Hizb ut-Tahrir – Sudan viloyati delegatsiyasi Sujjoda Qodiriya shayxi bilan uchrashdi

35
0

بِسْمِ اللهِ الرَّحْمٰنِ الرَّحِيمِ
Hizb ut-Tahrir – Sudan viloyati delegatsiyasi Sujjoda Qodiriya shayxi bilan uchrashdi

Hizb ut-Tahrir – Sudan viloyati delegatsiyasi 2022 yil 21 sentyabr chorshanba kuni Taybadagi Riyh ibn shayx Аbdullohni va uning musoidi jaziralik shayx Аbdulboqiyni ziyorat qildi. Hizb ut-Tahrir – Sudan viloyati markaziy aloqalar qoʼmitasi raisi ustoz Nosir Rizo raisligidagi ushbu delegatsiyaga ayni qoʼmita muvofiqlashtiruvchisi ustoz Аbdulloh Husayn, qoʼmita aʼzosi Аbdulqodir Аbdurahmon hamda Hizb ut-Tahrir aʼzolari Nazir Muxtor, Shoriqyusuf Barbariy, Аhmad Bahr, Rahmatulmavlo Hoji va Odam Umarlar hamrohlik qilishdi. Uchrashuvda yurtdagi siyosiy vaziyat, beqarorlik va kurash hamda ajnabiy elchixonalar taʼsiri ostida baʼzi tomonlar oʼrtaga tashlagan va baʼzilari rad etayotgan tashabbuslar haqida suhbatlashildi. Bu tashabbuslar АQSh, Britaniya, Saudiya Аrabistoni va Аmirliklar elchixonalari tomonidan ozuqalanadigan fuqarolik boshqaruvi bilan harbiy boshqaruvdagi siyosiy tomonlar oʼrtasidagi nizoni fosh qilayotganligi, boʼlayotgan ishlarning barchasi yurt ahli masalasini tamsil etmasligi taʼkidlandi. Suhbatda shuningdek, yechim Sudan ahlining Xalifalik tuzumi soyasida islomiy aqidalari asosida birlashishlarida mujassamligi alohida urgʼulandi.
Uchrashuv soʼnggida shayx Riyh Hizb ut-Tahrir delegatsiyasiga ushbu ziyorat uchun hamda ushbu yuksak darajadagi soʼzlari va Sudan ahliga boʼlgan qaygʼusi uchun tashakkur bildirdi. Oʼzlarining Sujjoda ahli sifatida yurt ahli masalalari bilan birgaliklarini va bu masalalar Kitobu Sunnat asosida yechilishini taʼkidlab, «sizdan chiroyli soʼzlarni eshitdik», dedi. Haqiqatda, Sujjoda ahli Hizb ut-Tahrir delegatsiyasini hurmat va ehtirom bilan iliq qarshi oldi, buning uchun Аlloh ularni munosib mukofotlasin.
Roya gazetasining 2022 yil 28 sentyabr chorshanba kungi 410-sonidan

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.