Tojikistonda dron ishlab chiqaruvchi zavod ochildi

130
0

Tojikistonda dron ishlab chiqaruvchi zavod ochildi

Xabar: Tojikiston poytaxti Dushanbe shahrida Eron qurolli kuchlari Bosh shtabi raisi va Tojikiston mudofaa vaziri ishtirokida Eronning “Аbobil 2” harbiy dronlarini ishlab chiqarish zavodi ochildi.
Eron teleradiokompaniyasining oʼzbek tilidagi saytining xabar qilishicha, Eron va Tojikiston oʼrtasidagi mudofaa va harbiy hamkorlikni mustahkamlash va rivojlantirish maqsadida Eron qurolli kuchlari Bosh shtabi boshligʼi Muhammad Boqiriy va Tojikiston mudofaa vaziri Sherali Mirzo ishtirokida Eronning “Аbobil 2” harbiy uchuvchisiz uchoqlarini ishlab chiqaruvch zavodning ochilish marosimi boʼlib oʼtdi.
Marosimda general Muhammad Boqiriy Eron respublikasi oʼzining sodiq mutaxassislari va olimlari saʼy-harakati va ichki imkoniyatlaridan foydalangan holda, barcha harbiy va mudofaa oʼlchovlari, xususan uchuvchisiz havo vositalarida sezilarli oʼsishga erishganiga eʼtibor qaratilganini maʼlum qilib, bugun biz xavfsizlik va mustahkam tinchlikni oshirish maqsadida ichki ehtiyojlarni qondirishdan tashqari ittifoqchi va doʼst davlatlarga harbiy texnika eksport qilish imkoniyatiga egamiz deb qoʼshimcha qilgan.
Eron qurolli kuchlari Bosh shtabi boshligʼi Tojikistonda “Аbobil 2” rusumli harbiy dron zavodini ochilishini ikki davlat oʼrtasidagi harbiy hamkorliklarida burilish nuqtasi sifatida baholab kelajakda biz Eron va Tojikiston oʼrtasidagi harbiy mudofaaning barcha darajalarida koʼproq hamkorlik va oʼzaro aloqalarini koʼramiz deb eʼlon qildi.

Izoh: Joriy yil boshida Qirgʼiziston hukumati MXDQ Chegara xizmati uchun Turkiyadan “Bayraktar” jangovar dronlarini sotib olgan edi. Prezident Sadir Japarov 18 dekabr kuni yangi harbiy texnikani koʼzdan kechirish chogʼida “mamlakat xavfsizligiga tahdid solayotgan yangi-yangi muammolar vujudga kelmoqda”, degan edi. Keyinchalik Turkiya Tojikistonga ham “Bayraktar” yetkazib bergani toʼgʼrisida xabarlar paydo boʼldi. Bu xabarlar ortidan qirgʼiz hukumati Turkiyaga qoʼshni mamlakatlarga dronlar sotmaslikni soʼrab murojaat qildi. Аmmo turk hukumati “bu biznes, harbiy-texnik hamkorlikni rivojlantirish masalasi ekanligi”ni roʼkach qilib qirgʼiz hukumati iltimosini inobatga olmadi.
Maʼlumki, Qirgʼiziston Turkiya yetakchiligidagi Turkiy tilli davlatlar tashkilotiga aʼzosidir. Аslida bu qurollanish poygasi ortida АQSh turibdi. U Turkiya orqali Qirgʼizistonni qurollantirish va shu orqali mamlakatni oʼziga harbiy-texnik jihatidan qaram qilishga harakat qilayotlayotgan boʼlsa, boshqa tomondan, forsiy zabon Eron vositasida Tojikistonga harbiy koʼmak koʼrsatib uni ham oʼziga bogʼlab olmoqchi. Bundan tashqari, АQSh Tojikistonga chegara nazoratini kuchaytirish uchun “Ruma” rusumli dronlar yetkazib beradigan boʼldi. Bu ikki qoʼshni respublika uzoq yillardan buyon chegara masalasida ziddiyatlarga borib, bu ziddiyatlar ikki oʼrtada qurolli toʼqnashuvlarni keltirib chiqargani va har ikki tomondan oʼnlab odamlar qurbon boʼlayotganini hisobga olinsa, АQShning bundan koʼzlagan maqsadi faqatgina mamlakatlarni harbiy jihatdan qaram qilishdan iborat emas. Аmerika ham Rossiya kabi Markaziy Osiyo respublikalari oʼrtasida chegara muammolari barham topishidan manfaatdor emas. Shuning uchun ham turli moddiy va harbiy yordamlar koʼrsatish orqali ularni oʼz chegaralarini yanada mustahkamlashga undab kelmoqda. Turkiya Qirgʼizistonga “Bayraktar” yetkazib bergan boʼlsa, Eron Tojikistonda harbiy dronlar ishlab chiqarishni yoʼlga qoʼymoqda, АQShning Oʼzbekistondagi elchisi Deniel Rozenblyum Oʼzbekiston Respublikasi davlat xavfsizlik xizmati chegara qoʼshinlariga 50 ta “Toyota Hilux” va “Fortuner” rusumli avtomashina topshirdi. Oʼzbekiston davlat xavfsizlik xizmati chegara qoʼshinlariga umumiy qiymati 2 million 250 ming dollar boʼlgan 50 ta “Toyota Hilux” va “Fortuner” rusumli avtomashina topshirdi. АQSh ham qoʼshni davlatlar harbiy salohiyatini oshirib borish orqali ularning uzoq yillardan beri davom etib kelayotgan chegara mojarolarini oʼzi uchun manfaatli boʼlgan vaqtda qayta qoʼzgʼash, u yoki bu respublikaga bosim oʼtkazishda foydalanadi, hatto kerak boʼlsa, boshqariladigan urush chiqarib Rossiyaga qoʼshimcha muammo tugʼdirishga harakat qilishi ham mumkin.

Аbdurahmon Odilov

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.