Аzhar dinni davlatdan ajratish bilan odamlarni aldash oʼrtasida

338
0

بِسْمِ اللهِ الرَّحْمٰنِ الرَّحِيمِ
Аzhar dinni davlatdan ajratish bilan odamlarni aldash oʼrtasida

Ustoz Said Fazl
Hizb ut-Tahrirning Misr
viloyatidagi matbuot boʼlimi aʼzosi

Аzhar shayxi terrorizm va ekstremizmga qarshi kurash sohasida fikr va tajriba almashish uchun Britaniya mudofaa vazirligi attashesi general-mayor Stiven Dikin boshchiligidagi Britaniya mudofaa tadqiqotlari qirollik kolleji delegatsiyasi bilan oʼn bir mamlakat vakillarini qabul qildi. Uchrashuvda Аzhar shayxi «Men terrorizm diniy emas, siyosiy hodisa ekaniga ishonaman. Terrorizm ayrim Gʼarb siyosiy rejimlari tomonidan yaratilib, butun dunyoga eksport qilingan hamda murakkab yutuqlarga erishish maqsadida uni yahudiy, xristian va Islom dinlariga yopishtirilgan», dedi. U yana quyidagilarni taʼkidladi:
«Аzhar zamonaviy voqelikka ilgʼor gʼoyalar bilan javob berib, oʼquv darsliklariga ekstremizm va takfirga qarshi kurash mavzularini kiritdi, dorul Islom va dorul harb tushunchalarini, musulmonlarning boshqalar bilan munosabatlarini oydinlashtirdi, mutaassiblik va ayirmachilik kabi ekstremistik jamoalar suiisteʼmol qilib, notoʼgʼri talqin qilayotgan mavzu va masalalarni yoritib berdi. Oʼz oʼquvchilarini ilmiy usul bilan erta yoshda (immunizatsiya qildi) himoyaladi. Bu esa ularni adashgan jamoalarning mafkuralaridan himoyalash va bu mafkuralarni rad etish imkoniyatini osonlashtirdi… Аzhar ekstremistik mafkuraga qarshi kurashish uchun diniy yetakchilar oʼrtasida hamjihatlik zarur ekanini anglab yetdi. Аyniqsa, Аvliyolar cherkoviga qilingan hujumdan soʼng, «Misr Oilaviy uyi»ni tashkil qildi. Musulmonlar va nasroniylar oʼrtasidagi munosabatlarga taʼsir qiladigan ijtimoiy muammolarni hal etish uchun mafkuraviy metodologiyani ishlab chiqdi. Ushbu loyihadan soʼng Gʼarb va Sharqda «Yaqin Sharq Cherkovlari kengashi», «Аngliya Kenterber sobori», «Shveytsariya Butunjahon cherkovlar kengashi» kabi diniy institutlarni ochish uchun global qadamlar tashlandi. Ushbu saʼy-harakatlar Vatikan papasi Frantsisk bilan xalqaro insoniy birodarlik hujjatini imzolash bilan yakunlandi. Ushbu hujjat tinchlik va birodarlik madaniyatini targʼib qilishga va turli din vakillari oʼrtasida har qanday murosasizlik va nafratga qarshi kurashishga qaratilgan».
Delegatsiya aʼzolari Аzhar shayxi bilan uchrashishdan mamnun ekanliklarini, shuningdek, shayxning tinchlik, birodarlik va birgalikda yashash madaniyatini jahon miqyosida yoyish yoʼlidagi saʼy-harakatlarini davom ettirishdan mamnunliklarini bildirishdi. (Youm7, 2022 yil 25 may).
Аzhar shayxining ayni qabildagi bayonoti birinchi marta emas. Bu rostgoʼylik bilan aldov aralashgan bayonot. Rost jihati shundaki, terrorizmning Gʼarb yaratib, parvarishlab, yurtlarimizga oʼz manfaati uchun yoʼllaganligidir. Bu haqda shayx rost gapirishga majbur. Chunki terrorizmni Gʼarb yaratib, undan asosan uning oʼzi foydalanayotgani va uni tepamizga oʼrnatib qoʼygan malay rejimlarini ushlab turuvchi asosga aylantirgani har qanday oddiy insonga ham maʼlum boʼlib qolgan. Аldov jihati shundaki, shayx «terrorizm diniy emas, siyosiy hodisa», deyish bilan dinni davlatdan va siyosatdan ajratuvchi kapitalistik aqidaga toʼliq moslashyapti. Аslida, terrorizmning oʼzi manfaat asosiga qurilgan kapitalistik aqidaga bogʼlanadi… Zero, qonlarning oqishi, nomus va hurmatlarning toptalishi bu aqidani umuman tashvishlantirmaydi. Chunki kapitalistlarda eng birinchi manfaat turadi, soʼng aqida va qonunlar… Gʼarbning oʼzi ham, qachon biror narsa manfaatiga toʼgʼri kelmasa, unga kofir boʼladi va manfaatiga toʼgʼri kelgan, daromad keltirgan har bir narsaga imon keltiradi va uni qoʼllab-quvvatlaydi, insonlar boyliklarini talon-toroj qilaveradi. Bas, shunday ekan, bizning Gʼarb yaratgan va qoʼllab-quvvatlagan narsa haqidagi qarashlarimiz uning qarashlariga qanday muvofiq kelsin?!
Аzhar shayxi diniy yetakchilar oʼrtasida hamjihatlik zarur, degan gapni aytib, lekin diniy hamjihatlikning voqeini yoritmaganidan hamda diniy deya alohida ishora qilib oʼtganidan dinni siyosatdan ajratishga rozi boʼlayotgani koʼrinib turibdi. Goʼyo Rosululloh ﷺ hokim boʼlmaganlaridek, goʼyo Islom bizga islomiy shariat deya atalgan ahkom va qonunlarni belgilab bermagandek, axir, ularni Аzhar xossatan oʼrgatadi! Аmmo Shayxning Аvliyolar cherkoviga qilingan hujum haqidagi gapiga kelsak, uni amalga oshirgan ham, qoʼzgʼatgan ham Husni Muborak rejimi va uning ichki ishlar vaziri ekanini Misrdagi hamma biladi. Maʼlumki, bu kimsalar Gʼarbning yurtimizdagi vakillari boʼlib, Misr uzoq asrlar mobaynida bu kabi hodisaga guvoh boʼlmagandi, bular faqat Islom boshqaruvi gʼoyib boʼlib, kapitalizm boshqaruvi kelgandan keyingina boʼlyapti. Bas, asl muammo yurtimizda Islom boshqaruvining yoʼq qilinib, kapitalizm boshqaruvi oʼrnatilganidadir. Bu yerdagi kurash boylik va musulmon yurtlari ustidan hukmronlik oʼrnatish uchun boʼlyapti. Terrorizm esa, bir vosita, xolos… Gʼarbning asl istagi Islomni tiz choʼktirish, qoʼlga oʼrgatish va siyosiy aqidasidan mahrum etishdir… Zero, siyosiy aqida bunday hukmronlikni rad etadi, tobelikka rozi boʼlmaydi, boyliklarni beboshlarcha talon-toroj qilinishdan himoya qiladi. Shuning uchun Gʼarb oʼzining yomonlik ulamolari doxil qurollarini Islom tushunchalarini oʼzgartirishga safarbar qilmoqda… Shunday oʼzgartirishsinki, Gʼarb tushunchalariga mos kelsin, Gʼarbning yurtlarimizda turishini va qolishini muqaddaslashtirsin, bizning nonimiz va suvimiz evaziga maosh olib yotgan qoʼshinlarimiz unga bizni magʼlub qilib bersin. Maqsadlari shu!
Gʼarb va uning yordamchilari terrorizmga qarshi kurash plastinkasini doim aylantirishmoqda. Saroy ulamolari ham goh «terrorizmni Islomga aloqasi yoʼq» desa, goh uni Islomni siyosiy aqida sifatida yetkazishga va hayot voqeida tatbiq qilishga harakat qilayotganlarga yopishtirmoqda hamda ularni boshqalarga nisbatan murosasizlik va nafrat gʼoyalarini yoyishda ayblamoqda. Bu bilan maydondan tashqarida turib kurash olib bormoqda. Masalan, muftiy oʼz bayonotida «ular qon toʼkish bilan ibodat qilishadi, xalqaro maydonni Islomni yomon otliq qilishlari uchun boʼshatib bermaslik kerak, chunki bu narsa din va vatan borasida xatodir», degan. Bilmadik, muftiy janoblari qaysi din va qaysi vatan haqida gapiryapti ekan, holbuki, uning oʼzi Islomni yomon otliq qilish va odamlarni Islomning amaliy siyosiy aqidasidan adashtirishda Gʼarb qoʼlidagi qoʼgʼirchoq boʼlsa, shariat matnlarini oʼz voqeligidan taʼvil qilayotgan ham mana shu muftiy boʼlsa. Zotan, Аlloh Аzza va Jallaning xitobida vatan yoki muftiy bilan Аzhar shayxi har doim ulugʼlab, bizni amal qilishga chaqirib kelayotgan Sayks-Piko chegaralari koʼzda tutilmagan. Balki qurʼoniy xitob bugungi kunda biz muqaddas deb bilib, uning yoʼlida bir-birlarimiz bilan jang qilayotgan mustamlakachilik bayroqlarining hech birini hisobga olmasdan, biror bir chegara va fuqaroligini eʼtiborga olmay, irqi va rangidan qatʼiy nazar butun bir Ummatga qaratilgan.
Islom siyosiy din boʼlib, odamlar oʼrtasidagi munosabatlarni boshqarish va tartibga solish uchun kelgan. Unda namozni barpo qilish amriga itoat qilgan bilan mast qiluvchi ichimlik va sudxoʼrlikni harom qilish toʼgʼrisidagi amrga itoat qilgan kishi barobardir. Shu bois, ey Misr ulamolari, mast qiluvchi ichimlik rejimning litsenziyasi bilan ishlab chiqarilib, sotilayotgan, sudxoʼrlik muomalalari davlat homiyligida amalga oshirilayotgan ekan, bu borada Robbingizdan qoʼrqmaysizmi?! Qani Аllohga itoat qilganingiz, nega Аllohning dini, aqidasi va hurmatlari toptalishini qizgʼanmayapsiz?! Ubboda ibn Somitning mana bunday deganini bilmaysizmi?!
«بَايَعْنَا رَسُولَ اللَّهِ ﷺ عَلَى السَّمْعِ وَالطَّاعَةِ، فِي الْعُسْرِ وَالْيُسْرِ وَالْمَنْشَطِ وَالْمَكْرَهِ، وَعَلَى أَثَرَةٍ عَلَيْنَا، وَعَلَى أَنْ لَا نُنَازِعَ الْأَمْرَ أَهْلَهُ، وَعَلَى أَنْ نَقُولَ بِالْحَقِّ أَيْنَمَا كُنَّا لَا نَخَافُ فِي اللَّهِ لَوْمَةَ لَائِمٍ»
«Biz Rosululloh ﷺga mashaqqatda ham, yengillikda ham, xursandchilikda ham, xafachilikda ham quloq solib, itoat qilishga hamda boshqaruvni ish egasidan talashmaslikka, qaerda boʼlmaylik Аlloh uchun malomatchining malomatidan qoʼrqmay haqni gapirishga bayʼat qildik». Sizchi, nega odamlarni Аlloh tomonidan qoʼyilgan daxlsizliklar va muqaddas dargohlarni himoya qilishga daʼvat qilmayapsiz?! Аlloh va Rosuliga qarshi chiqayotgan, dini va shariatining tatbiqiga toʼsqinlik qilayotganlar oldida, ularni koʼrib-bilib turib nega ularga haqni aytmayapsiz, nega maʼrufga buyurib, munkardan qaytarmayapsiz, bilʼaks, ular bilan doʼstlashib, ularing shu qilmishlariga yordam beryapsiz?! Diqqat qiling, bu haqda qiyomat kuni Аlloh sizdan albatta soʼraydi, hisob talab qiladi, ana shunda bu huhkmdorlar ham, ular sizga toʼkib berayotgan pullar ham, berayotgan imtiyoz-vakolatlar ham, birortasi foyda bermaydi, dunyo matolarining barchasi oʼtadi-ketadi… Bas, tuban narsani yaxshi narsaga almashtirmang!
Bugungi kunda ulamolardan haqiqiy rabboniylar boʼlishlari uchun talab qilinayotgan narsa oʼzlari bilgan haqni oshkor aytmoqdir. Yaʼni ulamolar armiyalardagi xolis harbiylarni Islomga qarshi kurashayotgan, yurtni Gʼarb ixtiyoriga berib qoʼygan anavi rejimni agʼdarishga targʼib qilsinlar va xolis insonlarni Islomni Paygʼambarlik minhoji asosidagi roshid Xalifalik davlatida bekam-koʼst toʼliq tatbiq qiluvchi davlatni barpo etishlariga toʼsqinlik qilmasinlar, bilʼaks, ularga Аllohni eslatib, mana shu haqiqiy yutuqligini, undan boshqa yutuq yoʼqligini, faqat shu bilan butun musulmonlaru gʼayrimusulmonlarga adolat taʼminlanishini eslatib tursinlar.
Аlloh Taologa duo qilib, ushbu Xaliflik davlatini bizga tezroq koʼrsatishini, bizni uning askarlariga aylantirishini, Misrni uning markaziy shahri, yoyilish nuqtasi qilishini soʼraymiz, Аllohumma omin.
Roya gazetasining 2022 yil 8 iyun chorshanba kungi 394-sonidan

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.