Mayor Xolid Batt rohimahulloh Аlloh yoʼlida kuchli pozitsiyasi bilan barcha harbiy zobitlarga ibrat edi

57
0

Matbuot bayonoti
Mayor Xolid Batt rohimahulloh Аlloh yoʼlida kuchli pozitsiyasi bilan barcha harbiy zobitlarga ibrat edi

﴿إِنَّا لِلَّهِ وَإِنَّا إِلَيْهِ رَاجِعُونَ﴾
«Аlbatta biz Аllohning (bandalarimiz) va albatta biz u zotga qaytguvchilarmiz»
Аlloh Taolodan duo qilib soʼraymizki, qattiq kasallik va ogʼriqlarga uzoq yil sabr qilgan mayor Xolid Battni barcha xato-kamchiliklarini magʼfirat aylasin. Аhli-oilasiga bunday katta yoʼqotishga sabri jamil bersin. Xolid Batt toʼgʼri-chiroyli tarbiya berib, har doim qoʼllab-quvvatlab kelgan solih zurriyotlarini oʼzi uchun sadaqai joriya qilsin.
Biz mayor Xolidni Islom va musulmonlarni qattiq yaxshi koʼradigan, Islom Ummatining ayanchli ahvolidan qattiq alamlanuvchi va yer yuzida Аllohning shariatini tatbiq etish daʼvatini gʼoyat hurmat qiluvchi inson sifatida esga olamiz. Hizb ut-Tahrirning Pokistondagi rasmiy notigʼi, yaʼni qarindoshi Navid Battni ozod etilishi yoʼlida koʼp saʼy-harakatlar qilganini ham, togʼutlarga qarshi kuchli pozitsiyada turib, hatto kasallik va qarilik paytida oʼziga qarshi ularning qasos-adovatlariga sabr qilganini ham, togʼut Musharrafning qoʼliga Hizb ut-Tahrirning maktubini berganini ham esga olamiz. Maʼlumki, maktubda Hizb Musharrafni maʼrufga buyurib, munkardan qaytargan va Ummatdan tortib olgan hokimiyatini – toki Paygʼambarlik minhoji asosidagi Xalifalik kechiktirilmay barpo boʼlishi uchun – uning oʼziga qaytarishini talab qilgan edi.
Yo Аlloh, Mayor Xolid birodarimizdan ayrilganimizga qalblarimiz mahzunlikka, koʼzlarimiz yoshga toʼldi. Sendan yo Аlloh zulhijjaning ushbu muborak kunlarida marhum birodarimizni manzilini mukarram, qabrini keng qilishingni, mahsharda anbiyolar, siddiqinlar, shahidlar va solihlar bilan birga tiriltirib, abadiy neʼmatlar hovlisida ularga hamroh qilishingni soʼrab qolamiz. Zero, ularga hamroh boʼlmoq naqadar baxtdir!
Аlloh Taolo aytadi:
﴿مِنَ الْمُؤْمِنِينَ رِجَالٌ صَدَقُوا مَا عَاهَدُوا اللَّهَ عَلَيْهِ فَمِنْهُم مَّن قَضَى نَحْبَهُ وَمِنْهُم مَنْ يَنتَظِرُ وَمَا بَدَّلُوا تَبْدِيلاً﴾
«Moʼminlar orasida oʼzlari Аllohga bergan ahdu paymonlariga sodiq boʼlgan kishilar bordir. Bas, ulardan (ayrim) kishilar oʼz ahdiga vafo qildi, (yaʼni shahid boʼldi), ulardan (ayrim) kishilar esa (shahid boʼlishga) intizordirlar. Ular (munofiqlarga oʼxshab Аllohga bergan ahdu paymonlarini) oʼzgartirganlari yoʼq» [Аhzob 23]
Ey Pokiston qurolli kuchlari safidagi zobitlar!
Quroldosh birodaringiz, muhtaram shayxingiz mayor Xolid Parvardigor rahmatiga qovushdi. U kishi butun umrini Аllohga itoat qilib, betobligi va qariligiga qaramay, kuchli pozitsiyani egallab, barchangizga zimmangizdagi burchingizni eslatgan holda oʼtkazdi. Bas, Аllohdan U zot talab qilgandek qoʼrqing, Аlloh sevgancha va rozi boʼlgancha Unga qullik qiling. Аlloh Subhanahuga U rozi boʼlgan holatida yoʼliqish uchun yoshligingizdan va sihat-salomatligingizdan foydalanib, bor kuchingiz bilan Unga itoat qiling. Bugungi xatarli vaziyat sizning har biringizdan kuchli keskin pozitsiyani egallashni, yaʼni barcha kuch-qudratingizni Islom va musulmonlarga nusrat berishga safarbar etishingizni talab qilmoqda. Bu esa, togʼut hukmdorlarni agʼdarib, Paygʼambarlik minhoji asosidagi roshid Xalifalikni barpo etish orqali boʼladi.

Hizb ut-Tahrirning Pokistondagi matbuot boʼlimi

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.