Sudan oʼtish davri hukumati yurt boyliklarini mustamlakachi davlatlar kompaniyalariga talon-toroj qilishga qoʼyib beryapti!

51
0

بِسْمِ اللهِ الرَّحْمٰنِ الرَّحِيمِ
Sudan oʼtish davri hukumati yurt boyliklarini mustamlakachi davlatlar kompaniyalariga talon-toroj qilishga qoʼyib beryapti!

Sudan moliya vaziri Jibril Ibrohim «Katta iqtisodiy bashoratlar» yurt taraqqiyotining koʼplab muammolarini hal etishga oʼz hissasini qoʼshadi, dedi. U bu soʼzlarni Mineral resurslar vaziriligida Nil daryosi viloyati bilan Qizil dengiz oʼrtasidagi hududda oltin qazib oluvchi ikki kompaniyalar (Kanadaning «Orca Gold» va Аvstraliyaning »PERSES L.L.C» kompaniyasi) bilan shartnoma amalga oshirish tartibini tezlashtirish boʼyicha oʼtkazilgan uchrashuv chogʼida aytdi.
Bunga nisbatan Hizb ut-Tahrir – Sudan viloyati matbuot boʼlimi nashr qilgan bayonotda quyidagilar taʼkidlanadi:
«Oʼtish davri hukumati zalolatda davom etyapti. Unga na nasihat kor qilyapti va na nasihatchilarga quloq solyapti. Chunki u sobiq rejim yoʼlidan yurib, xususiy samolyotlar orqali oltin qazib olinadigan yerlarga borib, ularni talon-toroj qilmoqda, yurt ahlini esa, bulardan mahrum qilib kelyapti. Аksincha, yurt ahlidan birortasi ushbu oltin qaziluvchi hududlardan oʼz haqlarini talab qilsa, ajnabiy kompaniyalar oʼqidan yoki hukumat oʼqidan oʼldirilmoqda. Buni Kanadaning «Orca Gold» kompaniyasi ijroiy direktorining «hukumat hududni har turli oʼzboshimcha qazib olishlardan tozalashdek bergan vaʼdasini ustidan chiqdi, bu ragʼbatlantiruvchi omil», degan soʼzlari tasdiqlab turibdi…
Yetar, boyliklar mustamlakachi davlatlar tomonidan talon-toroj qilinishi oʼrniga, kelasi avlodlar foydalanishi uchun yer ostida qolsin. Zero, oltin qidirish yurt aholisining koʼpchiligi uchun kasbga aylangan ekan, nega hukumat ularning tirikchiliklariga qarshi kurashyapti?!…
Bu hukmdorlarning insonlar aqlini mensimasligi gʼoyat haddan oshdi. Masalan, moliya vaziri resurslarning talon-toroj etilishini «Katta iqtisodiy bashoratlar», deb atamoqda! Аxir, qachondan beri kapitalistik kompaniyalarning sarmoya yotqizishlari yurt ahliga yaxshilik-daromad olib kelgan?! Keyin, bu boyliklar yurt tashqarisiga kontrabanda qilinmoqda, yurt ahli esa qashshoqlikdan qiynalib, ocharchilik tahdidiga duch kelmoqda».
Matbuot bayonoti soʼnggida bunday deyildi:
«Tuganmas foydali boyliklar omma boyligi hisoblanadi. Bu boyliklardan hamma bevosita yoki davlatning maʼlum tartib-intizomi vositasida foydalanishi mumkin. Ushbu ahkomlar faqat Islom davlatidagina, yaʼni Paygʼambarlik minhoji asosidagi roshid Xalifalikdagina tatbiq qilinadi. Bas, ey Sudan ahli, ushbu davlatni barpo etish uchun Hizb ut-Tahrir bilan birgalikda harakat qiling. Yolgʼiz Xalifalik davlatigina mustamlakachi kofirning qoʼlini qirqib tashlab, boyliklarimizni Ummat manfaati uchun idora qiladi».
Roya gazetasining 2022 yil 3 avgust chorshanba kungi 402-sonidan

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.