Amerika va Rossiya kufr millati bitta ekanini tasdiqladi

212
0

بِسْمِ اللهِ الرَّحْمٰنِ الرَّحِيمِ
Amerika va Rossiya kufr millati bitta ekanini tasdiqladi

Saudiyada chiqadigan “Sharqul Avsat” gazetasi (hijriy 1443 yil 26 jumodussoniy, milodiy 2022 yil 29 yanvar shanba kuni) tarqatgan xabarda bunday deyiladi:
“BMTning Suriyadagi maxsus vakili Geyr Pedersen Nьyu-Yorkdaligi chogʻida Saudiyada chiqadigan Sharqul Avsat gazetasi bilan oʻtkazgan telefon suhbatida “Suriya krizisiga aloqador asosiy tomonlar menga harbiy harakatlar davri tamom boʻlganini va hech bir tomon mojaro yakunini monopoliyaga olmasligini aytishdi”, dedi. Keyin u bunday qoʻshimcha qildi: “AQSh va Rossiya oʻrtasida Suriyada strategik kelishmovchilik yoʻq. Har ikki davlat vakillari Jenevadagi uchrashuvda menga “Reja muqobilida reja” nomli yangi loyihaga qoʻshilishga tayyor ekanliklarini bildirishdi”.
Pedersenga koʻra, u Xavfsizlik Kengashi aʼzolari bilan uchrashuvi chogʻida oʻz rejasini ilgari surishda Kengash tomonidan “kuchli qoʻllab-quvvatlov” olgan. Uning bu rejasi BMTning 2254-rezolyutsiyasini amalga oshirishga olib kelishini taʼkidladi. Pedersen Amerika Suriya “rejimini oʻzgartirish” siyosatidan voz kechdi, balki “mavjud rejimning xatti-harakatlarini oʻzgartirish”ga intilmoqda, degan fikrga qoʻshilishini bildirdi. Sizning bu rejangizga Suriya tashqi ishlar vaziri Faysal Miqdodning norozilik bildirganiga nima deysiz? – degan savolga “Men unga Damashq uchun boʻlgan “Reja muqobilida reja”ning asl mohiyatini yanada batafsil izohlab bersam, albatta mamnun boʻladi. Umid qilamanki, biz muzokaralar organi bilan toʻgʻri munosabatda boʻlamiz”, deya javob qildi. Pedensenning taʼkidlashicha, kelasi oy Damashq va muzokaralar qoʻmitasi bilan konstitutsiyaviy qoʻmita yigʻinlarining navbatdagi bosqichini tashkil etish boʻyicha muzokaralar olib boriladi. BMT vakili yana bunday dedi: “AQSh boshchiligidagi xalqaro koalitsiya koʻmagida Suriyaning uchdan bir qismini va boyliklarining katta qismini nazorat qilayotgan Suriya Demokratik Kuchlari (Qasad) Jeneva jarayonining bir qismi hisoblanmaydi. Chunki ushbu jarayon 2254-rezolyutsiyaga asoslangan boʻlib, unda maʼlum muxolafat guruhlari mavjud, ammo Qasad esa uning bir qismi emas va bu hamon haqiqatdir”.

Roya gazetasining 2022 yil 2 fevral chorshanba kungi 376-sonidan

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.