv hayot manbayi boʼlib, u sogʼliq uchun juda zarurdir. Chunki suv – ichish, taomlanish, uy ishlari va turli maishiy extiyojlar uchun ishlatiladi. Har yili taxminan, besh yoshga yetmagan 801 ming goʼdak ich ketishdan nobud boʼladi. Bu fojeʼaning katta qismi oʼsib kelayotgan davlatlarda yuz beradi. Xavfli va yetarlicha toza boʼlmagan suvlarni ichish hamda kanalizatsiyalarning yoʼqligi ich ketish kasalligidan kelib chiqadigan oʼlimlarning 88% iga oʼz xissasini qoʼshadi.
Zamonaviy va qulay kanalizatsiyalarning yoʼqligi sababli dunyoning har burchida milliardlagan shaxslarni tuproqdan oʼtuvchi ichak qurti azoblab keladi. Shuningdek, traxoma (bakteriya chaqiruvchi koʼz infektsiyasi) dunyodagi koʼz koʼrmay, koʼr boʼlib qolishning asosiy sababchisidir. Bu kasallik ham tozalikka rioya qilinmaganidan va kanalizatsiyalarning nochorligidan kelib chiqadi. Bugungi kunda 41 millionga yaqin shaxs faol traxomadan aziyat chekadi. 10 millionga yaqin shaxs traxoma natijasida davosiz koʼzi ojizlik yoki umuman koʼrlikdan mashaqqat chekadi. Holbuki, bu kasallikni tarqalishidan yuzni toza suv va sovun bilan koʼproq yuvish hamda kanalizatsiya kuvurlarini yaxshilash bilan saqlanish mumkin.
Jahon miqyosida milliyarlagan shaxslar chiqindilar bilan ifloslangan suv manbaʼlaridan foydalanadilar. Xatto, 2017- yili 2 milliard shaxs inson uchun eng zarur boʼlgan oddiy kanalizatsiyaga muhtoj ahvolda kun kechirishga majbur edi. Ularning 70% i sassiq va iflos joylarda yashaydi. Ularning uchdan biri qoloq mamlakatlarda umr suradi. 673 million kishi yalangʼoch. Bu son Аfrika va Osiyo mamlakatlarida yanada oʼsib bormoqda. 3 millmard kishi yashash joyida qoʼllarini suv va sovun bilan yuvish uchun asosiy qulayliklarga muhtoj. 2017- yili, rivojlanmagan davlatlarda xatto sogʼliqni saqlash maskanlarining 22% ida oddiy suv sharoiti boʼlmagan. Ularning 21% ida kanalizatsiya yoʼq. 22% ida chiqindilardan tozalash xizmati yoʼlga qoʼyilmagan.
Bugungi kundagi olamiy siyosiy nizom milliy davlatlar namunasi asosiga qurilgan boʼlib, bu nizomni olamiy liberal kapitalistik iqtisod boshqaradi. Bu jahon miqyosidagi muammolarni, shu jumladan sogʼliqni saqlash muammosini hal etishga nomunosib boʼlgan koʼrinishdir. Chunki kapitalistik iqtisodiy nizom fikrati shundan iboratki, har bir shaxs, har qanday jamoat yoki har bir ummat oʼzining xususiy manfaatiga erishish uchun shiddatli va raqobatli kurashda ishtirok etishga majbur.
Bugungi kunda Birlashgan Qirolliklarda 1% eng boy shaxslar mamlakat boyligining 12% ga egalik qiladi. 10% boylar esa, mamlakat boyligining 44% ga egalik qiladi. Qoʼshma Shtatlarda esa, 1% boylar mamlakat boyligining 34% ga egalik qiladi. 10 % boy shaxslar esa, davlat boyligining 74% iga egalik qiladi. Bu tafovut yildan yilga oʼsib bormoqda. Bizlar shuni anglashimiz muhimki, ushbu katta tafovut kapitalistik nizom ramkasi ostida uslubiy shaklda boshqariladi va u elita tomonidan himoya kilinadi, foyda koʼruvchi boylar tomonidan muhofaza etiladi. Buning natijasi oʼlaroq esa, aholining katta qismi salomatchilik va farovonlikka erisha olmaydilar. Chunki ularning moliyaviy qudratlari oziq-ovqat, toza suv, taʼlim, aqliy salomatlik va atrof muhit sogʼlomligi kabi inson sogʼligini saqlashga aloqador boʼlgan oʼrinlarda ularni noqulay ahvolda qoldiradi. Bunga qoʼshimcha, isteʼmol madaniyatini korperativ kuchlar boshqarishi natijasida nosogʼlom turmush tarzi shakllandi. Jismoniy mashqlar yetishmasligi, giyohvand moddalar isteʼmol qilinishi oqibatida juda xunik koʼrinishlar yuzaga keldi. Bu nomaʼqul holatlar rivojlangan davlatlarda omma xalq sogʼligi borasidagi muammolarni keltirib chiqardi