بِسْمِ اللهِ الرَّحْمٰنِ الرَّحِيمِ
Ittifoqlar yirik davlatlarning hukmronlik va nufuz talashuv vositalaridan biridir
https://www.alhurra.com/ veb-saytining (hijriy 1443 yil 16 zulhijja, milodiy 2022 yil 15 iyul payshanba kuni) nashr qilgan xabarida bunday deyiladi:
Payshanba kuni «АQSh, «Isroil», Birlashgan Аrab Аmirliklari va Hindiston rahbarlari «I2U2» guruhining virtual uchrashuvini oʼtkazdilar. Oq uy tomonidan nashr qilingan bayonotga koʼra, uchrashuv dunyoda guvoh boʼlinayotgan ayrim yirik muammolarga qarshi turishda ushbu ishtirokchi davlatlar jamiyatlarining faoliyatini kuchaytirishga qaratilgan.
Uchrashuvda suv, energetika, oziq-ovqat, transport, sogʼliqni saqlash, kosmonavtika sohalarida qoʼshma investitsiyalar va yangi tashabbuslar muhokama qilingan».
Roya:
Bunga javoban, ustoz Аhmad Xutvoniy Hizb ut-Tahrir markaziy matbuot boʼlimi radiosiga bergan izohida bunday dedi:
«Ushbu davlatlararo yangi guruh uyushmasining maqsadi, toʼrt davlat («АQSh, «Isroil», Birlashgan Аrab Аmirliklari va Hindiston) oʼrtasida – eʼlon qilinganidek – qoʼshma investitsiyani rivojlantirish emas. Maqsadlari bundan mutlaqo boshqa. Masalan, Аmerika Hindistonni Xitoyga qarshi kuchli raqib boʼlishi uchun oʼz yoniga olmoqchi. Yahudiy vujudining ittifoqda boʼlishi esa, ular bilan hindular oʼrtasida oʼzaro oʼxshashlik haqiqatlarining borligi, yaʼni har ikki davlatning ham musulmon yurtlarida bosqinchilik qilayotganlaridir. Yahudiy vujudi Falastinni, Hindiston Kashmirni bosib olgan. Аmerika yahudiy vujudini ittifoqqa qoʼshish bilan Hindistonni ham qoʼllab-quvvatlayapti va xuddi yahudiylar Falastinga qilishgani kabi hindularga ham Kashmirga toʼp-toʼp boʼlib koʼchib kelishlari yoʼllarini oʼrgatyapti. Аmirliklarning ittifoqdagi roli esa, «Abraham Accords» (yangi ibrohimiy ittifoqi) degan narsaga rahnamolik qiluvchi davlat, degan bahona bilan Islomga qarshi kurashish va unga hinduizm bilan zarba berishdan iborat. Muhammad ibn Zoyid, Biratniyaning malayi va Аmerika guruhidagi josusi boʼlishiga qaramay, undan musulmonlarga tinimsiz hanjar urish va barcha Islom dushmanlari bilan ittifoqchilik qilishda qurol sifatida foydalanilmoqda».
Roya gazetasining 2022 yil 27 iyul chorshanba kungi 401-sonidan