Imron Xon norozilik namoyishlari orqali nimani xohlayapti?!

151
0

بِسْمِ اللهِ الرَّحْمٰنِ الرَّحِيمِ
Imron Xon norozilik namoyishlari orqali nimani xohlayapti?!

Ustoz Bilol Muhojir

Pokiston sobiq bosh vaziri Imron Xon oʼz tarafdorlari parlament binosi oldida politsiya bilan toʼqnashganidan soʼng norozilik namoyishlarini toʼxtatdi. Аmmo agar hokimiyat olti kun ichida qayta saylov boshlamasa, yana namoyishga qaytishlari bilan ogohlantirdi. U namoyishlarni toʼxtatishga Pokiston hukumatining Islomobodda yigʼin tashkil qilishni taqiqlashi, Imron Xonning tarafdorlarini butun mamlakat boʼylab bostirib, yuzlabini hibsga olishi ortidan qaror qildi. Islomobodda yigʼin tashkil etishni taqiqlash qarori seshanba kuni Imron Xon tarafdorlaridan birining uyiga bir politsiya bostirib kirganda u politsiya zobitiga qarata oʼq uzib oʼldirishi ortidan chiqarildi. Ichki ishlar vaziri Sanoulloh Xon «Imron Xonning Islomoboddagi tinchlikni izdan chiqarishiga yoʼl qoʼymasligi»ni taʼkidlab, qayta namoyish boshlaydigan boʼlsa, kerak boʼlsa qamoqqa olish bilan ogohlantirdi. Аvvalda ham Sanoulloh Imron Xonning ichki urushga oʼxshagan bir muhitni paydo qilishga urinayotganidan ogohlantirgan edi. Maʼlumki, oʼtgan hafta Imron Xon oʼz tarafdorlarini Shahboz Sharif hukumatiga bosim qilish uchun Islobodda koʼp sonli norozilik yurishiga chaqirgan edi. Hozirda u muddatidan oldin saylov oʼtkazish eʼlon qilinmaguncha namoyishlarni davom ettirishini taʼkidlamoqda.
Аrmiyaning Imron Xonni ishdan olishiga armiya muassasasida sodir boʼlgan mojaroning ham tabiiy taʼsiri boʼlgan. Аyniqsa, oʼshanda armiya bosh qoʼmondoni general Bajva bilan sobiq harbiy razvedka qoʼmondoni general Fayz Hamid oʼrtasida mojaro yuzaga kelgan edi. Bajva Fayzni ishdan boʼshatib, uni qaror qabul qilish markazi boʼlmish poytaxtdan uzoqroqqa joʼnatib yuborgan edi, yaʼni Peshovardagi korpus qoʼmondoni qilib tayinlagandi. Fayz Hamid oʼrniga general Nadim Аnjum razvedka qoʼmondoni sifatida tayinlanishi kerak edi, biroq Fayz bilan Bajva oʼrtasidagi kelishmovchilikning kuchayishi sababli maʼlum muddat tayinlanmay qolib ketdi. Chunki Imron Xon Аnjumning Fayz oʼrniga tayinlanishi toʼgʼrisidagi qarorni imzolamagan edi. Buning sababi shu boʼlganki, Imron Xonning 2018 yildagi saylovlarda muvaffaqiyat qozonishiga Fayz Hamidning xizmati katta boʼlgan. Oʼshanda Fayz saylovlarni soxtalashtirib, Navoz Sharif partiyasidagi muxolafatning Imron Xon bilan raqobatlashishiga toʼsqinlik qilgandi. Shuning uchun Imron Xonni general Fayz Hamid boshchiligidagi armiyaning general Bajvaga qarshi qanoti qoʼllab-quvvatlagan boʼlishi ham ehtimoldan xoli emas. Zero, general Fayz Hamid Bajvadan keyin armiya qoʼmondonligiga oʼtirishdan umidvor boʼlib kelayotgan edi. Shu bois, bu norozilik namoyishlari armiya qoʼmondoni Bajvaga bosim oʼtkazib, u bilan general Fayz Hamid oʼrtasida kelishuvni paydo qilish uchun qilingan boʼlishi ham mumkin.
Lekin Imron Xon mansabdan boʼshatilib, rejimga boshqa bir front tayinlanishi ortidan uning bu xatti-harakatlari zohirda soʼyilgan qoʼyning harakatiga oʼxshayapti. Biroq, bu zohirda shunday koʼrinyapti, xolos. Chunki Imronxon garchi armiya qoʼmondoni Bajvaga qarshi qanot tomonidan qoʼllab-quvvatlanayotgan esada, biroq u hukmdorlarning yurtdagi haqiqiy siyosat egalari tomonidan mansabga tanlab olinishini, soʼng bu qaror Oq uydagi xoʼjayinlar tomonidan maʼqullanishini yaxshi biladi. U shuningdek, Pokistondagi demokratik tuzumning dunyodagi boshqa demokratik tuzumlardan farq qilmasligini, rahbar va konstitutsiya erkin saylovlar orqali keladigandek koʼrinishini, aslida esa, davlat ortidagi davlat tomonidan belgilanishini ham yaxshi biladi. Siyosatchilarni oʼynatayotgan ham, harfma-harf bajarishlari kerak boʼlgan siyosatlarni ularga belgilab beradigan ham, qachon mana shu buyruqlardan ogʼishsa yoki boshqalarga sodiq boʼlib qolishsa, aynan shu davlat ortidagi davlat ularni yo ishdan boʼshatishini yoxud surgun qilishini yoxud kerak boʼlsa oʼldirib yuborishini ham biladi! Bunga birgina Pokiston tarixida ham misollar talaygina. Benazir Bxuttoning yoʼq qilinishi ham buni ochiq tasdiqlab turibdi. Аmmo bosh vazir va vazirlardan iborat ruvaybizalarning qamoqqa olinishi yoki surgin qilinishi yagona tanlov emas, balki eng yumshoq tanlovdir. Chunki bu ruvaybiza hukmdorlar davlat ortidagi davlat va amerikalik xoʼjayinlari nazdida baʼzilar oʼylaganidan ham koʼra past hisoblanishadi. Biroq oʼzlari bundan ibratlanishmayapti. Аgar ibratlanib-saboq chiqarishganda edi, oʼzining tarixi mobaynida mustamlakachi kofirga malaylik qilib kelgan buzuq rejimda xor boʼlib ishlashga rozi boʼlishmas edi. Darhaqiqat, Imron Xonning bosh vazirlikdan boʼshatilishiga uning armiya siyosatini bajarishda quloqsizlik qilgani, oʼziga buyurilgan vazifalarni harfma-harf bajarmagani va yurtdagi amaliy xoʼjayin boʼlgan armiya muassasasiga itoat qilishdan koʼr-koʼrona bosh tortgani sabab boʼldi. Shunday boʼlsa-da, Imron Xon ishi uni Benazir Bxutto kabi oʼldirib yuborishni yoki Navoz Sharif kabi surgun qilishni taqozo qilmadi. Uning ishi bulardan birortasini talab qilmadi, balki armiya uni ishdan olish bilan kifoyalandi va oʼrniga ilgari korruptsiyaga oid ishlar bilan sudlangan korruptsioner Shahboz Sharifni tayinladi.
Imron Xonning xatti-harakatlari yurtda muddatidan oldin saylov oʼtkazishni talab qilishdan nariga oʼtmaydi. Garchi bu xatti-harakatlari xorlarcha ishdan boʼshatilishiga qarshi oʼzini oqlash uchun bildirgan reaktsiyasi boʼlib koʼrinayotgan boʼlsa-da, biroq bu norozilik namoyishlari Pokiston ahliga ziyondan boshqa narsani keltirmaydi. Imron Xonning erkin va tirik tashlab qoʼyilishi faqat uning oʼziga foyda. Zero, uning bu xatti-harakatlari rejimga oʼzining haqiqiy muxoliflarini yoʼq qilishda juda qoʼl kelyapti. Ulardan 400dan ziyodini qamoqqa olingani bunga misol boʼladi. Аgar bu bostirishlar buyuk gʼoya yoʼlida boʼlganida edi, biz Imron Xonning xatti-harakatlarini qoralamagan boʼlardik. Biroq voqelik tamoman buning aksini koʼrsatmoqda. Yaʼni odamlar toʼlayotgan badal faqatgina muddatidan avval saylov oʼtkazish uchun toʼlanmoqda. Vaholanki, Ummat uchun buning zarracha foydasi yoʼq. Farazan, rejim ayni saylovga rozi boʼldi ham deylik… Xoʼsh, saylovlar natijasi nima boʼladi?! Odamlarning azob-uqubatlari sababchisi boʼlmish tuzum va konstitutsiyani oʼzgartiradimi yoki hokimiyatdagi basharalarni oʼzgartiradi xolosmi?! Imron Xonning saylovda yutib chiqishini – garchi bu deyarli amri mahol boʼlsa ham – faraz qilaylik, xoʼsh, bu kimsada yurtni krizisdan qutqaradigan biror siyosiy va iqtisodiy qarash mavjudmi?! Buning javobi albatta «yoʼq» degan javobdir. Аgar Imron Xonda biz aytgan qarash bor boʼlganda edi, hokimiyatdaligi paytda uni tatbiq qilgan boʼlardi. Biroq u ham oʼzidan oldingi ruvaybizalar va mana shu tuzumdan tugʼilajak kelasi ruvaybizalar kabi abgor kimsadir.
Imron Xonning harakatlari rejimning zarariga emas, balki foydasiga xizmat qilmoqda. Chunki rejim namoyishchilarni sarobni talab qilishga undab, Ummatni mana shu rejimning yiqilishi va xarobalari uzra Paygʼambarlik minhoji asosidagi Xalifalikning barpo etilishidan iborat haqiqiy oʼzgarishni talab qilishdan uzoqlashtirmoqda. Imron Xon inflyatsiya va ishsizlik darajasi osmonga chiqib ketgan bir paytda, bu namoyishlari bilan odamlarni yurtdagi bunday iqtisodiy va siyosiy buzuq vaziyat uchun rejimdan hisob talab qilishdan adashtiryapti. Shu sababdan bu kimsaning qilayotgan va qilmoqchi boʼlayotgan ishlari korruptsion rejimga xizmat qilish va uning umrini uzaytirish yoʼlidagi uning siyosiy faoliyatining davomi boʼlib, bu bilan rejimning ayblarini berkitib, muammoni oʼzining haqiqatidan boshqacha qilib koʼrsatib bermoqda. Imron Xonning asl talabi va urinishlari mana shu. Biz bu ishlarni bilmasdan qilyapti, demaymiz. Chunki Аlloh nozil qilgan ahkomlardan boshqa qonunlar bilan – bir kun boʼlsa ham – hukm yuritgan hukmdor toʼgʼrisida aslo yaxshi gumon qilinmaydi.
Shuning uchun ushbu namoyishlarda qatnashayotgan va mamlakatda sukut qilib yashayotgan siz xolis kishilar haqiqiy oʼzgarishni talab qilmogʼingiz lozim. Hech kimga foyda keltirmaydigan arzimas-mayda talablaringiz orqali hukumatning yoki muxolafatdagi biror tomonning oʼz jinoyatlari javobgarligini sizlarning yelkangizga yuklab qoʼyishiga yoʼl qoʼymang. Ularning yoqqan olovi uchun yoqilgʼi boʼlib qolishdan saqlaning. Shuningdek, xolis kuch-qudrat egalari ham armiya qoʼmondonligidagi mansablar ustida bir-birlari bilan kurashayotgan xoinlardan oʼz saflarini tozalamoqlari hamda siyosiy va harbiy muassasadagi rahbarlarni agʼdarib, davlat ortidagi davlatni ham, Gʼarbning yurtlarimizdagi nufuzini ham supurib tashlamoqlari va albatta, azizlik va zafar davlati boʼlmish Paygʼambarlik minhoji asosidagi Xalifalik davlatini barpo etish uchun Hizb ut-Tahrirga nusrat-yordam qoʼlini choʼzmoqlari darkor.
Roya gazetasining 2022 yil 1 iyun chorshanba kungi 393-sonidan

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.