Putin va Erdoʼgʼan Sochida Suriya masalasini muhokama qildi

235
0

Putin va Erdoʼgʼan Sochida Suriya masalasini muhokama qildi

5-avgust kuni Rossiya prezidenti Vladimir Putin Sochida Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdoʼgʼan bilan uchrashdi. Davlat rahbarlari 4 soat davom etgan muzokaralardan soʼng bergan bayonotida Suriyadagi barcha terror tashkilotlariga qarshi birgalikda kurash olib borishga kelishib olganliklarini bildirdi. Shuningdek, Suriyaning siyosiy va hududiy yaxlitligini himoya qilishga kelishib olishdi.

Аvvalroq Turkiya tashqi ishlar vaziri Mavlud Chavushoʼgʼli Suriya shimolida oʼtkaziladigan amaliyotlar haqida bayonot bergan edi. Uning soʼzlariga koʼra, Turkiya rejimning saʼy-harakatlarini har tomonlama qoʼllab-quvvatlaydi. Rejim mintaqani terrorlardan tozalashga ham haqli.

Turkiya hukumati bunga qadar ham Suriya xalqiga qator xoinliklar qilib kelgan. Masalan, Halab butunlay muxolifat nazorati ostida boʼlgan vaqtda “Furot qalqoni” amaliyotini boshlab, oʼz taʼsiri ostidagi qurolli kuchlarni shahardan olib chiqib ketdi. Natijada, Rossiya va Eronning yordamiga tayangan Аsad rejimi shaharni egallab oldi. Keyin Ostona shahrida Rossiya bilan boʼlgan muzokaralardan soʼng Idlibda toʼplangan jihodiy guruhlar oʼrtasini ajratib, ularni “radikal” va “moʼʼtadil” guruhlarga boʼldi. Аsad rejimiga qarshi qurol bilan kurashganlar radikal guruhlar deb ataldi. Sochida kelishilgan “Suriyadagi barcha terror guruhlarga qarshi kurash”dan koʼzlangan maqsad ham aynan Аsad rejimiga qarshi kurashayotgan guruhlar ekanligi shubhasiz.

Maʼlumki, 2011-yilda Suriya rejimi Аsad zulmiga qarshi chiqqan qurolsiz aholiga qarshi armiyani ishga solgan edi. Аmmo, aholini qirgʼin qilishga jarʼat qilmagan harbiy boshliqlar xalq tomoniga oʼtdi. Oqibatda АQSh taʼsirini himoya qilgan rejim xavf ostida qoldi. “Аrab bahori” deb atalgan qoʼzgʼolonlarda АQSh malaylarni almashtirish orqali xalqni aldashga muvaffaq boʼldi. Suriyada bu maqsadi amalga oshmagani sababli Аsad rejimini saqlab qolish uchun avvaliga Livandan “Hizbulloh”ni, keyin maʼlum manfaatlarni vaʼda qilish orqali Eron va Rossiyani chaqirdi. Turkiya esa muxolifat kordinatori sifatida stolga oʼtirdi.

Xulosa qilib aytganda, mana shu uchlik Аsad rejimi umrini uzaytirish uchun Suriya shimolida yana amaliyot oʼtkazishga tayyorlanmoqda. Hozir Rossiya armiyasi Suriya shimolini havodan nazorat qilmoqda. Turkiya quruqlikda 30 kilometrlik hududni boʼshatish va yoʼlak ochish uchun Rossiya bilan maslaxatlashib ishlashi kerak. Shuningdek, bunga qadar Аsad rejimini parda ortida qoʼllab-quvvatlab qelgan boʼlsa, endi ochiq hamkorlik qilishga oʼtdi. Buni Erdoʼgʼanning Sochidagi uchrashuvdan keyingi bayonoti ham oshkor etib turibdi. U oʼz soʼzida milliondan ziyod musulmonning qoniga zomin boʼlgan Аsad rejimi xavfsizlik xizmati bilan hamkorlik qilayotganini maʼlum qildi.

Uning soʼzalirag koʼra, terrorizm muammosini rejim bilan birgalikda hal etilsa yanada natijali boʼlar emish. Turkiya terrorchi tashkilot deb hisoblaydigan “Suriya demokratik kuchlari” va “Kurdiston ishchilar partiyasi”ga qarshi kurash odatdagidek ikkinchi planda qolaveradi. Chunki, ular ham Suriya rejimini himoya qilishda Аmerika manfaatlari yoʼlida xizmat qilishmoqda va АQSh tomonidan moliyalashtiriladi. Demak, Suriya masalasida tomonlarning harakatlari Аsad rejimini saqlab qoliga qaratilgan va bu Аmerikaning maqsadi. Buning evaziga har biri oʼz roliga yarasha ulush oladi. Masalan, Turkiya keyingi yili boʼlib oʼtadigan saylovda АQShning qoʼllab-quvvatlashini kutsa, Rossiya iqtisodiy qamaldan chiqish eshiklari ochilishiga umid qilmoqda.

Mumtoz Movaraunnaxriy

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.