Yahudiy vujudi hukmdorlarimiz xiyonatidan samarali foydalanib, uning yetakchilari bu bilan maqtanishmoqda!

159
0

بِسْمِ اللهِ الرَّحْمٰنِ الرَّحِيمِ
Yahudiy vujudi hukmdorlarimiz xiyonatidan samarali foydalanib, uning yetakchilari bu bilan maqtanishmoqda!

Hizb ut-Tahrir – muborak Falastin zamini matbuot boʻlimi (hijriy 1443 yil 14 jumodussoniy, milodiy 2022 yil 17 yanvar dushanba kuni) nashr qilgan bayonotda bunday deyiladi:
“Falastin rahbari Mahmud Abbos bilan yahudiy vujudi mudofaa vaziri Beni Gants oʻrtasidagi uchrashuvdan soʻng yahudiylar bosh vaziri Naftali Benet “Falastin maʼmuriyati bilan siyosiy jarayonda muvaffaqiyatga erishish imkoniyati yoʻq”ligini taʼkidladi. U “Dunyo rahbarlari bilan uchrashganimda ular mendan Falastin mavzusini soʻrashmadi ham”, dedi. Soʻng oʻz pozitsiyasi aniq ekanini, yaʼni u Falastin davlati boʻlishiga rozi emasligini va Abu Mozin bilan uchrashishni istamasligini qoʻshimcha qildi. Oʻz navbatida, yahudiy vujudi tashqi ishlar vaziri (Benet bilan boʻlgan koalitsiya kelishuviga koʻra keyingi boʻladigan bosh vazir) Yair Lapid ham Falastin maʼmuriyati bilan muzokaraga oʻtirishga aslo istagi yoʻqligini bildirdi.
Yahudiylarning bunday kibrli bayonotlar berishga undagan narsa ular qoʻlga kiritgan samaralardir. Bu samaralar, shubhasiz, arab davlatlari hukmdorlarining yahudiylar bilan munosabatlarni normallashtirishlarida, Falastin maʼmuriyatning qoʻrqoqligida va yon berishlarida oʻz aksini topadi. Bunga “Kliring mablagʻlari”, “VIP oʻtish ruxsatnomasi” va “VMS kartochkasi” kabi Abbos-Gants uchrashuvida imzolangan kelishuvlardagi yon berishlar misol boʻladi. Shuning uchun ham yahudiy vujudi arab hukmdorlarining xiyonati va yon berishlari mevalarini terib oladigan va shunday takabburlik bilan bayonotlar beradigan boʻlib qoldi. Mana, Falastin masalasi “hal qilinib”, umuman koʻtarilmayapti. Faqatgina hukumatlar yahudiy vujudi yetakchilari bilan imzolashgan hujjatlaridagina va uchrashuvlarining yakuniy bayonotlaridagina tilga olinadigan, baʼzan umuman tilga olinmay ham oʻtib ketiladigan boʻlib qoldi.
Benet bilan Lapid bayonotlaridan koʻrinib turibdiki, Falastin Ozodlik Tashkiloti boshlagan “tinchlik harakati” bir bepusht tashabbus boʻlib, undan na vatan tugʻilmoqda, na suverenlik va na davlat. Bilʼaks, u yon berish, yon berish va qator yon berishlar bilan, oxir borib yon beriladigan hech narsani qoldirmaydigan bir harakatdir. Ana, Falastin maʼmuriyati, ayni bankrotlik bosqichiga yaqinlashmoqda, yahudiylar esa, koʻproq yon berish va voz kechishlarga ega boʻlish uchun uni atayin aldab, vaqtni choʻzishmoqda.
Hamma narsa ochilib fosh boʻlib boʻldi. Arab rejimlarining odamlarni aldash uchun davlat, tinchlik va muzokara kabi gaplariga ham oʻrin qolmadi… berkitishadigan va aldashadigan narsalari tugab bitdi. Aksincha, ular endi ochiqdan-ochiq munosabatlarni normallashtiradigan, yashirib oʻtirmay, ochiq bayonotlar beradigan boʻlib qolishdi. Zero, Benetning bayonotiga na bir qirol va na birorta prezident javob qaytardi!
Darhaqiqat, Falastin masalasi faqatgina uni ozod qilish bilangina hal boʻladi. Qolgan boshqa variantlar esa, Falastin masalasi va uning ahliga ziyon yetkazganidan keyin fosh boʻlib, butun eʼtiborini yoʻqotdi. Bugungi kunda Falastin masalasi hukmron rejimlar va hukumatlarning eʼtiboridan butunlay chetda qolgan boʻlib, ularning nazdida qadrini yoʻqotgan. Unga faqatgina musulmon xalqlar hamda ularning xolis kuch-qudrat ahli eʼtibor bermoqda. Shu bois, Islom Ummati hamda uning armiyalari darhol harakatga kelib, malay hukmdorlarini agʻdarmogʻi hamda ushbu muborak zaminni yahudiy vujudidan ozod etib, buni har kimga ibratga aylantirmogʻi darkor. Bugungi kunda Islom Ummati ayni shu haqiqatlarni anglab yetishi vojib.

Roya gazetasining 2022 yil 2 fevral chorshanba kungi 376-sonidan

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.