“Dinlarning rivojlanish tarixi” darsi boʼyicha oʼqituvchilarni tayyorlash boshlandi

375
0

“Dinlarning rivojlanish tarixi” darsi boʼyicha oʼqituvchilarni tayyorlash boshlandi

Xabar: 8-avgust kuni respublika pedagogik kadrlar malakasini oshirish va qayta tayyorlash instituti trenerlari Bishkek va Oʼsh shaharlarida “Dinlarning rivojlanish tarixi” darsligi boʼyicha oʼqituvchilarni tayyorlashni boshladi.

Institut direktori Аlmaz Toktomametov 73 nafar trener 1-2 hafta ichida viloyatlardagi davlat va munitsipal maktablarning 2061 nafar oʼqituvchilarini tayyorlaydi.

Uning aytishicha, xususiy maktab oʼqituvchilarining malakasini oshirish boʼyicha ham arizalar kelib tusha boshlagan. Shuning uchun “Dinlarning rivojlanish tarixi” fani boʼyicha oʼqituvchilar soni koʼpayishi mumkin.

Oʼqituvchilar malakasini oshirish offlayn va onlayn formatlarda olib boriladi.

Joriy yilning yangi oʼquv yilidan 9-sinf oʼquvchilariga “Dinlarning rivojlanish tarixi” fani ikki chorak davomida oʼqitilishi belgilangan. Bundan koʼzlangan maqsad diniy qarashlardan kelib chiqadigan nizolarning oldini olish, dinlararo munosabatlarni mustahkamlashdan iboratligi aytilmoqda. Ushbu dars haftasiga bir soat, jami 34 soat oʼtiladi.

Izoh: Mustamlakachi davlatlar mustamlaka qilib olgan yoki nufuzi ostidagi davlatlarning ichki ishlari, yuritadigan siyosatlar va iqtisodlaridan tortib taʼlim dasturini ham oʼz nazoratlari ostida ushlashga harakat qilishadi. Chunki, taʼlim – saqofat tarqatishning ajralmas qismi boʼlib, taʼlim orqali shaxsning aqidasi, tushunchalari va dunyoqarashi shakllanadi. Yaqin tarixga nazar tashlaydigan boʼlsak, xudosiz kommunistlar ham oʼz aqidalarini tarqatishda taʼlimga jiddiy eʼtibor qaratgan. Ular Darvin nazariyasini taʼlimning asosi qildi va butun boshli avlodni xudoga ishonmaydigan ateistlar qilib tarbiyalab yetishtirdi. Bu taʼlimning asorotlari hozirgi kunga qadar oʼz samarasini berib kelmoqda. Hijob, saqol, maktab oʼquvchilarining roʼmollari hamda boshqa islomiy koʼrinish va qadriyatlarga nisbatan toqatsizlik ayni taʼlimning mevalaridandir.

Xudosizlar tuzumi hayot maydonidan supirib tashlangach uning oʼrnini demokratiya niqobi ostidagi kapitalizm tuzumi egalladi. Tabbiyki, bu tuzum ham “uchinchi dunyo” davlatlarining siyosat, iqtisodga aralashgani kabi asosiy eʼtiborini taʼlim dasturini oʼz aqidasi asosida shakllantirishga kirishdi. Bunda u oʼsib kelayotgan yosh avlodning ongini zaharlashga ulkan mablagʼlar ajratib kelmoqda. 2019-yilda Yevropa ittifoqi Qirgʼiziston taʼlim sohasiga 35,7 million yevro ajratgan boʼlsa, 2022-yili 32 million yevro ajratadigan boʼldi. Bu orqali mustamlakachi Gʼarb barcha maktablarda oʼz falsafasi, hazorati va hayot haqidagi tushunchalari asosida oʼzi taʼlim va saqofat dasturlarini ishlab chiqib, joriy etdi. Hattoki, oʼgʼil-qizlar aralash oʼqiydigan Qirgʼiziston maktablarida “jinsiy madaniyat” darslarini oʼtish masalasini koʼtarishgacha borib yetdi. Biroq aholining keskin qarshiligi sababli bu darslik hozircha joriy etilmay qoldi.

Sadir Japarov prezidentlikka kelishidan oldin maktablarda “Imon” darsini joriy etish tashabbusi bilan chiqqan edi. Bugunga kelib esa bu mavzu “Dinlarning rivojlanish tarixi” deb oʼzgartirildi. Sababi, mustamlakachi davlatlar aholisining katta qismi musulmonlardan iborat boʼlgan Qirgʼiziston va boshqa islomiy yurtlar maktablarida Islom diniga ustuvor ahamiyat berilishiga yoʼl qoʼymaydi. Аksincha musulmon yoshlar eʼtiqodida shubha uygʼotish, boshqa dinlarni xurmat qilish kabi Gʼarb saqofatini tiqishtirishga bor kuchini sarflaydi. Bundan koʼzlangan maqsad aqidasidan boshqaruv, siyosat, jazo, iqtisod, moliya va taʼlim sohalariga ham yechim kelib chiqadigan Islom dinini nasroniy va buddizm kabi quruq ruhiy dinlarga oʼxshatishdir. Shu sababli Gʼarb Islom diyorlarida musulmonlarni “dinlararo muloqot” tushunchasiga ergashtirib, malay hukmdorlarni bu yoʼnalishda xizmatkorga aylantirib oldi.

Аslida bu loyiha Ummatdagi mabdaiy Islomga qarshi qaratilgan. Shuning uchun Gʼarb malay hukmdorlardan xavfsizlik xizmatlari, organ xodimlari, taniqli shaxslar, islomiy jamoatlar, muftiyot va imomlarni, endilikda muallimlarni bir safda ish olib borishga majbarlashni talab qilmoqda. Ular oʼzlari koʼtarib chiqayotgan buzuq fikrlari bilan oddiy xalqni yoʼldan ozdirib, ularni kufr bilan moslashtirilgan “islomga” chaqirishmoqda! Bu bilan kufr tuzumi bir oʼq bilan ikki quyonni ovlamoqchi. Аniqrogʼi, birinchidan musulmonlarni sof Islomdan chalgʼitadi, ikkinchidan, moʼʼtadil islom orqali ularni oʼz xizmatkoriga aylantirib oladi.

Buning oldini olish imkoni mavjud. Buning uchun mabdaiy daʼvatni zimmasiga olgan daʼvatchilar bu loyiha qanchali xatarli ekanligini anglab yetishimiz va mabdaiy daʼvatga yanada jiddiyroq eʼtibor qaratishimiz zarur! Аgar Ummatga mabdaiy daʼvatni koʼtarib chiqishda sustkashlik qilsak, kufr aqidalari biz boʼsh qoʼygan muhitni egallab boraveradi. Yuqoridagidek, kelajagimiz boʼlgan yoshlarni oʼzlariga tortib, masjid, maktab, shahar va qishloqlarda sof islomiy fikrlarga qarshi kurash olib boradigan armiyani shakllantirib oladi. Shu sababli, “dinlararo muloqot”, “moʼʼtadil islom” loyihalari xatarini tushinib, unga qarshi mabdaiy daʼvat olib borishni bir lahza boʼlsa ham taxtatmasligimiz shart. Faqat shundagina ularning harakatini oldini olib Ummat va kelajak avlodda kufr aqidalariga qarshi immunitet paydo qila olamiz!

Turkiston

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.