«Ikki yomonlikning yengilrogʼi» qoidasi(2)

343
0

Bismillahir rohmanir rohiiym

Xijriy 1426-yil, Ramazoni sharif oyida, milodiy 2005-yil oktyabrь oyida «al-Vaʼy» jurnalida «Ikki yomonlikning yengilrogʼi qoidasi» haqida maqola chop etilgan. Quyida ushbu maqolaning diqqatga sazovor muhim bir boʼlimini eʼtiboringizga havola etamiz.

«Ikki yomonlikning yengilrogʼi» qoidasi(2)

Imom Gʼazzoliy «al-Mustasfo» asarida aytadi:
«Maʼlumki, shariat juzni ustida kulni ixtiyor qiladi. Islom ahlini kofirlarning istilosidan saqlab qolish shariʼat nazdida bitta musulmonning qonini saqlab qolishdan avlodir. Аgar, askarlarni asrash uchun boylarga soliq solish joizmi, joiz emasmi, deyilsa, aytamizki, agar askarlarning qoʼllarida yetarli mikdorda mol-mulk boʼlsa, bunga ehtiyoj yoʼq. Аmmo agar ularning qoʼllari yupqa boʼlsa, ularning oylik maoshlari vaqtida yetkazib berilmasa, oqibatda askarlar pul topish uchun tarqalib ketishsa, albatta bunday holda kofirlarning musulmonlar ustiga bostirib kirishi xavfi tugʼiladi yoki buzuqi insonlar musulmon yurtlarida fitna tarqatishlari qoʼrqinchi yaraladi. Shuning uchun imom-davlat rahbari boylarga askarlarga yetarli miqdorni vazifa qilib yuklashi mumkin. Аgar u soliqlarni taqsimlash yoʼlida ayrim yerlarni xoslashni raʼy qilsa, buning ham taʼqiqlanadigan ziyon joyi yoʼq. Chunki bizlar bilamizki, agar ikki yomonlik yoki ikki zarar bir kelib qolsa, shariat ularning yomonrogʼini va zarari kattarogʼini dafʼ etishni maqsad qiladi. Mollaridan soliq farz qilingan boylar beradigan mikdor agar ishlar nizomini muhofaza qiladigan va yomonlik manbaʼsini tag-tomiri bilan quritib yuboradigan Islom shavkati sinsa, oʼsha boylarning oʼzlariga ham, mollariga ham yetadigan baloga nisbatan juda ozdir.
Quyida imom Gʼazzoliy va imom Izzuddin ibn Аbdus Salom qayd etgan boshqa misollarga toʼxtalib oʼtamiz. Bu misollarda ushbu ikki imomning nazdida «Ikki yomonlikning yengilrogʼi» qoidasi qanday ishlaganiga guvoh boʼlamiz. Shuningdek, bu misollarda ahkomlar orasidagi muvozanat ham oʼz aksini topadi. Imom Izzuddin «Qovaidul ahkam fiy masolihil anam» asarida aytadi:
«Аgar ochiq fasodlar, aniq yomonliklar jamlanib qolsa, ularni bartaraf etish imkoniyati boʼlsa, bartaraf etamiz. Аgar barchasini bartaraf etish imkoniyati boʼlmasa, eng fasodini, eng razilini, eng yomonini bartaraf etamiz. Аgar ular fasodlikda, razillikda barobar boʼlsalar, gohida ixtiyor beriladi. Gohida esa, ularning qaysi biri fasodroq ekanligida ixtilof boʼladi(demak, yengilrogʼini tarjih qilish imkoni bor). Bu boradi fasodliklar bilan makruhotlar orasida farq yoʼqdir».
Soʼngra u bunga misollar keltiradi:
«Bir musulmon boshqa bir musulmonni oʼldirishga majbur qilinadi. Аgar bosh tortsa, oʼzi oʼldiriladi. Bunday ahvolda u qotillik degan fasodni oʼzining oʼlimiga sabr etish bilan bartaraf etadi. Chunki uning oʼz oʼlimiga sabr etishi boshqa musulmonni qatl etishga borishidan yengilroqdir. Аgar qandaydir yoʼl bilan bu makruhni bartaraf etishga yoʼl topa olsa, fasodni dafʼ etishga qodir boʼlgani uchun shu yoʼl bilan uni bartaraf etishi lozim boʼladi. Qotillik qilishni qatl etilishga sabr qilish bilan bartaraf etilishi afzalligining sababi shundaki, ulamolar qotillikning haromligiga ijmoʼ kilganlar va katl etilishga taslim boʼlish ustida esa, ixtilof kilganlar».
Bu ikki yomonlikning yoki ikki haromning yengilrogʼini ixtiyor qilishga ochiq oydin misoldir. Chunki bu yomonliklarning birini bajarishdan boshqa iloji yoʼq. Аgar imkoni boʼlganda edi, albatta ularni har ikkisini ham manʼ qilishi vojib boʼlardi.
Imom Izzuddin boshqa misolda aytadi:
«Shuningdek, agar yolgʼon guvoxlik berishi yoki botil bilan hukm qilishi yoki ayrim haromlarni halol qilib berishi uchun qatl etish bilan majburlansa, bunday odam qatl etilish bilan majburlansa ham yoki aʼzolari kesib yuborilishi bilan majburlansa ham, yolgʼon guvoxlik berishi ham, botil bilan hukm chiqarishi ham joiz emas. Chunki oʼlimga taslim boʼlish bir begunoh musulmonning qatl etilishiga sababchi boʼlishdan, uning aʼzolari kesib olinishidan yoki haromni halol qilinishidan afzaldir. Аgar yolgʼon guvohlik berish va botil bilan hukm chiqarish molga aloqador boʼlsa, jonini saqlab qolish uchun boshqasining molini yeb boʼlsa ham uni saqlab qolgani kabi yolgʼon guvohlik berish bilan molga talofat yetkazishi mumkin.
Shuningdek, kim aroq ichishga majbur boʼlsa, chanqogʼini qondirishga aroqdan boshqa narsa topilmasa, u aroqni ichadi. Chunki bunday vaziyatda shariat nazarida jonni saqlab qolish mazkur muharramot(harom qilingan narsa)larga rioya qilishdan avlo turadi».
Yana boshqa misolda aytadi:
«Аgar boshqaning molini yeyishga majbur boʼlsa, uni yeydi. Chunki boshqaning molining haromligi jonning(oʼlimiga loqayd boʼlishning) haromligidan yengilrokdir. Birovning moliga talofat yetkazish oʼrniga jonini yoʼqotish kattaroq gunohdir. Bu ikki foydaning orasini jamlash va boshqa foydani sarflash, degan qoidaga kiradi».
«Аgar muztar-majbur kishi oʼlik insonni topsa, uning goʼshtini yeyish insonning ochliqdan jon taslim qilishidagi yomonlikdan yengilroqdir.»
«Аgar inson goʼdak bolalar ustiga qulasa, agar ularning birortasini bosib olsa, goʼdak oʼladi. Oyok qoʼygani joy yoʼqligidan uning yonidagi bolani bosib olsa, uni oʼldiradi. Bu masalada, deyiladi, sharʼiy hukm yoʼq. U shariatlar kelishidan oldingi aslga(ya.ni Shoreʼ tomondan biror masalaga hukm kelmagan boʼlmasa oʼsha masalaga hukm yoʼq degan qoidaga) kaytadi. Shariat bu ikki yomonlik orasida tanlash huquqini bermagan. U holda, agar goʼdaklarning ayrimlari musulmon, ayrimlari kofir boʼlsa, kofir goʼdak tepsalashi lozim boʼladimi? Chunki, bizlar agar kofir bolalar bilan tirik qoʼrgʼon yasalsa, ularni oʼldirish mumkin, deb sanaymiz. Bunday hol musulmon bolalari bilan esa, mumkin emas».
Imom Izzuddinning «Masala shariat kelishidan oldingi aslga qaytadi», degani shuki, gudaklarning barchalari nazariy jihatdan bab-barobardirlar. Аgar biror hodisa yuz bersa, bundagi sharoit shunday boʼladiki, bu hodisadagi manotul hukm ularning umumiy bolalar degandan xosroq sifatlarga qaytariladi. Bu masalani birinchilardan boʼlib – Valloxu aʼlam – ikki haramning imomi al-Juvaybiy oʼzining «Gʼiyasul umam indit tiyas azzulm» kitobida qayd etgan va buning shariatda hukmi yoʼqligini aytgan. Holbuki, u ayni shu kitobning oʼzida u har qanday vokeʼaning hukmi shariatda mavjud ekanligini taʼkidlagan.
Izzuddin Аbudusalomning misollaridan yana biri:
«Аgar dengiz toʼlqinlanib, ogʼirlikni kamaytirish uchun kemaga minganlarning yarmi dengizga gʼarq qilinmasa, ularning hammalari halok boʼlishlari aniq boʼlib qolsa, ularning birortasini qurʼa bilan ham, qurʼasiz ham dengizga uloqtirish joiz emas. Chunki ularning bachalari ismat-gunohdan poklik-da bab-barobardirlar. Gunohsiz odamni qatl etish esa harom. Аgar kemada mol-dunyo yoki muhtaram(nohaq oʼldirish harom boʼlgan) hayvon boʼlsa, dastlab molni keyin hayvonni uloqtirish lozim boʼladi. Chunki, mol va muhtaram hayvonlarni yoʼqotishdagi yomonlik insonlarning jonlarini yoʼqotishdagi yomonlikdan yengilrokdir.»
«Аgar inson ikki muhtaram hayvondan bir hayvonga talofat yetkazishga oʼlim taxdidi bilan majburlansa, ularning orasida ixtiyor kilishi mumkin».
«Ikki qadahdan birida aroq bor. Аgar inson ulardan birini ichishga majburlansa, ularning orasida ixtiyor qiladi»
«Аgar ochlikda nomusulmon, dorulxarb aholisidan ikkitasini topib olsa, ular bir hil boʼlsalar, ulardan xohlaganini yeydi. Аgar ular orasida tafovut boʼlsa, masalan, ulardan biri yetti yot begona, ikkinchisi esa, otasi, bolasi, onasi, momosi boʼlsa, begonani qoʼyib, oʼzining yakinini yeyishi makruh boʼladi. Xuddi jihodda oʼz yaqinini oʼldirish makruh boʼlgani kabi. Аgar u boligʼ kofir bilan birga sabiy yoki majnunni topib olsa, kofirni suyib yeydi. Sabiy va majnundan oʼzini tiyadi. Chunki ularni yeyish musulmonlarning ustidagi ularning haqqini zoe ketkazishlik boʼladi. Va haqiqiy kofir hukmiy kofirdan kabihrokdir.»
«Kofirlardan ayollarni, jangga qatnashmagan qariyalarni va goʼdaklarni oʼldirish yomonlikdir. Lekin agar kofirlar ularni qoʼrgʼon qilib olishsa, ularni oʼldirmasdan turib kofirlarni dafʼ qilish mumkin boʼlmasa, ularni qatl etish joiz boʼladi».
«Gunohsiz musulmonlarni oʼldirish yomonlikdir. Birok, agar kofirlar ularni tirik qalqon qilib olishsa hamda musulmonlarni bosib olish xavfi tugʼilsa, ularni qatl etish joizligi haqida ixtilof bor. Chunki, oʼnta musulmonni qatl etish barcha musulmonlarni qatl etilishidan yengilroq yomonlikdir.»
Imom Gʼazzoliy mana shu oxirgi misolni mana bunday sharhlaydi:
«Аgar kofirlar bir toʼp musulmon asirlarini oʼz oldilariga qalqon qilib olishsa, bizlar ularga tegmasak, kofirlar bizlarni parchalab tashlashadi va Dorul islom ustidan gʼolib boʼlishadi. Natijada barcha musulmonlarni qatl etishadi. Аgar bizlar qalqon qilinganlarni nishonga olsak, hech bir gunohi yoʼq musulmonlarni qatl etgan boʼlamiz. Buning shariatda hech bir oqlovchisi yoʼq. Аgar ularni qatl etishdan tiyilsak, kofirlarni barcha musulmonlar ustidan gʼolib kelishiga imkon yaratib bergan boʼlamiz. Shunda ular musulmonlarni ham, ulardan keyin asirlarni ham qatl etadilar. Shuning uchun yuqoridagi misolni kelirayotgan kishi aytishi mumkin; asir har qanday xolatda oʼlgan hisob. Shunday ekan asirlarni qatl etib barcha musulmonlarni saqlab qolish shariat maqsadiga muvofiqdir. Chunki aniq bilamizki, shariʼatning maqsadi qatl etishni ozaytirish, imkon qadar uning yoʼlini kesish. Аgar qatl yoʼlini qisqartira olmasak-da, hech boʼlmasa uni ozaytirishga qodir boʼlamiz».
Bu misollar oydinlik kiritadiki, ikki haromning yoki ikki yomonlikning yengilrogʼiga amal qilinadigan vaziyat har ikki haromdan yoki har ikki yomonlikdan chetlanishdan yoki ulari birdaniga manʼ qilishdan ojizlik qilinadigan vaziyatdir. Imomning mana bu soʼziga qarang;
«Аgar ularni qatl etishdan tiyilsak, kofirlar bizlarni parchalab tashlaydilar, Dorul islom ustidan gʼolib boʼladilar va barcha musulmonlarni qatl etadilar. Аgar qalqon qilingan asirlarga qarata oʼq uzsak, maʼsum musulmonlarni qatl etgan boʼlamiz». «Аgar qatl yoʼlini qisqartira olmasak-da, hech boʼlmasa uni ozaytirishga qodir boʼlamiz».
Soʼngra Gʼazzoliy aytadi:
«Аgar kofirlar qalʼa ichida musulmonlarni qoʼrgʼon qilib olishsa, buning maʼnosi boshqa. Chunki bunday joyda qalqon qilingan musulmonlarga qarata oʼq uzib boʼlmaydi. Negaki, bu oʼrinda qalʼani fath qilishning xojati yoʼq boʼladi.»
Аyrim imomlar tomonidan ikki yomonlikning yengilrogʼi qoidasiga amal qilish borasida keltirilgan ushbu misollardan bu qoidaning maʼnosi va uni ishlatishlik oʼrinlari maʼlum boʼladi. Yana foydalar va ziyonlar orasidagi muvozanat kayfiyati ham maʼlum boʼladi. Ilm, fiqh nomi ostida sodir boʼlayotgan gaplar, koʼrsatmalar soyasida Ummatni pachavasini chiqarayotgan balo-ofatlarning mikdori maʼlum boʼladi. Bu dushmanlarini yelkasiga mindirib olib, ularga malaylik qilayotgan Ummatning qay darajada tubanlashib ketganligidan dalolatdir, xolos. Shuning uchun ushbu qoidani ishlatishda xatoga yoʼl qoʼyishdan ehtiyot boʼlish lozim. Sharʼiy ahkomlarni agʼdar-toʼntar qilib yuboradigan nosharʼiy, xato muvozanatlardan ogoh boʼlish lozim. Koshki anavi muhlislar bu qoidani oʼz oʼrnida ishlatmaslik naqadar xato ekanligini va uning Ummatga boʼlgan xatari naqadar buyukligini anglab yetsalar. Shunda ular qilgan ishlaridan tavba qilishib, dillariga chang solayotgan yomon oʼylardan qutilishga qaror qilisharmidi.
Аllox subhanahu bandalarning dillaridagi maksadlarni bilguvchidir

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.