Qrimda 6 nafar musulmon qamoqqa olindi

126
0

Qrimda 6 nafar musulmon qamoqqa olindi

Rossiyaning Qrim musulmonlariga nisbatan taʼqiblari uzluksiz davom etmoqda. Federal Xavfsizlik Xizmati (FSB) xodimlari 17-avgust, chorshanba kuni musulmonlarning uylariga bosqin uyushtirdi. Xabarlarda aytilishicha, Qrimning Jankoy va Yalta mintaqalarida yashovchi 6 nafar musulmon qamoqqa olingan.

FSB eʼlon qilgan fotosuratlardan maʼlum boʼlishicha, Qurʼon harflarini oʼrgatuvchi “KUR`AN-I KERIM ELIF BASI” kitobi ham terroristik ashyoviy dalil sifatida talqin qilingan. Biroq barcha bosqinlarda boʼlgani kabi bu bosqin chogʼida ham terrorchilik harakatlarida qoʼllaniladigan qurol-aslaha va oʼq-dorilar topilmagan.

Rossiya mahkamasi Hizb ut-Tahrirning maqsadi Xalifalik davlatini barpo etish ekanini aytib, terrorchi tashkilot deb eʼlon qilgan. Shuning uchun hech qanday qurolli harakat qilmaganiga qaramay, Rossiya Federatsiyasining koʼplab mintaqalarida Hizb ut-Tahrir aʼzolariga nisbatan hibsga olmoqda va uzoq yillik ogʼir jazolar belgilanmoqda.

Izoh: Qrim musulmonlariga nisbatan rus zulmi 1783 yili Rossiyaning Qrimni birinchi bor anneksiya qilishidan boshlandi. Soʼng u Xalifalik qulashi ortidan hijratning oʼn ikkinchi asrida Qrimga qoʼshib, Oltin Oʼrda, Turkiston va Kavkaz kabi islomiy yurtlarni ham egallab oldi… Rossiya Islomiy yurtlarga bostirib kirishda musulmonlarga nisbatan Ispaniyada amalga oshirilgan inkvizitsiya qirgʼinidan ham vahshiyroq qirgʼinlarni amalga oshirdi. Ruslar musulmonlarni jazolash uchun yangi-yangi usullar qoʼllashardi va bu borada ustasi farang boʼlib ketishgan edi. Qrimga bostirib kirganda ham vahshiylarcha qirgʼinlarni amalga oshirib, nomuslarni beayov poymol qilishdi.

1991 yilda Sovet ittifoqi qulagach, Uraina tarkibida qolgan Qrimni Rossiya 2014 yilda yana anneksiya qildi. Oʼshandan buyon musulmonlarning boshidan uning zulmlari arimayapti. Zotan Rossiya qaerni bosib olgan boʼlsa, bir lahza ham zulmini toʼxtatgan emas. Bugungi kunda musulmonlarning uylarini tintuv qilib, kitob-daftardan boshqa narsa topa olmasa ham, uy sohibini terrorda ayblab qamoqqa tashlashdan or ham qilmaydi. Unga ergashgan malaylari bu borada undan oʼtsa, oʼtib ketyaptiki, ortda qolmayapti.

Аslida Rossiya ham, boshqa kufr davlatlari ham Hizb ut-Tahrir koʼtarib chiqayotgan islomiy tushunchalarning yoyilishidan qattiq qoʼrqadi. Chunki bu tushunchalar Islomiy boshqaruv va Islomiy birodarlik aloqalarining qayta tiklanishini kafolatlaydi. Rossiya hukumati esa Islomiy boshqaruv tushunchalari keng yoyilishining oʼziga nisbatan oqibatini yaxshi biladi. Аmerika tadqiqot va strategiya markazlaridan biri Jeyms-Taun tashkiloti Yevro-Osiyo davriy nashrining oltinchi jildi 223 sonida Qrimda Hizbut-Tahrirning xavf-xatari toʼgʼrisida soʼz yuritib, Qrim politsiyasi islomiy harakatlarning birlashib ketish xavfi kuchayib ketayotganini diqqat bilan kuzatayotganligi haqida yozgan edi. Shuning uchun Rossiya Hizb ut-Tahrirni terrorchilikda ayblab, qamoqqa tashlashda davom etmoqda, garchi u, Hizb ut-Tahrir tashkil topgan kundan to bugungi kungacha Rosululloh ﷺning tariqatiga ergashib, qoʼliga qurol olmagan holda harakat qilib kelayotganini bilsa ham.

Аmmo kufr olami har qancha toʼsiq qoʼyishga urinmasin, InshaАlloh yaqinda tiklanajak Xalifalik davlati bu kabi masalalarni uzul-kesil hal qiladi. Boshqa Islom yurtlari bilan bir qatorda, musulmonlarning Qora dengiz shimolidagi mustahkam qalʼasi hisoblangan Qrimni ham, asl egalariga qaytaradi. Chunki faqat Xalifalik davlatigina yurtlar va xalqlarni kufrning nufuzidan va yugurdaklarining zoʼravonligidan ozod qiladi.

Qiyomuddin Sharif

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.