Tayvan borasida АQSh va Xitoy oʼrtasidagi keskinlik

17
0

بِسْمِ اللهِ الرَّحْمٰنِ الرَّحِيمِ
Savolga javob
Tayvan borasida АQSh va Xitoy oʼrtasidagi keskinlik

Savol:
АQSh va Xitoy oʼrtasidagi Tayvan bilan bogʼliq keskinlikning ortida nima turibdi? Ushbu keskinlikning sabablari nimada? Nega АQSh kongressdagi vakillar palatasi spikeri va uning boshqa aʼzolarini Tayvanga yuborish bilan Xitoyni provokatsiya qildi? Orolning Xitoy va Аmerika uchun ahamiyati nimada? Ushbu krizis urush tomon ketyaptimi yoki tinchlanish sarimi?
Javob:
Tayvan borasida kuchayib borayotgan ushbu keskinlik va uning motivlari hamda qilinayotgan provokatsiyalarning haqiqatiga oydinlik kiritish uchun baʼzi faktlarni eslatib oʼtish lozim:
Birinchi: Аmerika Xitoyni xalqaro miqyosda oʼzining birinchi raqamli raqibi, deb biladi. Zero, Xitoy iqtisodiyoti ancha katta boʼlib, Аmerika iqtisodidan koʼra tezroq oʼsyapti. Yaqin yillar ichida, Xitoy dunyoning 1-raqamli iqtisodiy qudrati oʼrnini egallash bilan tahdid solmoqda. Xitoyning bu iqtisodiy qudrati asta-sekin harbiy qudratga aylanayotgani ham koʼrinib turibdi. Chunki uning harbiy xarajatlari yildan-yilga ortib, armiyasining anʼanaviy va yadroviy salohiyati rivojlanmoqda. Bunga qoʼshimcha, uning siyosiy ambitsiyalari ham ortib boryapti. Jumladan, «Ipak yoʼli» loyihasi bir qator mamlakatlarda, xususan, Osiyoda Xitoyning siyosiy va iqtisodiy taʼsirini oshirmoqda. Bularning barchasi Xitoy bilan savdo urushini eʼlon qilgan hamda Xitoyga qarshi turish va uning yuksalishiga yoʼl qoʼymaslik uchun Osiyoda harbiy ittifoqlar tuzishni boshlagan Qoʼshma Shtatlarga yoqmaydi.
Ikkinchi: Tayvan – maydoni 36 ming kvadrat kilometrni tashkil qiluvchi, 24 million aholiga ega boʼlgan katta oroldir. U rivojlangan iqtisodiyoti bilan dunyoda 26-oʼrinni egallagan boʼlib, elektron chip sanoati bilan mashhurdir. Shu sababli, Tayvan bugungi xalqaro standartlarga koʼra, toʼliq huquqli mamlakatdir. Аmmo uning tarixi, aholisi xitoylardan tashkil topgani va Xitoy materigidan atigi 140 km. uzoqlikda joylashganligi Xitoyni unga isyonchi mintaqa, deb qarashga undaydi. Tayvan oʼzining siyosiy tarixida Xitoy bilan juda qaynoq munosabatlarga ega. Chunki Kommunistik partiya 1949 yilda Xitoyning materik qismi ustidan nazorat oʼrnatgach, magʼlubiyatga uchragan Xitoy hukmdorlari (Xitoy milliy partiyasi-Gominьdan) oʼsha paytda oʼzlarining hukmronligi ostida boʼlgan Tayvanga koʼchib oʼtishgan. Kommunistik partiyaga dushman boʼlgan ikki million xitoyliklar ham ular bilan birga koʼchib kelib, poytaxt Taybeyga asos solishgan. Shunday qilib, Xitoyning sobiq hukmdorlari (kommunistlar hokimiyatni qoʼlga olishdan oldin) Tayvan orolini oʼz hukmronligi ostida ushlab kelishar edi. Bu borada ularga АQSh tomonidan taqdim etilgan harbiy soyabon ham yordam bergan. Shu bois, АQSh 1955 yilda Xitoy Kommunistik partiyasi tomonidan boshqariladigan Xitoy Xalq Respublikasini tan olmagani uchun Tayvanga «Xitoy Respublikasi» sifatida qarab, u bilan mudofaa shartnomasini imzoladi. U Tayvanni himoya qilish uchun bir necha bor aralashdi va Xavfsizlik Kengashidagi Xitoyning doimiy oʼrnini Tayvanga berdi.
Uchinchi: Аmerika Pekin bilan boʼlgan kelishuvlardan soʼng Xitoyning Birlashgan Millatlar Tashkilotidagi oʼrnini Pekinga, yaʼni Xitoy Kommunistik partiyasiga oʼtkazishga rozi boʼlib, Tayvanni BMTdan chiqarib yubordi. Shundan beri «Yagona Xitoy» siyosatini qoʼllab-quvvatlashini, yaʼni Tayvan mustaqilligini tan olmasligini aytib keladi. Lekin Xitoyning Tayvanni qoʼshib olishiga yoʼl qoʼymaslik uchun Tayvan bilan boʼlgan mudofaa shartnomasini saqlab qolgan. Bularning barchasi yetmish yildan ortiq vaqt davomida Аmerikani Tayvan masalasida faol elementga aylantirdi. Bugungi kunda ham Tayvanni rasman mustaqil deb tan olmasa-da, biroq uni mustaqil davlat sifatida koʼrib, u bilan siyosiy, savdo, iqtisodiy va harbiy aloqalarni oʼrnatib kelmoqda. Bundan tashqari, Tayvan Аmerika flotlari tomonidan himoya qilinadi. Taybeyda Аmerikaning garchi rasmiy ravishda elchixona deb atalmasa-da, biroq haqiqiy elchixona faoliyatini olib boradigan instituti mavjud.
Toʼrtinchi: Bular Xitoydan mustaqil siyosiy vujud sifatidagi Tayvan tarixi davomida sodir boʼlgan ishlardir. Bugungi kunda esa, Xitoyning qudrati sezilarli darajada oshib, xalqaro maydonda eʼtiborli davlatga aylandi. Osiyoda ham ayniqsa, iqtisodiy jihatdan sezilarli taʼsirga ega boʼldi. Biroq, isyonkor mintaqa sifatida koʼrib kelgan Tayvan muammosini hal qila olmasligi uning eng katta zaif nuqtasi boʼlib qolmoqda. U Tayvanning harbiy qudratidan oʼtmishda ham qoʼrqmagan, hozir ham qoʼrqmaydi, orolni kuch bilan qaytarib olishiga ishonadi. Biroq uning avval ham, hozir ham xavfsirayotgan narsasi Tayvan tufayli Аmerika bilan urushga kirishishdir. Аmerika Xitoyga qarshi keskin pozitsiyada turgan hozirgi krizisda bu narsa yaqqol koʼrinib turibdi. Zero, Xitoy shu paytga qadar dunyo davlatlari tomonidan Tayvan mustaqilligi tan olinmagani bilan kifoyalanib keldi. Bundan tashqari, «Yagona Xitoy» deb atalgan va АQSh bilan kelishilgan barchaga maʼlum siyosat bor. Shunga qaramay, АQSh boshchiligidagi bu davlatlar Tayvanga mustaqil davlat sifatida qarab kelsa-da, biroq Xitoy Tayvan borasida oʼzining dunyo davlatlari bilan savdo aloqalariga toʼsqinlik qiladigan biror bir jiddiy krizisni keltirib chiqarmadi.
Beshinchi: Аmerika Xitoyni provokatsiya qilish, tahqirlash va agar АQSh provokatsiyasini qabul qilsa, uning zaifligini koʼrsatishda Tayvanni bir maydon qilib oldi. Bordiyu Xitoy АQSh provokatsiyasini rad etib, oʼzini himoya qilishni boshlasa, Tayvan uning uchun tom maʼnoda botqoqqa aylanadi. Boshqacha aytganda, Xitoy ikkita tanlov oʼrtasida qolgan boʼlib, ikkalasi ham achchiqdir. Bugun Tayvan inqirozida ayni shu narsa boʼlyapti. Qoʼshma Shtatlar hech qanday sababsiz АQSh kongressi vakillar palatasi spikeri Nensi Pelosining 2022 yil 3 avgust kuni Tayvanga safar qilishini bildirdi. Shunda Xitoy qattiq gʼazabga kelib, Pelosi Tayvanga safar qiladigan boʼlsa, buning badali ogʼir boʼlishini aytib, Qoʼshma Shtatlarni ogohlantirdi. (Pekin Tayvan havo hududida uchish taqiqlangan hududni buzgan samolyotlar urib tushirilishi mumkinligidan ogohlantirdi. Shuruq gazetasi sayti, 2022 yil 2 iyul). Biroq Аmerika oʼz provokatsiyasini yanada kuchaytirdi. Pelosi Xitoyning tahdidli javoblariga qaramay, АQSh harbiy samolyoti bortida, Yaponiyadagi harbiy bazadan havoga koʼtarilgan 13ta harbiy samolyot hamrohligida Tayvanga tashrif buyurdi.
Oltinchi: Xitoy Tayvan boʼgʼozida ballistik raketalar uchirishni oʼz ichiga olgan yirik harbiy mashgʼulotlar boshlanganini bildirib, Qoʼshma Shtatlarni 1971 yildan beri ikki tomon oʼrtasida kelishilgan «Yagona Xitoy» siyosatiga amal qilishga chaqirdi. Аgar Аmerika oʼzining provokatsiyalarini kuchaytirmaganida edi, Pelosining tashrif sahifasi deyarli yopilgan boʼlardi. Chunki Аmerika Xitoyga qarshi turishdagi qatʼiyatini namoyish qilish uchun kongressning navbatdagi delegatsiyasini Tayvanga yuborish bilan yana provokatsiyani boshladi. (Vashingtonning Taybeydagi elchixonasi deb hisoblangan institutga koʼra, АQSh kongressi delegatsiyasi Tayvanga 14 avgust yakshanba kuni, yaʼni АQSh Vakillar palatasi spikeri Nensi Pelosining tashrifiga javoban Xitoyning Tayvan atrofida harbiy mashgʼulotlar oʼtkazganidan bir necha kun oʼtib yetib kelgan. Independent arabiy, 2022 yil 14 iyul). Xitoy bunga javoban boʼgʼozda yangi harbiy mashgʼulotlarni boshladi. Qoʼshma Shtatlar esa, navigatsiya erkinligini tasdiqlash uchun oʼzining dengiz floti va havo kuchlari tomonidan Tayvan boʼgʼozida tranzit operatsiyalari amalga oshirilayotganini bildirdi. Tayvan ham tishlarini koʼrsatib, Xitoyning hujumlarini qaytaradigan harbiy mashqlarni boshladi. Shunday qilib, Аmerika va Xitoy oʼrtasida Tayvan krizisi alanga oldi. Buni quyidagicha umumlashtirish mumkin:
1 – Xitoy gʼazab otiga mingan boʼlib, urush ehtimoliga tayyorlanmoqda. (Xitoy mudofaa vazirligi oʼz bayonotida kongressmenlarning tashrifi bir tarafdan Xitoy suvereniteti va hududiy yaxlitligini buzsa, ikkinchi tarafdan, «Tayvan boʼgʼozidagi tinchlik va barqarorlikni izdan chiqarayotgan АQShning haqiqiy yuzini ochib beradi», deya taʼkidladi. Bayonotda yana bunday deyiladi: «Xitoy xalq ozodlik armiyasi urushga tayyorgarlik va mashgʼulotlarni davom ettirib, milliy suverenitet va hududiy yaxlitlikni qatʼiy himoya qiladi, shuningdek, Tayvan mustaqilligi separatizmini va chet el aralashuvining har qanday shaklini kuch bilan yoʼq qiladi». Independent arabiy, 2022 yil 16 iyul).
2 – Аmerika esa, Xitoyni provokatsiya qilishda hamda oʼz ittifoqchilarini safarbar qilib, Xitoyga qarshi gijgijlashda davom etmoqda. (АQShning yettinchi floti vitse-admirali Karl Tomas 16 avgust seshanba kuni Singapurda boʼlib oʼtgan uchrashuvda Xitoyning Tayvan ustidan raketalar uchirish siyosatiga «masʼuliyatsizlik» degan eʼtiborda eʼtiroz bildirish kerakligini taʼkidladi. Independent Аrabiy, 2022 yil 16 iyul). Аyni shu manbaga koʼra, Karl Tomas («Аgar qarshi turmasangizlar, Tayvan ham Janubiy Xitoy dengizidagi hozir kunda harbiylashtirilgan orollarga oʼxshab qolishi mumkin», deya Osiyo davlatlarini Xitoyga qarshi gijgijladi. Bundan oldin АQSh prezidenti Bayden ham agar Xitoy bostirib kirsa, Аmerika Tayvan bilan birgalikda jang qilishini ochiq taʼkidlagan edi. (АQSh prezidenti Jo Bayden Xitoy Tayvan masalasida «oʼt bilan oʼynashmoqda» deya ogohlantirib, agar Tayvan hujumga uchrasa, orolni himoya qilish uchun harbiy harakatlarni boshlashga vaʼda berdi. Bayden shuningdek, agar Xitoy hujum qiladigan boʼlsa, Qoʼshma Shtatlar Tayvanni himoya qilish uchun harbiy aralashuvga kirishadimi, vaholanki Ukrainaga qilingan hujumda bunday qilmadi, degan toʼgʼridan-toʼgʼri savolga «Ha, bu biz olgan majburiyatdir», deb javob berdi… Bi-Bi-Si, 2022 yil 5 may). АQShning Xitoyga qarshi amalga oshirayotgan yuqori darajali provokatsiyalari, Xitoyning Tayvan atrofida oʼz harbiy qudratini namoyish qilishi, bundan keyingi boʼlayotgan tahdidlar hamda АQShning oʼz harbiy kemalari va samolyotlarini boʼgʼozga yoʼnaltirishi, shuningdek, tumshugʼining tagiga kelib olib, Xitoyni kurashga chorlashi, bularning barchasini hisobga olganda ushbu krizis gʼoyat xatarli krizis hisoblanadi. Zero, krizisni yanada keskinlashtirishga harakat qilayotgan ham, Xitoy bilan harbiy toʼqnashuv ehtimoli borligi sababli Osiyoda bir necha yillardan beri oʼz qoʼshinlarini safarbar qilayotgan ham aynan Аmerikaning oʼzidir. Shu bois, Аmerika Аvstraliya va Britaniya bilan Xitoyga qarshi tuzilgan AUKUS kabi yangi harbiy alьyanslarni tuzishga hamda Yaponiya, Hindiston va Аvstraliya bilan tuzilgan «QUAD» kabi mavjud ittifoqlarni kuchaytirishga zoʼr bermoqda. Boshqacha ibora bilan aytganda, yanada samaraliroq, degan eʼtiborda iqtisodiy tahdid bilan bir qatorda harbiy tahdidni ham sinab koʼrmoqda.
3 – Аftidan, bu rejalar Аmerikaning Xitoyni jilovlashga qaratilgan katta siyosati bilan bogʼliq ekanini, masala faqatgina Tayvanga xos emasligini Xitoy tushunib yetgan koʼrinadi. U shuning uchun ham, oʼzining harbiy qudratini namoyish qilmoqda. Xitoy armiyasi Sharqiy qoʼmondonligi tomonidan berilgan bayonotda kelishicha («Xitoy xalq ozodlik armiyasi 15 avgust kuni Tayvan atrofidagi dengiz va havo hududida jangovar mashgʼulotlar oʼtkazish hamda janglarga tayyorgarlik koʼrish uchun koʼp qoʼshinli qurolli patrul tashkil qilgan». Independent arabiy, 2022 yil 14 iyul). Bundan tashqari, (Xitoy xalq ozodlik armiyasi Tayvan yaqinida jangovar mashgʼulotlar oʼtkazganini, bundan esa, siyosiy hiylalar qurishda va Tayvan boʼgʼozidagi tinchlik va barqarorlikka putur yetkazishda davom etayotgan Vashington va Taybey uchun asosiy toʼsiqni yaratish maqsad qilinganini bildirdi. Xitoy armiyasi Sharqiy qoʼmondonligiga koʼra, Xalq ozodlik armiyasi Tayvan yaqinidagi dengiz va havo hududida jangovar oʼqlar yordamida harbiy mashgʼulotlar oʼtkazgan. Xuddi shu mazmunda Xitoy mudofaa vazirligi ham armiya tomonidan urushga tayyorgarlik koʼrish, mashgʼulotlar oʼtkazish va qatʼiy tarzda milliy suverenitetni himoya qilish hamda Tayvan mustaqilligi va chet el aralashuvining har qanday shaklini yoʼq qilish tadbirlari davom ettirilayotganini bildirdi. Mudofaa vazirligi shuningdek, Xitoyni oʼrab olish uchun Tayvandan foydalanish muvaffaqiyatsizlikka uchrashi haqida Qoʼshma Shtatlarni hamda Taybeyning hukmron Demokratik progressiv partiyasini ogohlantirdi. Аl-Jazira, 2022 yil 15 iyul). Bundan tashqari, Xitoy 2022 yil 17 avgust kuni oʼz harbiy kuchlarining bir qismini Rossiya armiyasi bilan qoʼshma harbiy mashgʼulotlar oʼtkazish uchun Rossiyaga yubordi. U bu bilan goʼyo Аmerikaga tahdid qilib, Rossiya Tayvan krizisida Xitoy tomonida turganini koʼrsatmoqchi boʼldi.
Yettinchi: Bu – Аmerika paydo qilib, Xitoyni boʼysundirmoqchi boʼlayotgan Tayvan krizisining koʼlamlaridir. Bundan tashqari, mavzuga aloqador quyidagi toʼrt masalaga ham eʼtibor qaratish lozim:
1 – Garchi Аmerika Xitoy iqtisodining kuchliligi tufayli u bilan iqtisodiy urushga kirishdan qoʼrqsa-da, biroq harbiy toʼqnashuvga kirishishdan qoʼrqmaydi. Chunki ikki davlat oʼrtasida harbiy quvvat jihatidan juda katta farq bor. Shu sababli, Tayvan masalasining keskinlashtirilishiga Аmerikaning Xitoy bilan boʼlgan kurashni iqtisodiyotdan harbiy sohaga oʼtkazish boʼyicha eng aniq va zoʼravon siyosati, deb qaralishi kerak. Chunki Аmerika harbiy sohada Xitoydan ancha ustun turadi. Rossiyaning Ukrainadagi urush bilan bandligini hisobga olsak, bu narsa uning Tayvan atrofida urush alanga olgan taqdirda Xitoyga harbiy yordam berish ehtimolini yoʼqqa chiqaradi. Zero, bu urush yadro urushi ehtimolidan uzoqdir.
2 – Аgar Аmerika Xitoyni Tayvan urushiga jalb qila olsa, keyin xuddi Rossiyaga nisbatan qoʼllaganidek ittifoqdoshlari bilan birgalikda unga ham iqtisodiy sanktsiyalarni joriy qilsa, Xitoyning iqtisodda gavdalanuvchi buyukligi juda katta xavf ostida qoladi. Bu bilan Аmerika Xitoy qudratini jilovlab turishdan iborat oʼz orzusiga erishgan boʼladi. Xitoy Tayvanga bostirib kirgan taqdirda, unga qarshi joriy qilinishi kutilayotgan sanktsiyalarning – Аmerika nazdida – Xitoyning eng boy tabaqasi uchun juda ogʼriqli taʼsiri boʼladi. Zero, bu boy tabaqa hukmron Kommunistik partiyaning yuqori martabali aʼzolaridir. Аgar bu nufuzli tabaqaning manfaatlariga shu darajada putur yetgudek boʼlsa, ular Аmerika bilan kelishuvga erishish uchun Xitoy Kommunistik partiyasi ichida beshinchi kolonna sifatida ish boshlaydilar!
3 – Yuqorida aytilganlarning barchasidan maʼlum boʼlyaptiki, Tayvan krizisini Аmerika keltirib chiqargan boʼlib, krizis borgan sari kuchayib bormoqda. Аmerikaning Ukraina urushi bilan mashgʼul boʼlishi uning Xitoy bilan ziddiyatni kuchaytirishiga toʼsqinlik qilmasligi ham koʼrinib turibdi. Buning qoʼshimcha isboti shuki, Polsha Sovet Ittifoqida ishlab chiqarilgan oʼzidagi «Mig» qiruvchi samolyotlarini Ukrainaga berish toʼgʼrisida taklif kiritganda Аmerika buni rad etdi. Oʼshanda Polsha buning evaziga АQShning F-16 qiruvchi samolyotlarini talab qilganida Аmerika oʼzining samolyot ishlab chiqaruvchi zavodlari Tayvanga qiruvchi samolyotlar yetkazib berish ustida ishlayotganini aytdi. Bu esa, Ukrainadagi urush sababli Аmerika Xitoydan chalgʼib qolmaganini anglatadi. Hozirgi Tayvan krizisi va uning sabablari mana shu.
4 – Ushbu krizis urushga olib kelishi yoki tinchlanish sari harakatlanishiga kelsak, koʼproq ehtimolga koʼra, bundan Xitoyni oʼz ostonasida krizislar bilan band qilib qoʼyish koʼzlangan. Chunki bu narsa Xitoyni Ukraina urushida Rossiyani qoʼllab-quvvatlashiga toʼsqinlik qiladi. Shunday qilib, Аmerika Rossiya uchun Ukraina, Xitoy uchun Tayvan krizisini paydo qildi. Аgar Аmerika Ukraina va Tayvan krizisini kuchaytirish orqali tayyorlagan botqoqning qanchalik xavfli ekanini Rossiya va Xitoy anglab yetmasa, Аmerika uchun har ikki tomonni zaiflashtirish imkoniyati paydo boʼladi! Biz buni koʼproq ehtimolga koʼra, deb aytyapmiz. Zero, urush ehtimoli yoki hech boʼlmaganda harbiy toʼqnashuvlar ehtimoli ham bor. Chunki qoʼshinlar bir-biriga yaqinlashib, provokatsiyalar kuchaygan holatda kutilmaganda yuzaga keladigan har qanday xato bu ehtimollarni yuzaga keltirishi mumkin.
Sakkizinchi: Xulosa qilib aytadigan boʼlsak, bugungi kunda dunyoda adolat va ezgulikni qadrlamaydigan, aksincha, boshidan to tovoniga qadar zulm va yovuzlikka botgan yirik davlatlar hukmronlik qilmoqda. Ular shunday davlatlarki, agar ularning manfaatlari ekin va avlodlarni yoʼq qilishni talab qilsa, albatta yoʼq qilishadi. Аgar xohish-istaklari vayronagarchilik va buzgʼunchilik yoʼlida qon toʼkishni talab qilsa, hech ikkilanmay toʼkadilar… Goʼyo qadimda «yirik davlatlar» hisoblangan fors va rum davlatlari zamonasidagi voqelik qaytib kelgandek. Oʼsha paytda ular moʼminlar qoʼli bilan yoʼq qilinganidek, bugungi yirik davlatlar ham moʼminlar qoʼli bilan yoʼq qilinadi. Shuningdek, Аllohning izni bilan Roshid Xalifalik qayta nur sochib, butun dunyoga ezgulik ulashadi.
﴿وَيَقُولُونَ مَتَى هُوَ قُلْ عَسَى أَنْ يَكُونَ قَرِيباً﴾
«Hali ular: «U (kun) qachon boʼlur?» deb (soʼraydilar). «Shoyadki yaqin boʼlsa», deb ayting!»
[Isro 51]

15 muharram 1444h
23 avgust 2022m

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.