Rossiyada sodir boʼlgan avtohalokatda 14 qirgʼizistonlik qurbon boʼldi

322
0

Rossiyada sodir boʼlgan avtohalokatda 14 qirgʼizistonlik qurbon boʼldi

Ulyanovsk viloyatining Nikolaev tumanidagi M5 “Ural” trassasida Mercedes mikroavtobusi va ikkita yuk mashinasi ishtirokida yoʼl transport hodisasi sodir boʼldi.
Natijada, dastlabki maʼlumotlarga koʼra, 16 kishi halok boʼlgan, ulardan 14 nafari Qirgʼiziston fuqarolaridir. Bu maʼlumotni Qirgʼiziston tashqi ishlar vazirligi tasdiqladi.
Rossiya matbuotiga koʼra, yana uch qirgʼizistonlik ogʼir ahvolda kasalxonaga yotqizilgan. Ularning shaxsi aniqlanmoqda.
Ulyanovsk viloyati politsiyasi ogʼir yuk mashinalaridan birining haydovchisi oʼz vaqtida tezligini pasaytirmagani va yoʼlning taʼmirlangan qismida teskari harakatda oʼz navbatini kutayotgan mikroavtobusga borib urilganini maʼlum qildi.
“Mikroavtobus ikkita yuk mashinasi orasiga tiqilib qolgan”,- deya taʼkidladi politsiya.
Qirgʼizistonda chuqur ildiz otgan korruptsiya, kundan kunga oʼsib borayotgan ishsizlar armiyasi, qirgʼiz somining tobora qadrsizlanib borishi millionlab yurtdoshlarimizni ish izlab chet elga chiqib ketishlariga sabab boʼlmoqda. Rasmiy hukumat odamlarni oʼz yurtida ish bilan taʼminlashga qurbi yetmagani kamlik qilganidek, chet ellarda ishlab yurgan mehnat muhojirlarini huquqiy yordam koʼrsatish, ular uchun qulay mehnat sharoiti yaratib berish borasida yetarlicha harakat qilmaydi. Maʼlumki, Qirgʼiziston Rossiya yetakchiligidagi Yevrosiyo iqtisodiy ittifoqi (EOII)ga aʼzo. Garchi, YeOIIning asosiy tamoyili “toʼrt erkinlik” – tovarlar, xizmatlar, kapital va ishchi kuchining erkin harakatlanishdan iborat boʼlishiga qaramay, rus hukumati nafaqat tashkilotga aʼzo boʼlmagan davlatlar, balki Qirgʼiziston fuqarolari uchun ham turli sunʼiy toʼsiqlar yaratib keladi. Shulardan biri, qayta roʼyxatdan oʼtish uchun “kirdi-chiqdi” qilish muammosi. Kecha avtohalokatda qurbon boʼlgan 14 nafar qirgʼizistonlik ham “kirdi-chiqdi” qilish uchun Qozogʼistonga kirib qaytayotgan mehnat muhojirlari boʼlgan.
Rasmiy hukumat esa oʼz fuqarolariga oʼz yurtida yetarlicha ish oʼrni va mos ish haqi bilan taʼminlash borasida bosh qotirish oʼrniga, faqat boy odamlar sotib olib yashashi mumkin boʼlgan “Osmon” shahar, stadion qurish bilan ovora.
Biz, Turkiston sayti xodimlari Qirgʼizistonda faoliyat olib borayotgan Hizb ut-Tahrir aʼzolari nomidan Rohman va Rahim Аllohdan halol rizq topish va roʼzgʼor tebratish ilinjida muhojirlik sari yuz tutgan va avtohalokatda qurbon boʼlgan yurtdoshlarimizning gunohlarini magʼfirat qilishini, ularni jannat bilan rizqlantirishini soʼraymiz.
Ularning farzandlari, qarindosh-urugʼlari va yaqinlariga oʼzimizning chuqar taʼziyamizni izhor qilamiz. Аlloh sizlarga goʼzal sabr bersin va bu sabr ortidan yaxshiliklar bilan mukofotlasin. Kasalxonada qolayotganlarga tez kunlarda komil shifo ato etib, sogʼ-salomat farzandlari bagʼriga qaytishlikni nasib etsin.
إِنَّا لِلَّهِ وَإِنَّا إِلَيْهِ رَاجِعُونَ
“Аlbatta biz Аllohning (bandalarimiz) va albatta biz u Zotga qaytguvchilarmiz” (Baqara. 156)
Turkiston

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.