بِسْمِ اللهِ الرَّحْمٰنِ الرَّحِيمِ
Falastin maʼmuriyati fahsh va buzuqliklarni Falastinda keng yoyishga oʼch ekanini isbotlamoqda
Falastin maʼmuriyati xavfsizlik xizmatining xatti-harakatlari maʼmuriyatning maktablar va universitetlarda farzandlarimiz va ayollarimiz oʼrtasida fahsh va buzuqliklarni yoyishga oʼch ekanini yana bir bor isbotladi. Chunki xavfsizlik xizmati Salfit shahri sudi sudьyasining hurmatli murabbiy ustoz Shokir Аssofni hibsdan ozod etish toʼgʼrisida chiqargan qarorini rad etdi. Maʼlumki, ustoz Shokir hokimiyat va taʼlim vazirligi rahnamoligi ostida musulmon bolalar oʼrtasida gomoseksuallikni targʼib qiluvchi buzuq tadbirlar tashkil etishga urinilayotganiga norozilik bildirgani uchun joriy oy boshida profilaktik politsiya tomonidan hibsga olingan edi. Politsiya uni hibsga olib, soʼng ozod etish oʼrniga Salfit xavfsizlik xizmatiga topshirib yuborgan.
Bu qilmishi bilan Falastin maʼmuriyati bosqinchilarning richagi sifatidagi oʼz vazifasiga yana bir missiyani qoʼshdi. Uning bu missiyasi mustamlakachi Gʼarb va uning muassasalari tomonidan moliyalashtiriluvchi buzgʼunchilik dasturini ijro etish missiyasi boʼlib, u musulmon farzandlari oʼrtasida fahsh, uyatsizlik va razolat yoyishga va shu orqali Falastin ahlini bosqinchi yahudiylar oldida tiz choʼktirishga qaratilgan.
Oʼz navbatida, Hizb ut-Tahrir – muborak Falastin zamini matbuot boʼlimi quyidagilarni taʼkidladi:
«Аlbatta, Falastin maʼmuriyatining bu xatti-harakatlari va qilmishlari yangilik emas. Balki bular uning kirdikorlarini ochib, yovuz rejalarini tobora qayta-qayta fosh etib, qonun ustuvorligi va sud mustaqilligiga rioya qilish toʼgʼrisidagi daʼvolarining yolgʼonligini koʼrsatib bermoqda.
Аllohga, Uning Rosuliga va maʼrufga buyurib, munkardan qaytarayotgan daʼvat ahliga qarshi bunday urush va zoʼravonlik qarshisida biz odamlarni rejimga, uning takabburligiga, buzgʼunchilik loyihalariga va Islomga qarshi urushiga qarshi turishga chaqiramiz. Аks holda, bu rejim bir siqim dollar uchun hamda uning rahbarlari va gumashtalari topayotgan vakolatlar uchun hamma narsadan voz kechib-sotib yuboradi.
Roya gazetasining 2022 yil 17 avgust chorshanba kungi 404-sonidan