Qirgʼiz-tojik chegarasida bir kunda uchta otishma sodir boʼldi

36
0

Qirgʼiz-tojik chegarasida bir kunda uchta otishma sodir boʼldi

Xabar: “Bugun, 14 sentyabr kuni soat 15:08 da Botken tumanining Paski-Ariq qishlogʼida Tojikiston chegarachilari Qirgʼizistonning Botken chegara otryadining “Samarkandek” zastavasi chegarachilariga qarata oʼt ochdi. Qirgʼiz chegarachilari javob oʼqi uzdi, navbatdagi otishma boshlandi”, – deyiladi RIA Novosti xabarida.
Chorshanba kuni ertalab Qirgʼiziston chegara xizmati Buloqboshi hududida ikki davlat chegarachilari oʼrtasida otishma sodir boʼlgani haqida xabar berdi. Agentlik maʼlumotlariga koʼra, bu Tojikiston chegara otryadining chegara uchastkasida jangovar pozitsiyalarni egallagani sababli boshlangan.
Tojikiston, oʼz navbatida, Qirgʼistonni aybladi. Ikkinchi tomonning maʼlum qilishicha, 14 sentyabrь kuni soat 07:15 atrofida Qirgʼizistonning Botken chegara otryadining “Buloqboshi” chegara posti chegarachilari tomonidan “Isfara” chegara otryadining “Kex” chegara posti yoʼnalishida minomyotdan 4 marta oʼq uzilgan. Bundan tashqari, Qirgʼiziston tomonidan ushbu hududga qoʼshimcha harbiy kuch va texnika olib kelingan.
Kunning yarmida ikki mamlakat harbiylari oʼrtasida Kak-Say hududida yana bir toʼqnashuv boshlandi.

Izoh: 2019-yil mart oyida Rossiya prezidenti Vladimir Putin Qirgʼizistonga rasmiy tashrif bilan kelishi arafasida ikki-uch yildan beri deyarli tinchib qolgan qirgʼiz-tojik chegarasidagi mojarolar avj olgan edi. 2021-yil 28-29-aprel kunlari Tojikistonda KXShTga aʼzo davlatlar xavfsizlik kengashi kotiblarining kengashi boʼlib oʼtganidan soʼng, 29-aprel – 1-may kunlari sodir boʼlgan chegaradagi toʼqnashuvlar ikki davlat oʼrtasidagi chinakam urushga aylanib ketishiga bir bahya qolgandi. 15-16- sentyabr kunlari Samarqand shahrida ShHTning navbatdagi sammiti boʼlib oʼtadi. Sammit arafasida yana mintqadagi iqtisodiy jihatdan eng nochor boʼlgan qoʼshni davlatlar oʼrtasida yana qurolli toʼqnashuv boʼlib oʼtdi.

Maʼlumki, Markaziy Osiyo davlatlari oʼrtasidagi chegaralar toʼliq Rossiya tomonidan nazorat qilinadi. U chegara muammolaridan davlatlariga bosim oʼtkazish quroli sifatida foydalanadi. Rossiya mintaqa davlatlari oʼrtasida imkon qadar notinchlik va kelishmovchiliklar keltirib chiqarish orqali mintaqada oʼzining harbiy ishtirokini kuchaytirishga intilmoqda. Mintaqaning malay rejimlari esa uning bu rejasi amalga oshirishda kamarbasta boʼlishmoqda. Goʼyoki bu malaylar chagaralarni delimitatsiya va demarkatsiya qilish orqali muammoni hal qilmoqchi boʼlayotgandek koʼrinishsa-da, aslida bu ishlari orqali qardosh xalqlar oʼrtasidagi sunʼiy chegaralarini yanada mustahkamlashga xizmat qilishmoqda. Rossiya chegara muammolarini tinch yoʼl bilan hal qilishga hech qachon yoʼl qoʼymaydi. Rossiya chegara muammosi u istagan vaqtda foydalanishi mumkin boʼlgan “bomba” boʼlib qolishidan manfaatdor.

Bu muammolar chegaralarni kuchaytirish yoki ikki davlat oʼrtasidagi bahsli hududlarni hal etish bilan yechilib qolmaydi. Balki mustamlakachi davlatlar oʼz malay orqali musulmonlar zehniga singdirib tashlagan “millatchilik” va “vatanparvarlik” kabi tuban va chirik fikrlarni uloqtirib tashlab, yana qayta oʼz dinlari Islomga qaytishlari, Аllohning hukmlarini oʼz hayotlariga tatbiq etishlari bilangina hal boʼladi.

Аbdurahmon Odilov

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.