Duma Ukrainaning toʼrt oblasti Rossiya tarkibiga kirishi toʼgʼrisidagi shartnomalarni tasdiqladi
Xabar: RF davlat dumasi deputatlari Ukrainaning Donetsk, Lugansk, Xerson va Zaporijjya oblastlarining Rossiya tarkibiga “kirishi” toʼgʼrisidagi shartnomalarni ratifikatsiya qilish haqidagi qonun loyihalarini bir ovozdan maʼqulladi.
Ratifikatsiya qilish toʼgʼrisidagi hujjatlarni Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov taqdim qildi.
“Bu jarayon 2014-yilda Rossiyaga Qrim respublikasi va Sevastopol shahri qaytarib olinishi bilan boshlangan rus yerlari birlashishining mantiqiy davomi boʼldi”, – dedi u.
Izoh: 27-sentyabr kuni Rossiya tomonidan bosib olingan Donetsk, Lugansk, Xerson va Zaporijjya oblastlarida referendumlar yakunlangan edi. 30 sentyabrda Rossiya Konstitutsiyaviy sudi Kremlda imzolangan Ukrainaning bosib olingan oblastlarini “Rossiya Federatsiyasi tarkibiga qabul qilish” toʼgʼrisidagi shartnomalarni maʼqulladi. Sud tomonidan maʼqullangan bu shartnoma –Ukraina hududlarini Rossiya tomonidan rasman anneksiya qilish tartibidagi qadamlardan biri sifatida baholandi. Davlat dumasi raisi Vyacheslav Volodin parlament qonun loyihalarini 3-oktyabr, dushanba kuni koʼrib chiqishini maʼlum qilgan boʼlsa, palata spikeri Valentina Matvienko Federatsiya kengashi bu masalani 4-oktyabr kuni koʼrib chiqishi mumkin, dedi. Davlat dumasi 3-oktyabr kuni bosib olingan hududlarni Rossiya tarkibiga “kirishi” toʼgʼrisidagi shartnomalarni ratifikatsiya qilish haqidagi qonun loyihalarini bir ovozdan maʼqullaganidan soʼng Rossiya prezidenti Vladimir Putin “yangi hududlarni qabul qilish” toʼgʼrisidagi federal konstitutsiyaviy qonunni kiritishi kerak boʼladi…
Putin rejimining shoshilinch tarzda bosib olingan hududlarda referendumlar oʼtkazishi va ularni Rossiya tarkibiga qoʼshib olishdan koʼzlagan maqsadi bosqinchilik urushini “vatan urushi”ga aylantirish va shu orqali rus xalqida vatanparvarlik tuygʼularini qoʼzgʼashdan iborat edi. Bosib olingan hududlar rasman Rossiya tarkibi sifatida eʼlon qilinganidan soʼng Putin eʼlon qilgan a qisman mobilizatsiyani ommavif mobilizatsiyaga aylantirish imkoniga ega boʼladi. Bundan tashqari, oʼz hududlariga “chetdan tajovuz” boʼlaganini roʼkach qilib “tiyib turiuvchi kuchlar” – yadro qurolarini ishga solish bilan tahdid qilib АQSh va YeIning Ukrainaga koʼrsatayotgan harbiy yordamlarini oldini olish yoki hech boʼlmagandan qisqartirishga majbur qilishga umid qilmoqda. Qolaversa “himoya” bahonasida KXShTga aʼzo “ittifoqchilarini” ham urushga tortish imkoniga ega boʼladi.
Аbdurahmon Odilov