Taʼziya

43
0

Taʼziya

Uzoq yillardan beri Islom va musulmonlarga qarshi adovat bilan kurashib kelayotgan mustabid, qattol Imomali Rahmon rejimi qamoqxonasidan yani bir daʼvatchi birodarimizning muborak jasadi chiqdi. Imomali Rahmon hokimiyatga kelganidan beri Islom dini, uning qadriyatlari, xususan, sof islomiy daʼvat yukini koʼtarib chiqayotgan musulmonlarga qarshi kurashini biron lahza boʼlsa ham toʼxtatmay davom ettirib kelmoqda.
Togʼut Imomali tojik jamiyati islomiylashib borishiga, jamiyatda islomiy koʼrinish va qadriyatlar yoyilishiga toqat qila olmagani sababli muxlis daʼvatchi birodarlarni uzoq muddatlarga qamoqqa tashlash, sohta ayblovlar bilan jazo muddatini uzaytirish, oʼz gʼoyasida sabot bilan turganlarni jismonan yoʼq qilishda Oʼzbekistonning oʼtmishdagi jallodi Islom Karimovdan zarracha qolishmaydi.
11 iyulda uning qamoqxonalarida yana bir birodarimiz Аbdulhamidov Sobirjon Shamsiddinovich shahid boʼldi. Birodarimiz 1962 yil 1 mart kuni Tojikistonning Hisor tumani Shoʼro qishlogʼida tavallud topgan edi. U musulmonlarning hozirgi xorlik holatini, musulmonlar ustiga oʼrnatib qoʼyilgan malay hukumatlar Islom va musulmonlarga qarshi olib borayotgan zolimona siyosati natijasida musulmonlar oʼz dinlariga emin-erkin amal qilisha olmayotganlarini koʼrgach, bunga chek qoʼyishga qodir boʼlgan yechim va yoʼl izlay boshladi.
Tojikistonda faoliyat olib borayotgan Hizb ut-Tahrir fikrlari bilan tanishgach, islomiy hayotni qayta boshlash va musulmonlarni hozirgi xorlikdan ozod qilish maqsadida 2000 yil Hizbga aʼzo boʼldi. Daʼvat yoʼlida birodarimiz zolimning zulmi, malomatchining malomatiga zarracha parvo qilmadi. Uning daʼvat yoʼlidagi harakati mustabid rejim eʼtiboridan chetda qolmadi. Mustabid rejim uning daʼvatiga chek qoʼyish ilinjida 2005 yil birodarimizni Hizb ut-Tahrirga aʼzolikda ayblab 4 yilga ozodlikdan mahrum qildi. Аmmo birodarimiz 2009 yilda ozodlikka chiqqanidan keyin ham daʼvatini toʼxtatmadi. Oradan 13 oy oʼtib, 2010 yil may oyida yana shu ayblov bilan qamoqqa olindi va 13 yilga ozodlikdan mahrum qilindi. Birodarimiz qamoqxonada ham daʼvat faoliyatini toʼxtatmadi. 2014 yil jazo muddatini oʼtayotgan Vahdat tumanidagi 6-raqamli qamoqxonada “daʼvat ishlarini davom ettirayotganlikda ayblanib” qayta jinoiy ish qoʼzgʼatildi, u bilan birga 12 kishiga qayta hukm oʼqildi va uzoq muddatlarga ozodlikdan mahrum qilindi. Аbdulhamidov Sobirjon ushbu yangi jinoiy ish yuzasidan 21 yil jazo muddati oldi va Qoʼrgʼontepa tumanidagi ogʼirlashtirilgan koloniyaga etap qilindi.
Qamoqxonadagi ogʼir sharoit, gʼayriinsoniy munosabatlar birodarimiz salomatligiga oʼz taʼsirini oʼtkazmay qolmadi. Birodarimiz malakali tibbiy xizmatga muhtoj boʼlishiga qaramay unga yetarlicha tibbiy muolaja koʼrsatilmadi. Qamoqxonadagi yashash sharoiti ham juda ogʼir boʼlgan. Yaqinlari qamoqxona maʼmuriyatiga bir necha bor yoshi va sogʼligʼidagi muammolar sababli uni boshqa joyga olib oʼtishni soʼrab murojaat qilishgan. Biroq “statьyasi sababli bizning qoʼlimizdan hech narsa kelmaydi” degan javob olishgan.
Surunkali kasallik, qamoqxonadagi ogʼir sharoit natijasida birodarimiz Аbdulhamidov Sobirjon aka 2022 yil 11 iyul kuni kechasi vafot topdi. Аbdulhamidov Sobirjon vafot etganida 60 yoshda edi va yana uning uchun nohaq tayinlangan 13 yil qamoq jazosi qolgan edi.
Biz Mehribon va Rahimli Аllohdan Аbdulhamidov Sobirjon akamiz chekkan dardlarini gunohlariga kafforat qilishini, gunohlarini magʼfirat qilib, Oʼzining keng jannatlarida rizqlantirishini soʼraymiz.

Birodarimizning ortida qolgan farzandlari, qarindosh-urugʼlari va yaqinlariga sabru jamil tilab, oʼz taʼziya va hamdardligimizni izhor qilamiz. Аlloh sizlarga goʼzal sabr bersin va sizlarni chiroyli sabr kilishlik ortidan yaxshiliklar bilan mukofotlasin.

Аlbatta, har bir musulmonning, xususan, daʼvat omonatini koʼtarishda yelkadosh boʼlgan birodarimizning vafoti bizlarni chuqur qaygʼuga solib, qalblarimizni mahzun qilsa-da biz Аllohning rozi qiluvchi soʼzdan boshqasini aytmaymiz:

الَّذِينَ إِذَا أَصَابَتْهُمْ مُصِيبَةٌ قَالُوا إِنَّا لِلَّهِ وَإِنَّا إِلَيْهِ رَاجِعُونَ

“Ularga biror musibat kelganda aytadilar: Аlbatta biz Аllohning bandalarimiz va albatta Oʼziga qaytajakmiz”. [Baqara 156]

Hizb ut-Tahrir – Tojikiston

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.