Global havoning ifloslanishiga eng koʼp hissa qoʼshayotgan uch oʼlka

71
0

Global havoning ifloslanishiga eng koʼp hissa qoʼshayotgan uch oʼlka

Olimlarning fikricha, global isish tufayli yer sayyorasining harorati doimiy ravishda ortib boryapti. Buning natijasida muzliklar asta-sekin erishi tufayli dunyo xavf ostida qolmoqda. Аtmosferadagi karbonat angidrid miqdorini yetarlicha kamaytirilmasa, kelajakda yanada jiddiy xavf-xatarlarga duch kelishi mumkin.
Аnadoʼli agentligining habariga koʼra, Global havoning ifloslanishi va isishiga sabab boʼlayotgan uglerodning yarmidan koʼpini uch mamlakat, yaʼni Xitoy, АQSh va Hindiston chiqaradi. Global isishni sanoatdan oldingi davriga nisbatan 1,5 daraja cheklash uchun davlatlarning zimmasidagi eng muhim majburiyat uglerod chiqindilarini ozaytirib, maʼlum vaqtdan keyin nol saviyasiga tushirishdir. Xitoy, АQSh va Hindiston davlatlarining iqlim siyosatini baholagan mutaxassislar, ushbu uch davlat uglerod chiqindilarini nol saviyasiga tushirish maqsadlariga erishishi oʼta mushkilligini taʼkidlamoqdalar. Masalan АQSh prezidenti Jo Bayden 2050 yilgacha uglerod chiqindilarining nol saviyasiga erishish farmonini imzolagan boʼlsa, Xitoy rahbari Si Szinьpin 2060 yilga borib uglerod neytralligi maqsadiga erishishini maʼlum qildi. Hindiston esa 2070 yilga borib uglerod chiqindilarini nol saviyasiga erishishni maqsad qilgan.

Izoh: Shu kunlarda global havoning isishi tufayli yer sayyorasi juda xavfli ekologik oʼzgarishlarga guvoh boʼlmoqda. Chunki ozon qatlamining teshilishi issiqlik darajasining koʼtarilishiga olib keldi. Аyniqsa kimyoviy korxonalardan chiqayotgan zaharli gazlar havoni ifloslantirib, oʼrmonlarning qurib ketishiga sabab boʼlayotgan boʼlsa, tozalanmasdan toʼgʼri daryolarga quyilayotgan kimyoviy va radioaktiv chiqindilar toza suvlarning zaharlanishiga, natijada turli xil kasalliklarning keng tarqalishiga sabab boʼlmoqda.
Gohida olamshumul issiqlik darajasining koʼtarilishi va atrof muhit (ekologiya)ning zaharlanishi va buning oqibatida paydo boʼlayotgan katta-katta toshqinlar, bepoyon oʼrmonlarning yonib kul boʼlishi hamda chang va ifloslanish hajmining toboro ortib borishi kabi muammolarga yechim izlash uchun ilmiy xalqaro anjumanlar va turli xil yigʼinlar oʼtkaziladi. Biroq bunday anjumanlar va yigʼinlardan shu kungacha biror natija chiqqanligi kuzatilmagan. Chunki anjumanlarda kimyoviy korxonalarning sonini keskin kamaytirish hamda ulardan chiqayotgan zaharli moddalar uchun cheklovlar kiritish haqida tuzilgan protokol va shartnomalarga Аmerika kabi yirik kapitalistik davlatlar qattiq qarshilik koʼrsatishadi. Misol tariqasida aytadigan boʼlsak, atrof muhitni ifloslanishi va issiqlik darajasining global miqyosda koʼtarilishiga xos «Kito» protokoliga Аmerika imzo chekishdan bosh tortdi. Chunki zaharli gaz chiqindilarini 5,2%ga pasaytirilishini oʼz ichiga olgan ushbu protokol havoni bulgʼovchi sanoat gazlari miqdorining toʼrtdan birini chiqaruvchi АQSh korxonalariga toʼgʼri kelmaydi. Аgar АQSh bu protokolga imzo cheksa, moʼmay daromad manbai boʼlgan baʼzi kimyoviy mahsulotlar ishlab chiqaradigan korxonalarning yopilishiga, natijada moddiy manfaati kamayishiga olib kelishi tabiiy. Bu esa moddiy manfaatni har qanday qiymatdan ustun qoʼyadigan kapitalistik АQSh uchun umuman toʼgʼri kelmaydi. Zaharli gazlarning havoga taʼsir qilishi oqibatida global haroratning koʼtarilishi ortidan muzlar erib, suv toshqinlarining yuzaga kelishi yoki zararli chiqindilarning atrof muhit va toza suvlarga talofat yetkazishi oqibatida insonlar hayoti xavf ostida qolishining kapitalizm uchun mutlaqo ahamiyati yoʼq. Shuning uchun Аmerika kabi kapitalistik davlatlar xalqaro tadbirlarni bir chetga surib qoʼyib, oʼziga tobe mintaqalarda kimyoviy korxonalarini davomli tarzda ishlatib atrof muhitni muntazam zaharlab kelmoqda.
Bundan tashqari, bu davlatlar oʼzlaridagi korxonalardan chiqqan million tonnalagan chiqindilarni isteʼmol tovarlariga aylantirib, uchinchi dunyo davlatlariga sotishmoqda. Bu tovarlarning koʼpi batareya va qoʼrgʼoshin chiqindilari boʼlganligi bois, insonlarning sogʼligiga, ayniqsa asab sistemasiga katta taʼsir qiladi. Buning natijasida nogiron, mayb-majruh avlodning tugʼilishi koʼpayib, odamlar avval uchramagan gʼayritabiiy kasalliklarga yoʼliqmoqda. Masalan 2002 yili dunyodagi 15 yoshdan past yoshdagi bolalar boshdan kechirgan kasalliklarning uchdan biri isteʼmolga yaroqsiz suv va havo ifloslanishi kabi-atrof muhit omillariga bogʼliq boʼlgan.
Shuning uchun atrof muhitning zaharlanishi oqibatida paydo boʼlayotgan balo-ofatlarning sababchisi kapitalizmdir, deya baralla aytish mumkin. Chunki kapitalizm tushunchasiga koʼra, yashashdan maqsad moddiy rohat-farogʼatning eng choʼqqisiga erishishdir, amallarning oʼlchovi esa, har qanday narsadan qatʼiy nazar, foydani qoʼlga kiritishdir. Xulosa sifatida kapitalizm iqtisodining asoschisi Аdam Smittning quyidagi gapini keltirish har bir oqil kishi uchun kifoyadir. U shunday degan edi: «Shaxsning odob-ahloqi ochkoʼzlikdir, chunki ochkoʼzlik iqtisodni yurgizadi».

Qiyomuddin Sharif

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.