BMT oziq-ovqat inqirozi haqida ogohlantirdi

393
0

BMT oziq-ovqat inqirozi haqida ogohlantirdi

BMTga qarashli Oziq-ovqat va qishloq xoʼjaligi tashkiloti (FАO) va Jahon oziq-ovqat dasturi (WFP) keng tarqalgan oziq-ovqat inqirozi haqida ogohlantirdi, ularga koʼra, ochlik oʼnlab mamlakatlarda barqarorlikka tahdid solmoqda. WFP ijrochi direktori Devid Bisli hozirgi sharoit 2007-2008 yillardagi oziq-ovqat inqirozi va 2011yildagi arab bahori davridan ancha yomonroq ekanini va tez harakat qilish zarurligini bildirdi.

Shuningdek, WFPning hisobotida keltirilishcha, 56 mamlakatda 533 million kishi toʼyib ovqatlanmaydi. 84,34 million aholiga ega boʼlgan Turkiyada esa, 14,8 million kishining yetarli darajada oziq-ovqat isteʼmol qila olmasligi koʼrsatilgan. Аyni paytda Oksfam tashkilotining hisobotida aytilishicha, bugungi kunda milliarderlar soni 2020-yilga nisbatan 573 kishiga koʼpaygan. Bu esa, har 30 soatda bir milliarder koʼpayayotganini bildiradi.

Izoh: Dunyo boʼylab izlanishlar olib boradigan juda koʼp nufuzli tadqiqot markazlari har yili turli sohalarda oʼz hisobotlarini eʼlon qilishadi. Eʼtibor beradigan boʼlsangiz, bu tadqiqot markazlarining hisobotlari faqat salbiy natijalar bilan yakunlanayotganiga guvoh boʼlasiz. Masalan dunyo boʼylab qochqinlar soni kundan kunga ortib borayotgani, qanchalagan insonlarning ochlikdan oʼlim yoqasiga kelib qolgani va ayni paytda bir kunning oʼzida tonnalagan oziq ovqat chiqindiga tashlanayotgani, oziq ovqat u yoqda tursin, toza ichimlik suviga zor aholining ortib borayotgani, uy-joysiz koʼchada qolaganlar soniga har yili son-sanoqsiz insonlarning qoʼshilayotgani, oʼn minglagan, balki yuzminglagan insonlarning oddiy meditsina xizmatidan foydalana olmayotgani va hokazo. Bunday misollardan koʼplab keltirish mumkin. Biror marta boʼlsa ham “Аmerika yoki Yevropa davlatlari kabi rivojlangan davlatlarning birortasida falon vaqtga kelib qashshoqlikka umuman barham berilishi yoki Falon rivojlangan davlatda uy-joysiz koʼchada qolgan biror kishi topilmasligi haqida hisobot eshitganmisiz, eshitmaysiz ham. Buning sababi dunyo boʼylab kapitalizmning hukmronlik qilayotganiga borib taqaladi. Chunki bunday holatlar faqat moddiy manfaat ustiga qurilgan kapitalizmning tabiatida mavjuddir. Shuning uchun bugungi kunda olamning eng boy davlatlarida ham koʼchalarda, axlatxonalarda och-yupun kun kechiradiganlarning soni millionlab kishilarni tashkil etishi tabiiy holga aylangan.

Dunyoning 90dan ortiq mamlakatlarida faoliyat yurituvchi Oksfam tashkilotining soʼngi hisobotidan ham kapitalizmning asl basharasini koʼrishingiz mumkin. Uning hisobotida aytilishicha, joriy yilda oziq-ovqat narxlarining qariyb 30 foizga oshgani sababli 263 million kishi qashshoqlik chegarasidan ham past darajaga tushib qolishi kutilmoqda. Аyni hisobotga koʼra, oxirgi ikki yil ichida oziq-ovqat va energiya narxlarining koʼtarilishi orqali oʼz boyliklariga boylik qoʼshgan 62 nafar yangi oziq-ovqat milliarderlari paydo boʼlgan. Аfsuski bunday hisobotlarning cheki yoʼq. Kapitalizmning tabiati yeb-toʼymas ochkoʼzlik boʼlsa, qanday qilib undan “falon vaqtga kelib qashshoqlikka umuman barham berilishi yoki Falon rivojlangan davlatda uy-joysiz koʼchada qolgan biror kishi topilmasligi” haqida hisobot kutish mumkin?!

Bunday hisobot boʼlsa, faqat Islomda boʼladi xolos. Ha, zakot yuklangan karvonlari butun yurtni kezib, zakot oladigan bironta kambagʼalni topolmagan, hamda jarchilari “Kim uylanishni istasa, kelinning mahrini biz beramiz”, “Kimning zimmasida qarzi boʼlsa, uni biz toʼlab beramiz”, hatto “yahudiy va nasroniylardan boʼlgan insonlarning qarzlari boʼlsa uni ham toʼlaymiz”, “Kim hajga bormoqchi boʼlsa, xarajatlarini biz koʼtaramiz”, deya koʼchalarni aylanib, jar solib yurgan Xalifalik davlatida boʼladi xolos.

Islom tuzumi kambagʼallikka barham berish,  oziq-ovqat, turar joy va meditsina kabi zaruriy ehtiyoj masalalirini hal qilish borasida misli koʼrilmagan tuzum ekanligini tarixda isbotday oldi. Xalifalik davlati soyasida yashagan insonlar bir tarafdan tonnalab oziq ovqatlar axlatxonaga tashlanib, ikkinchi tarafdan bir burda nonga zor insonlarning ochlikdan oʼlishini tasavvuriga ham sigʼdira olmasdi. Yevropalik bir sayyoh Islom davlatining eng zayif paytida ham koʼchalarda birorta tilanchi koʼrmaganligini hayrat bilan hikoya qilgan edi. Xalifalik davlati soyasida hayot qanday gullab yashnaganini doʼst ham, dushman ham juda yaxshi biladi, buning uchun uzundan-uzoq faktlarni keltirishga hojat yoʼq. Demak bu olam kapitalizm razolatidan qutulib, uning oʼrnini Islom nizomi egallamas ekan, bunday hisobotlarning yana ham ayanchlirogʼi chiqishda davom etaveradi. Chunki yer yuzidagi adolatsizliklarni faqat Islom nizomigina bartaraf qila oladi xolos. Zero Аlloh Taolo shunday marhamat qiladi:

وَمَنْ أَعْرَضَ عَن ذِكْرِي فَإِنَّ لَهُ مَعِيشَةً ضَنكاً وَنَحْشُرُهُ يَوْمَ الْقِيَامَةِ أَعْمَى

«Kim Mening eslatmamdan yuz oʼgirsa, bas, unga tang-baxtsiz hayot boʼlur, uni qiyomat kuni koʼr holda tiriltirurmiz» [Toha 124]

Qiyomuddin Sharif

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.