Shvetsiyada islomiy maktablarni yopishdan musulmonlar shaxsiyati nishonga olingan

193
0

بِسْمِ اللهِ الرَّحْمٰنِ الرَّحِيمِ
Shvetsiyada islomiy maktablarni yopishdan musulmonlar shaxsiyati nishonga olingan

Payshanba kungi matbuot xabarlariga koʼra, Shvetsiya bilim yurtlar inspektsiyasi mamlakatdagi ikkita xususiy islomiy maktablarning litsenziyasini bekor qildi. Bu Shvetsiya xavfsizlik xizmatining «oʼquvchilar Islom ekstremizmi xavfi ostida» ekaniga oid ogohlantiruvidan soʼng boʼlgan. Bu xususda Hizb ut-Tahrir – Shvetsiya matbuot boʼlimi oʼz bayonotida bunday dedi:
«Xususiy islomiy maktablarni yopish taʼlimdagi yomon natijalar yoki kamchiliklarga asoslangan qaror emas. Balki, u Islomga nisbatan gʼarazli niyatdagi siyosiy qarordir. Siyosiy partiyalar va siyosatchilar Islomning taraqqiyotidan qoʼrqib, stressga tushishyapti… Bu esa, ularni magʼlubiyatga yetaklaydigan kurash olib borishga majbur qilyapti… Biz bu integratsiya musulmonlarning oʼzligini yoʼq qilish va bolalarni ilmoniy qadriyatlarga zoʼrlab oʼrgatishga qaratilgan bir qurol ekanini koʼp gapirganmiz. Аgar musulmonlardan kimdir Gʼarb sivilizatsiyasiga qorishmasa, tamom, u ekstremist hisoblanadi va bu hech maʼno-mantigʼi boʼlmagan ayblovdir. Shuning uchun islomiy xususiy maktablarning yopilishini shu nuqtai nazardan tushunmoq kerak, chunki Islom tinimsiz hujumlarga, islomiy qadriyatlari ogʼir muammolarga uchramoqda. Zero, islomiy maktablarni yopish, Qurʼoni Karimni yoqish, musulmon bolalarni ijtimoiy tarmoq tomonidan «oʼgʼirlash», bular oʼrtasida hech qanday farq yoʼq, barchasi assimilyatsiya siyosatining bir qurolidir».
Matbuot bayonoti soʼnggida siyosiy partiyalar va siyosatchilarga murojaat sifatida bunday deyildi:
«Siz oʼz tuzumingizning vayron boʼlayotganini bilib turibsiz… Biz sizning Islomga qarshi kurashdagi omadsizligingiz va magʼlubiyatingizni yashirishga urinayotganingizni tushunib turibmiz. Biroq, Islomga qarshi kurashingiz gʼirt ahmoqona boʼlib, faqat oʼzingizning tezroq yiqilishingizga xizmat qiladi. Siz Islomni musulmonlar yuragidan oʼchirishga hargiz muvaffaq boʼlolmaysiz. Chunki bizning qadriyatlar haqiqiy boʼlib, hech qachon sotilmaydi».
Roya gazetasining 2022 yil 18 may chorshanba kungi 391-sonidan

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.