بِسْمِ اللهِ الرَّحْمٰنِ الرَّحِيمِ
Iordaniya rejimining Hizb ut-Tahrir aʼzolariga zolimona hukm qilishi terror va repressiyadan boshqa narsa emas
Kassatsiya sudi Hizb ut-Tahrirning ikki yigitiga nisbatan davlat xavfsizlik sudi chiqargan qarorni tasdiqladi. Sud ularning xonadonidan Hizbning kitob va nashralari topilishi ortidan, har ikkisini Hizb ut-Tahrirga aʼzo boʼlish va mamlakatdagi mavjud tuzumga qarshi tashviqot olib borish ayblovlari bilan toʼrt yilga ozodlikdan mahrum qildi.
Bu qarorga nisbatan Hizb ut-Tahrir – Iordaniya viloyati matbuot boʼlimi bayonot chiqarib, quyidagilarni taʼkidladi:
Hizb ut-Tahrirning islomiy hayotni qayta boshlashga harakat qiluvchi hizb sifatida tashkil etilishi Аlloh Taolo buyurgan sharʼiy farzlardan biridir. Shu bois, uning faoliyatida Iordaniyadagi rejim qonunlari ham, sudlari ham, umuman butun tuzum mutlaqo eʼtiborga olinmaydi. Qolaversa, Hizb ut-Tahrir oʼz daʼvatini fikriy va siyosiy kurash orqali olib boradi va qurol koʼtarish kabi birorta ham moddiy harakatga qoʼl urmaydi. Uning Xalifalik davlatini barpo etishga boʼlgan daʼvati Iordaniyagagina xos emas, balki butun musulmon yurtlariga qaratilgan. Musulmonlar qaerda nusratga erishsalar, yaʼni hokimiyatlarini qaytarib olsalar oʼsha yerda Islom davlati barpo boʼladi. Shunday boʼlgach, nega bu mamlakat Hizbning daʼvatini oʼz hokimiyatini agʼdarishga xoslayapti, axir, Hizb kechayu kunduz oʼzining siyosiy daʼvatini qator islomiy yurtlarda yetkazmoqda-ku, oʼsha yurtlar rejimlari uni oʼz hokimiyatini agʼdarishga harakat qilyapti, deb hisoblamayapti-ku?!…
Iordaniya davlat xavfsizlik sudi Hizb ut-Tahrir aʼzolarini Islomga va uning ahkomlarining tatbiq etilishiga daʼvat qiluvchi bir hizbga aʼzo boʼlganlari uchungina shunday adolatsiz qamoqqa hukm qildi. Uning bu qilmishi terror va repressiyadir. U mustamlakachilarning siyosiy va iqtisodiy hukmronligidan Ummatni qutqarish uchun siyosiy faoliyat olib borayotganlarni, shuningdek, rejimning «modernizatsiya qilish», «siyosiy islohotlar oʼtkazish», «siyosiy partiyalar tuzilmasini faollashtirish» kabi daʼvolarining yolgʼonligini fosh etayotganlarni terror va repressiya qilmoqda. Bularning barchasi, yuqorida aytganimizdek, shuni koʼrsatmoqdaki, rejim uning siyosiy ishlariga rozi boʼladigan xuddi unga oʼxshagan hizb-partiyalarni xohlaydi. Zotan, uning siyosiy ishlari yurtu fuqaroni xor qildi, ularni mustamlakachi kofirga garov qilib, halokat yoqasiga olib kelib qoʼydi hamda shu kofirga harbiy bazalar oʼrnatishi uchun yurt darvozalarini lang ochib berdi va yurt armiyasini uning xizmatiga yoʼlladi».
Matbuot bayonoti davomida musulmonlarga quyidagicha murojaat qilindi:
«Islomiy hayotni qayta boshlash va Xalifalik davlatini barpo etish, bu faqat Hizb ut-Tahrirga emas, balki siz musulmonlarning barchangizga farzi kifoyadir. To u barpo boʼlgunga qadar zimmangizda farz boʼlib qolaveradi. Hizb ut-Tahrir yigitlariga nisbatan chiqarilayotgan bunday adolatsiz hukmlar Islomga qarshi kurashning bir qismi boʼlib, uning yoʼliga qoʼyilgan toʼsiq hisoblanadi. Rejim bunday hukmlar bilan Аlloh Аzza va Jalla buyurgan buyuk farzni ado etishdan qochishingiz uchun sizning dilingizga qoʼrquv solishga urinyapti».
Bayonoti soʼnggida bunday deyildi:
«Hizb ut-Tahrir 1953 yil taʼsis etilgandan buyon islomiy hayotni qayta boshlash uchun faoliyat olib borib, Ummatni Xalifalik davlatini qayta barpo etishga daʼvat qilib kelmoqda. U mabdasi Islom boʼlgan siyosiy Hizbdir. Qanday faoliyat qilishi uzoqdagilarga ham, yaqindagilarga ham maʼlumdir. Hizb qirqta davlatda faoliyat olib boradi. Uni na qamoqqa olish toʼxtata oladi, na repressiya qilish va na sudьyalarning adolatsiz hukmlari. Oxiratlarini hukmdorlarining foniy dunyosi evaziga sotgan bu sudьyalar ham, vahnga tushgan anavi rejimlar ham Аllohga va Uning ahkomlarining tatbiq etilishidan vahimaga tushib-qoʼrqmoqdalar».
Roya gazetasining 2022 yil 17 avgust chorshanba kungi 404-sonidan