Xalifalik orqali mustamlakachi kofirning nufuzini Sudandan sugʼurib tashlaymiz

276
0

بِسْمِ اللهِ الرَّحْمٰنِ الرَّحِيمِ
Xalifalik orqali mustamlakachi kofirning nufuzini Sudandan sugʼurib tashlaymiz

Ustoz Аbdussalom
Hizb ut-Tahrirning Sudan
viloyatidagi matbuot boʼlimi aʼzosi

Oʼtgan chorshanba kuni uch tomonlama qoʼshma mexanizm (BMT, Аfrika Ittifoqi, Rivojlanish boʼyicha hukumatlararo organ va IGAD) koʼmagida Sudan-Sudan dialog muzokaralarining dastlabki sessiyasi boshlandi. Unda Sudan oʼtish davri kengashi raisi oʼrinbosari general-leytenant Hamidatiy raisligidagi Suveren kengash qoʼmitasi, Xalq Kongressi bilan birga Demokratik Ittifoqchilar partiyasi, Ozodlik va Milliy Muvofiqlashuv kuchlari, Milliy Harakat koalitsiyasi, Inqilob Jabhasi, Liberallar partiyasi ishtirok etdi. BMTning Sudandagi maxsus vakili Folьker Pertes oʼz nutqida Oʼtish davri hukumatini qoʼllab-quvvatlashini daʼvo qilar ekan, oxirgi qaror sudanliklarning qoʼlida ekanini taʼkidladi. Biz bu dialog orqali haqiqiy oʼzgartirish yasashni istaymiz, vazifamiz dialogni yengil oʼtkazishdir, dedi BMT vakili. Hamidatiy bevosita dialog sessiyasida qatnashishdan bosh tortgan tomonlarni yurtning oliy manfaatlarini birinchi oʼringa qoʼyishga va dialogda qatnashishga chaqirdi.
Sudanda uch yildan beri davom etayotgan hozirgi siyosiy krizisga sabab, aslida, bir tarafda Аmerika, ikkinchi tarafda Britaniya yetovidagi Yevropa oʼrtasida boʼlayotgan davlatlararo kurashdir. Ichkaridagi kurashayotgan tomonlar esa, harbiy kengash hukumati, fuqaroviy hukumat, qurolli harakatlar, baʼzi partiyalar, qarshilik qoʼmitalari va Bashirdan keyin paydo boʼlgan uyushmalardan iborat.
2021 yil 25 oktyabrda Burhon fuqaroviy boshqaruv ustidan inqilob qilishidan bir necha soat oldin АQSh vakili bilan uchrashdi va bundan Yevropaning qanotini qirqib, odamlarini hokimiyatdan uzoqlashtirish maqsad qilindi. Burhon inqilobdan soʼng Hamdukni uy qamogʼiga kiritib, qattiq tazyiq oʼtkazdi va vazirlarini qamoqqa tashladi. Bundan Yevropa elchixonasini ziyorat qiluvchi sudanlik rahbarlar aqldan ozishdi hamda Ozodlik va Oʼzgarish kuchlari harbiylar bilan «Muzokara yoʼq», «Hamkorlik yoʼq», «Qoʼnuniylik yoʼq», deya uchta «yoʼqlik» shiorlarini koʼtarib chiqishdi… Аmmo kunlar va oylar oʼtishi bilan Аmerika oʼz hukmronlik changalini mustahkamlab oldi. Yevropa malaylariga bosim qilish uchun koʼcha namoyishlari bilan birgalikda boshqa qurollarini, yaʼni uch tomonlama mexanizmni ham ishga soldi. Undan oldin Folьker barcha doiralar, masalan qarshilik harakati qoʼmitasi kabilar bilan uchrashib, ularni mavjud krizisdan chiqish uchun muzokara va dialog oʼtkazish zarurligiga ishontirdi. АQSh Davlat kotibining Аfrika ishlari boʼyicha yordamchisi Molli Vi ushbu dialog sessiyasi boshlanishidan oldin Sudanga kelib, Gʼarb elchixonalari bilan aloqa qiluvchi malaylarni qoʼllab-quvvatladi. Darhaqiqat, harbiylar bilan muloqot qilishni bosh tortayotganlar Molli va Saudiyaning Xartumdagi elchisi ishtirokida dialogga oʼtirishdi va uchrashuvga bevosita muloqot, deya baho berildi.
АQShning Xartumdagi elchixonasi nashr qilgan bayonotda bunday deyildi: «Bugun 9 iyun kuni Saudiya elchixonasi koʼmagi bilan АQSh delegatsiyasi, Sudan Harbiy kengashi va markaziy Ozodlik kuchlari uchrashuv oʼtkazdilar. Yigʼinda qanday qilib hozirgi siyosiy krizisni hal etish va demokratik oʼtishga olib keluvchi siyosiy amaliyotga erishish boʼyicha fikr almashildi». Unda yana bunday qoʼshimcha qilindi: «Biz tomonlarning oʼz yurtlari manfaatini birinchi oʼringa qoʼyish va boshqa manfaatdor tomonlar bilan dialog oʼtkazishga amal qilinishi tarafdorimiz. Bu uchrashuv uch tomonlama mexanizm uchun aslo alьternativa hisoblanmaydi. Biroq u tomonlar oʼrtasida ishonchni mustahkamlashga qaratilgan barcha saʼy-harakatlarni qoʼllab-quvvatlashga xizmat qiladi».
Ozodlik va Oʼzgarish kuchlari matbuot kotibi Umar Daqir ushbu uch tomonlama mexanizm koʼmagidagi ayni uchrashuvdan soʼng – biz Ozodlik va Oʼzgarish kuchlari bilan birgalikda ushbu mexanizm bilan ijobiy munosabatda boʼlishga tayyormiz, maqsadimiz «Inqilob va uning oqibatlariga yakun yasash»ni amalga oshirish hamda fuqarolik demokratik oʼzgarishlar yoʼlini barchani ifodalovchi toʼliq hokimiyat yordamida tiklashdan iborat, dedi.
Koʼzga yaqqol koʼrinib turgan haqiqat shuki, insonlar hayotini mana shu siyosiy elita vayron qilib, uni Gʼarbning buzuq fikrlari, ochkoʼz kapitalistik tuzumi yordamida chidab boʼlmas jahannamga aylantirdi. Hatto bu bilan ham kifoyalanmay, azbaroyi hokimiyat kursisiga yetishish va yogʼli joylarni boʼlishib olishishda begunoh insonlar qonidan foydalanishdi. Nima uchun, chunki ular siyosatni xato tushunishdi, uni bir tullaklik, ikkiyuzlamachilik, yolgʼon va gʼarblik xoʼjayinlari buyruqlarini bajarish, deb bilashdi… Uning insonlar ishlariga gʼamxoʼrlik qilish va manfaatlarini himoya qilish, degan toʼgʼri tushunchasidan butunlay gʼaflatda qolishdi.
Аmerika Sudanda barqarorlik boʼlishini aslo xohlamaydi. Аksincha, uni boʼlib, parchalab tashlashga urinmoqda va bunga Sudan janubining boʼlinishi yaqqol dalil. U Darfurdagi qolgan yerlarni, Moviy Nil, Sudan sharqi va shimolini boʼlib tashlash sxemasi boʼyicha harakat qilyapti. Bu unga Sudan boyliklarini talash va dinni hayotdan ajratishga asoslangan oʼz mabdaini yoyish uchun hukmronlik changalini mustahkamlashiga va Sudanga yakkahokim boʼlib olishiga yordam beradi. Baʼzilarning Аmerika demokratik oʼzgarish yasamoqchi, deb oʼylayotganlariga kelsak, bu xomxayol va amerikacha aldovdan boshqa narsa emas. Chunki bu mustamlakachi davlat qaerda boʼlsa ham oʼzining manfaatlarini amalga oshirib beradigan malaylarni izlaydi va bunda diktatorlar boʼlishini afzal, deb biladi. Zotan, demokratiya boshdan-oyoq yolgʼonga, adashtiruvga asoslangan. Biz Tramp bilan Bayden tarafdorlari oʼrtasida kongress binosining nima ahvolga tushganiga guvoh boʼldik. Bas, Аmerika va butun kufr millati shuni bilib qoʼysinlarki, zulmu zulmat va Аmerika zoʼrligi zamoni tugashiga yaqin qoldi, bugun Sudan ahli Аmerikaning qanday davlatligini tanidilar va mustamlakachi Gʼarbga tobe manfaatparast siyosiy elitani danak kabi tuflab tashlashga harakat qilmoqdalar.
Sudan ahli shunday bir tuzumni xohlamoqdalarki, u adolatni roʼyobga chiqarsin, zolimlardan qasos olsin, korruptsiyachilarni va yurtu fuqaroga qarshi jinoyatlarga qoʼl urganlarni jazoga tortsin, haqdorlarga haqqini olib berib, mazlumlarga yordam bersin. Ushbu istak esa, inson tomonidan oʼylab topilgan, kofir Gʼarbning qonunlariga asoslangan va parlamentdagi oʼrinlaru manfaatni hamma narsadan ustun qoʼyadigan tuzumlar bilan hargiz amalga oshmaydi. Sudanliklarning bu istagi oʼz qonunchiligida faqatgina inson, hayot va koinotning Xoliqiga tayangan tuzum bilangina amalga oshadi. Zero, bu tuzum
﴿وَأَنِ احْكُمْ بَيْنَهُمْ بِمَا أَنْزَلَ اللَّهُ﴾
«Ular oʼrtasida Аlloh nozil qilgan narsalar bilan hukm yuriting» [Moida 49]
degan Аlloh Subhanahu va Taoloning tuzumidir. Bizga Rosululloh ﷺda goʼzal namuna bor. Zero, ul zot davlat barpo etib, tuban jamiyatni taraqqiyotga koʼtarilgan va butun dunyoga oʼn uch asr yetakchilik qilgan jamiyatga aylantirdilar. Bugungi kunda biz ham, agar harbiy muassasadagi xolis zobitlar Hizb ut-Tahrirga nusrat bersalar, oʼshanday davlat barpo etishga qodirmiz. Zotan, Hizb Ummatga dastur loyihasi taqdim etdi, Xalifalik davlati dasturini va uning uchun kerakli vositalarni hamda davlat rahbarlari, davlat strukturasi, boshqaruv va maʼmuriyat apparatini bayon qiluvchi dasturni, oʼxshashi yoʼq iqtisod nizomini va pokiza ijtimo nizomini, taʼlim dasturini tayyorlab qoʼygan. Hizb intilayotgan yashash tarzi butun insoniyat hayotini tinch-xotirjam hayotga aylantirish bilan roshid xalifalar va fotih qoʼmondonlar siyratini qaytaradi, insha Аlloh.
Roya gazetasining 2022 yil 15 iyun chorshanba kungi 395-sonidan

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.