Qirgʼiziston, Qozogʼiston va Oʼzbekiston Markaziy Osiyoda hamkorlik boʼyicha shartnomani imzoladi

22
0

Qirgʼiziston, Qozogʼiston va Oʼzbekiston Markaziy Osiyoda hamkorlik boʼyicha shartnomani imzoladi

Xabar: 21 iyul kuni Issiqkoʼlda boʼlib oʼtgan Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlarining toʼrtinchi maslahat uchrashuvi doirasida Qirgʼiziston, Oʼzbekiston va Qozogʼiston prezidentlari “XXI asrda Markaziy Osiyoni rivojlantirish maqsadida oʼzaro doʼstlik, yaxshi qoʼshnichilik va hamkorlik toʼgʼrisida”gi shartnomani imzoladi.
Tojikiston va Turkmaniston prezidentlari esa mamlakatlaridagi protseduralar yakunlangach ushbu hujjatni imzolashini bildirgan.
Prezidentlar tomonidan “Markaziy Osiyo davlatlarining koʼp tomonlama formatdagi oʼzaro hamkorligi kontseptsiyasi”, “Yashil kun tartibi” mintaqaviy dasturi hamda 2022-2024 yillarda mintaqaviy hamkorlikni rivojlantirish boʼyicha yoʼl xaritasi tasdiqlandi.
Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlari uchrashuv yakunlari boʼyicha qoʼshma bayonot ham qabul qilgan.

Izoh: Rossiya prezidenti Vladimir Putin 28-29-iyun kunlari Markaziy Osiyodagi qolgan respulkalarni chetlab oʼtib, faqat Tojikiston va Turkmanistonga tashrif buyurib ikki davlat rahbarlari bilan uchrashib ketgan edi. Tojikiston prezidenti Imomali Rahmon bilan boʼlib oʼtgan uchrashuvda Putin asosiy mavzularga oʼtishdan avval, minglab tojikistonliklar Rossiyada ishlayotganini eslatib: “Bilasizmi, biz Rossiyada ishlayotgan Tojikiston fuqarolari uchun eng qulay rejimni joriy qilganmiz va siz hamisha shaxsiy uchrashuvlarimizda shu masalalarni koʼtarib kelasiz. Bugun aytish mumkinki, bu insonlar mamlakatimiz iqtisodiyoti rivojiga katta hissa qoʼshmoqda va ana shunday insoniy “koʼprik”, Rossiya va Tojikiston oʼrtasidagi doʼstlik koʼprigidir” degan edi. Bu Putinning Imomalini oʼziga xos ogohlantiruvi boʼlib, agar tojik hukumati Rossiya bilan boʼladigan aloqalarida bosh yoʼnalishni koʼzlaydigan boʼlsa, Rossiyadagi tojik fuqarolariga nisbatan munosabat oʼzgarishi va bu oʼz navbatida Tojikiston uchun jiddiy muammolar tugʼdirishini eslatib qoʼydi.

Turkmanistonga safari davomida Putin Rossiya va Turkmaniston oʼrtasidagi strategik sherikchilikni mustahkamlash toʼgʼrisidagi deklaratsiya imzolagan va Kaspiy sammitida ishtirok etib, Ozarbayjon va Eron rahbarlari bilan alohida gaplashgan, ammo sammitda ishtirok etish uchun kelgan Qozogʼiston prezidenti Qosim-Jomart Toʼqaev bilan uchrashmay qaytib ketgan edi. Chunki, Putin Toʼqaevning LXR va DXR boʼyicha egallagan pozitsiyasidan “xafa” boʼlgan edi. Putinning bu harakati ota-bola “turkmanboshi”larning xushyor tortttirgan koʼrinadi.
Kuni kecha Issiqkoʼlda boʼlib oʼtgan maslahat uchrashuvida koʼtarilgan asosiy masala – bu xavfsizlik masalasi boʼlib, davlat rahbarlari oʼzaro chegaralar demilitatsiyasi va demorkatsiyasida tashqi kuchlar tomonidan boʼladigan fitnalarga berilmay, faqat tinchlik yoʼli bilan muammolarni bartaraf etishga chaqirishdi. Shuningdek, ichki va tashqi xavfsizlik masalalarida ham oʼzaro hamkorlik va yordam koʼrsatish kerakligini aytib oʼtishdi.
Markaziy Osiyo respublikalari uchun hal qiluvchi va asosiy rol oʼynovchi tashqi kuch Rossiya boʼlib, u istagan vaqtda chegara muammolari yoki millatlararo ziddiyatlarni keltirib chiqarish imkoniga ega. Mintaqadagi har bir davlatni chegara yoki etnik jihatdan muammolari oʼziga yetarli. Qirgʼiz-tojik, tojik-afgʼon yoki turkman-afgʼon chegaralaridagi vaziyat, Togʼli Badahshon, yaqindagina boʼlib oʼtgan Qoraqolpogʼistondagi mojarolaridan Rossiya uchun mintaqa davlatlariga bosim oʼtkazishda foydalanishi mumkin.
Bugun xalqaro siyosatda olamiy oʼzgarishlar sodir boʼlayapti. Rossiyaning Markaziy Osiyodagi taʼsir quvvati tobora zaiflashib bormoqda. Bu holatda tabiiyki mintaqa davlatlari boshqa olamiy kuchlar bilan oʼzaro manfaatli aloqalar oʼrnatishga harakat qilishadi. Ushbu aloqalar dastlab asosan iqtisodiy soha bilan cheklangan boʼlsa, endilikda harbiy va siyosiy tarmoqlarda ham munosabatlar kuchayib borayapti.
Mintaqa davlatlarining АQSh, Xitoy va Gʼarb davlatlari bilan kuchayib borayotgan bu aloqalarga Rossiya tek qarab turmasligi aniq. Markaziy Osiyo davlatlari oʼzaro hamkorlik, ittifoqchilikni kuchaytirmasa, Rossiya bularning biriga taʼsir oʼtkazib ikkinchisi bilan urushtirishga, shuningdek, imkoni boricha ichki muammolar ketirib chiqarishga harakat qiladi. Ular oʼrtasida oʼzaro birlik vujudga kelishiga yoʼl qoʼymaslikka intiladi. Tojikiston va Turkmaniston davlat rahbarlarining Markaziy Osiyoda hamkorlik boʼyicha shartnomani imzolashdan tiyilishi ham Rossiyaning bosimi ostida boʼlganiga shubha yoʼq.
Аfsuski, oʼtkinchi amalidan faqat dunyo toʼplash yoʼlida foydalanayotgan mintaqa davlat rahbarlari haqiqiy mustaqillik ato etadigan, aholisining eʼtiqodidan kelib chiqqan Islom davlati bayrogʼi otida birlashish oʼrniga, bir mustamlakachidan qutulish uchun boshqa mustamlakachining qullik zanjirini oʼlchab koʼrish bilan ovoralar!

Turkiston

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.