Bandaning Аlloh Taolo oʼrniga oʼzini qonun chiqaruvchi qilib olishidek jirkanch ish yoʼq!

46
0

بِسْمِ اللهِ الرَّحْمٰنِ الرَّحِيمِ
Bandaning Аlloh Taolo oʼrniga oʼzini qonun chiqaruvchi qilib olishidek jirkanch ish yoʼq!

Hizb ut-Tahrir – Tunis viloyati matbuot boʼlimi raisi ustoz Аbdurauf Omiriy Tahrir jurnalining birinchi sahifasida quyidagi oyat bilan «Milliy muloqot yolgʼoni» nomli maqola nashr qildi:
﴿أتَسْتَبْدِلُونَ الَّذِي هُوَ أَدْنَى بِالَّذِي هُوَ خَيْر﴾
«Yaxshi narsani past narsaga almashtirasizlarmi?» [Baqara 62]
Maqolada bunday deyiladi:
«Yurtdagi vaziyatdan hozirda tashqi gegemon kuchlarning xavfli bir fitnaga til biriktirishgani, uni real faol toʼdalar ijro etishayotgani yaqqol koʼrinib turibdi. Buni ular yurt duch kelayotgan xatardan qutulishning yagona yoʼli guruhlar oʼrtasidagi mana shu muloqotdir, degan narsaga jamoatchilikni ishontirib, taslim qilish orqali amalga oshirishmoqchi. Bu til biriktiruv va undagi manyovrlardan ertangi berilajak yechimlarga tiz choʼktirib, taslim qilish koʼzlangan. Bu yechimlardan islomiy aqidani aqlan tushunib, qalblarga joylashni boshlagan insonlarni sharʼiy ahkomlarning yechim va muolajalaridan chalgʼitib, adashtirish koʼzlangan».
Ustoz Omiriy soʼzining nihoyasida quyidagi savolni oʼrtaga tashladi:
«Insonlar taqdirini yana qayta «milliy tashkilotlar» qoʼliga topshirishning nima maʼnosi bor?! Аxir, jahon mustamlakachilari Nobel mukofotini bu tashkilotlar koʼksiga Islomning xalq hayotidan chetlatilgani uchungina taqib qoʼygan-ku?! Bandaning Аlloh Taolo oʼrniga oʼzini xalq uchun qonun chiqaruvchi qilib olishidek jirkanch ish bormi?! Siz qonun chiqaruvchi toʼdalar Аllohning xalqi ustidan nafs ammorangizga uchgan holda, hatto Аlloh, Rosuli va moʼminlarning dushmanlariga itoat qilgan holda hukmronlik qilishga qanday haqqingiz bor?!

Roya gazetasining 2022 yil 18 may chorshanba kungi 391-sonidan

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.