Yoʼlga haq olinadi
OАV xabarlariga koʼra, mamlakatdagi ayrim yoʼllar uchun haq olinadi. Transport va kommunikatsiya vazirning birinchi oʼrinbosari Nurlanbek Kayinbaev, Chuy viloyati aylanma yoʼli, Oʼzgan shahri aylanma yoʼli, shimol-janub yoʼl tunneli va yoʼl oʼtkazgich koʼprigi uchun pul undirilishini maʼlum qildi. Uning aytishicha, yigʼilgan mablagʼ yoʼllarni taʼmirlashga sarflanadi. Аslida bu tashabbus 2021-yilda koʼtarilgan boʼlib, yonilgʼi soligʼini olti yil ketma-ket ikki somdan oshirish, avtomobillardan yoʼl haqi olish, qimmatbaho mashinalarga ortiqcha boylik soligʼini joriy etish taklif etilgan edi.
Bugungi kunda kapitalistik tuzumda byudjet xalqdan yigʼiladigan soliqlar hisobiga toʼldiriladi. Kapitalizmni tatbiq qilayotgan Qirgʼiz hukumati ham byudjetni toʼldirish uchun vaqti-vaqti bilan soliqlarning yangi turlarini oʼylab topishadi. Voqelikda ham, shirʼiy tomondan ham olib qaralganda bu soliqlar xalqqa zulm hisoblanadi. Transport va kommunkatsiya vazirligi yigʼilgan mablagʼ yoʼllarni taʼmirlash, yaxshi holtda saqlab turishga sarflanishini taʼkidlamoqda. Biroq, bu mablagʼlar chap choʼntakka emas, belgilangan oʼrinlarga sarflanishi gumon. Shuningsiz ham ayni vaqtda transportga tegishli soliqlardan: avtomobil soligʼi, yoqilgʼi aktsizlari, bojxona toʼlovlari, transport vositalarini roʼyxatdan oʼtkazish, litsenziya va tunneldan oʼtish uchun toʼlovlar toʼlab kelamiz. Аmmo, yoʼllar xali ham taʼmirga muxtoj.
Bundan tashqari, davlat doimiy ravishda chet eldan kreditlar oladi. Hukumat bu kreditlarning ham katta qismi ushbu yoʼllarni taʼmirlashga sarflanayotgani haqida hisobot beradi. Moliya vazirligi maʼlumotlariga koʼra, 2020-yil oktyabr oyidan shu kungacha hukumat chet eldan 466,8 mln dollar kredit olgan. Mana shu tarzda yoʼl uchun kreditlar olinib, soliqlar joriy etilmoqda, ammo xalqimiz yaxshi yoʼlga yolchimadi. Oqir oqibat olingan kreditlarni toʼlash nosoz yoʼllarda mashina xaydashga majbur boʼlayotgan xalqimiz zimmasiga tushadi. Аslida yoʼl kimning mulki? Har bir kilometr uchun haq toʼlash kerak boʼlgan shaxsiy yoʼllardan foydalanyapmizmi? Islomda yoʼl umumiy mulk hisoblanadi. Davlat yoki boshqa tomon yoʼllarga soliq joriy etish huquqiga ega emas.
Xorun Аbdulhaq