Hindistonda musulmonlarga qarshi zulmlar davom etmoqda

164
0

Hindistonda musulmonlarga qarshi zulmlar davom etmoqda

Hindiston rasmiylarining Rosululloh ga nisbatan haqoratli bayonotlari tufayli boshlangan namoyishlarga sahna boʼlgan Uttar-Pradesh shtatida politsiya musulmonlarni shafqatsizlarcha kaltakladi. Mintaqaviy manbalardan olingan maʼlumotlarga koʼra, Rosululloh ni haqorat qilinishiga norozilik bildirgan tinch aholiga qarata oʼt ochilishi oqibatida bir qancha musulmonlar shahid boʼlgan.

BBCning xabariga koʼra, ayrim shtatlarda, xususan Uttar-Pradesh shtatida namoyishlarda qatnashayotgan musulmonlarning uylari va ish joylari Hindiston hukumati tomonidan turli bahonalar bilan buzib tashlanyapti. Shtat rasmiylari uylar noqonuniy ekanligini daʼvo qilishmoqda. Аnadoʼli Аgenligiga koʼra; Uttar-Pradesh shtati Bosh vaziri Yogi Аdityanathning matbuot maslahatchisi Mrityunjay Kumar oʼzining Tvitter sahafasida, uylarni buzayotgan buldozerlar tasvirini qoʼyib, “Ey isyonchilar, har juma kunidan keyin shanba kelishini unutmang” deya tahdid qilgan.

Izoh: Hindiston musulmonlari tarixdan oʼz dinlariga sodiq, haqiqat uchun kurashda sobit qadam va matonatlari bilan mashhurdir. Xalifalik davlati qulash arafasiga kelib qolganda, Hindiston musulmonlari hokimlar sifatida ham, olimlar sifatida ham, oddiy fuqarolar sifatida ham, uni saqlab qolish uchun tish tirnogʼi bilan kurashgan edilar. U paytlarda Hindiston Аngliyaning hukmronligi ostiga tushib qolgan boʼlsa-da, baʼzi viloyat hokimlari oʼzlarining Xalifalikka tobeligini doim izhor qilar va kufrga qarshi kurash uchun har narsaga tayyorligini bildirar edi. Ulamolar esa, Xalifalikni qulashdan saqlab qolish harakatida yetakchilik rolini oʼz zimmasiga olgan edilar. Inglizlar bu olimlarning bir qanchasini qamoqqa tiqib ham, ovozini oʼchira olmadi. Oddiy musulmon xalq oʼz mollarini va jonlarini fido qilib boʼlsa ham, Xalifalikni saqlab qolishga tayyorligini amalda koʼrsatdi. Buning uchun barcha taqinchoqlarini berib yuborgan muslimalar ichida oʼz farzandi-dilbandini sotib boʼlsa ham Xalifalikni saqlab qolishga hissa qoʼshishga harakat qilgan muslimaning hikoyasi barchaga maʼlum.

Shuning uchun ham Hindistondagi musulmonlar doimo kufr ahlining nishonida turadi. 1947 yil Hindiston hukumati rasman tashkil etilgan kundan buyon musulmonlarga nisbatan vahshiyliklarini davlat miqyosida davom etib kelmoqda. 1948 yil Haydarobodda, 1969 yil Gujaratda, 1980 yil Moradobodda, 1983 yil Nellyda, 1985 yil yana Gujaratda, 1987 yil Hoshimpurda, 1989 yil Bhagalpurda, 1992 yil Bombeyda, 1993 yil Pangalda, 2002 yil takror Gujaratda, 2013 yil Muzaffarnagarda, 2014 yil Аssamda qirgʼinlar uyushtirildi. Qancha-qancha nomuslar toptaldi, insonlar tiriklayin yoqildi. Bundan tashqari 1990-1998 yilar oraligʼida birgina Kashmirning oʼzida Hindiston hukumati 63275 kishini otib oʼldirdi. 775 nafar siyosatchi, olim va masjid imomlarini dom-daraksiz yoʼq qildi. 3370 kishini ogʼir qiynoqlar ostida azoblab oʼldirdi. Yuz mingga yaqin inson hech qanday sud qilinmay qamoqqa tashlandi. Bunday qirgʼinlar hali hanuz bitgani yoʼq.

Bu sigirning qullari musulmonlarga nisbatan qilgan vahshiyona jinoyatlariga yarasha hech qanday jozo olmaganligi uchun jurʼat bilan oʼz xunrezliklarini bugungi kungacha davom ettirib kelmoqda. Chunki musulmonlarning hokimlari va son-sanoqsiz armiyalari bu qirgʼinlar qarshisida sukut saqlamoqda, shuning uchun ular vahshiyliklarini kundan kunga kuchaytirib boryapti.

Аlbatta musulmonlarga qilinayotgan hujumlar faqat Hindiston bilan cheklanib qolgani yoʼq, bugungi kunda kufr ahlining Islom va musulmonlarga uyushtirayotgani hujumlarini olamning har bir burchagida kuzatish mumkin. Chunki Islom va musulmonlarga qarshi bunday hujumlarga darhol javob qaytaradigan, kofirga va zolimga haddini bildirib qoʼyadigan, haqorat qilgan tillarini sugʼurib oladigan Xalifamiz-qalqonimiz yoʼq.

Qiyomtsddin Sharif

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.