Ostonada Japarov, Putin va Rahmon uchrashdi

202
0

Ostonada Japarov, Putin va Rahmon uchrashdi

Xabar: 13-oktyabr kuni Qozogʼiston poytaxti Ostona shahrida Qirgʼiziston, Rosssiya va Tojikiston prezidentlari Sadir Japarov, Vladimir Putin va Imomali Rahmonning uch tomonlama uchrashuvi boʼlib oʼtdi. Vladimir Putin uch tomonlama muzokaralarda oʼziga tortadigan vaziyat yoʼqligini, ammo uchrashuv katta ahamiyatga ega ekanligini qoʼshimcha qildi.
Muzokaralarning davomi yopiq eshiklar ortida boʼlib oʼtdi.

Izoh: 2021-yil mart oyida Toshkentga safar qilgan Sadir Japarov Oʼzbekiston bilan chegara masalalari 100 foiz hal qilingani, ikki davlat oʼrtasida kelishilmagan hududlar qolmaganini aytgan edi. Uning bu bayonoti ortidan aprel oyi oxirida Tojikiston poytaxti Dushanbe shahrida KXShTga aʼzo davlatlar xavfsizlik kengashi kotiblarining kengashi boʼlib oʼtgan bir vaqtda qirgʼiz-tojik chegarasida qurolli toʼqnashuvlar boʼlib oʼtdi. Toʼqnashuvlar toʼxtab, har ikki tomondan oʼnlab tinch aholi vakillari qurbon boʼlgani ortidan Putin Imomali Rahmonni “ikki davlat oʼrtasidagi doʼstlik, oʼzaro tushunish va hamkorlikka qoʼshgan hissasi uchun” ordeni bilan mukofotladi. Joriy yilning 15-16- sentyabr kunlari Samarqand shahrida ShHTning navbatdagi sammiti boʼlib oʼtdi. Ushbu sammitda “Xitoy-Qirgʼiziston-Oʼzbekiston” temir yoʼl loyihasini imzolanishi kerak edi. Sammit boshlanishi arafasida odatdagidek, qirgʼiz-tojik chegarasida yana qonli mojaro sodir boʼldi va yuzdan ziyod inson qurbon boʼldi. Bu safar ham Putin Rahmonni “Vatanga xizmatlari uchun” III darajadagi ordeni bilan taqdirladi. Imomali Rahmon “ikki davlat oʼrtasidagi doʼstlik, oʼzaro tushunish”ga qanday hissa qoʼshdiki Putini uni orden bilan mukofotladi yoki qaysi vatanga qanday xizmati koʼrsatdiki Putin yana uni taqdirladi?

Har ikki qurolli mojarodan keyin Putin va rus rasmiylari chegaradagi muammolarni hal etishda “yordam qoʼlini choʼzishga” tayyor ekanliklarini aytib chiqishdi. Oʼtgan yilning may oyi oxirida Sochidagi uchrashuvda Putin Japarovga qirgʼiz-tojik chegarasi bilan bogʼliq muammolarni hal qilishda yordam berish uchun barcha saʼy-harakatlarni koʼrishini maʼlum qilgan boʼlsa, bu safar Rossiyaning Tashqi ishlar vazirligi rasmiy vakili Mariya Zaxarova Rossiya Qirgʼiziston va Tojikiston oʼrtasidagi chegara masalalarini hal qilishda yordam berishga tayyor ekanini bildirdi. Mana yana Putin “oʼrtamchi” boʼlib chegara muammolarini hal etishda yordam koʼrsatmoqchi boʼlyapti.

Maʼlumki, Markaziy Osiyo davlatlari oʼrtasidagi chegaralar toʼliq Rossiya tomonidan nazorat qilinadi. U chegara muammolaridan davlatlariga bosim oʼtkazish quroli sifatida foydalanadi. Rossiya mintaqa davlatlari oʼrtasida imkon qadar notinchlik va kelishmovchiliklar keltirib chiqarish orqali mintaqada oʼzining harbiy ishtirokini kuchaytirishga intilyapti, chunki, Rossiyaning mintaqa davlatlarni oʼz taʼsiri ostida ushlab qolishda suyanadigan harbiy quvvatidan boshqa narsasi qolmadi hisob. Mintaqaning malay rejimlari esa uning bu rejasi amalga oshirishda kamarbasta boʼlishmoqda. Goʼyoki bu malaylar chagaralarni delimitatsiya va demarkatsiya qilish orqali muammoni hal qilmoqchi boʼlayotgandek koʼrinishsa-da, aslida bu ishlari orqali qardosh xalqlar oʼrtasidagi sunʼiy chegaralarini yanada mustahkamlashga xizmat qilishmoqda. Rossiya chegara muammolarini tinch yoʼl bilan hal qilishga hech qachon yoʼl qoʼymaydi. Rossiya chegara muammosi u istagan vaqtda foydalanishi mumkin boʼlgan “bomba” boʼlib qolishidan manfaatdordir.

Аbdurahmon Odilov

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.