Amerika Atma shahrida havo hujumi orqali jinoyat sodir etdi Jangchi guruhlar esa, buni tanqid qilganlarni qamoqqa olish bilan band

35
0

Matbuot bayonoti
Amerika Atma shahrida havo hujumi orqali jinoyat sodir etdi
Jangchi guruhlar esa, buni tanqid qilganlarni qamoqqa olish bilan band

2022 yil 3 fevral payshanba kuni AQShning “Apache” rusumli vertolyotlari Suriyaning ozod etilgan shimoliy Atma shahri yaqinida havo hujumini sodir etdi. AQSh prezidenti Bayden tomonidan “IShID rahbari Abu Ibrohim Hoshimiy-Qurayshiy nishonga olingan”i aytilgan ushbu hujum oqibatida tinch aholidan oʻn uch nafari, jumladan ayollar va bolalar nobud boʻldi.
Hodisadan bir kun oldin Bob shahriga raketa zarbalari berilishi oqibatida sakkiz nafar inson shahid boʻlgan, bir nechasi yaralangan edi. Qonxoʻr va bosqinchi Rossiya rejimi bombardimonlariga kelsak, hech bir vaqt toʻxtagani yoʻq.
Mana shunday jinoyatlar sodir etilayotgan ekan, jangchi guruhlar, asosan, Tahriri Shom hayʼati va Inqoz bilan Oʻtish davri hukumatlari bularni miq etmay tomosha qilishdi, goʻyo bu ular uchun mutlaqo ahamiyatsizdek… Tomosha qilish bilan ham kifoyalanmay, hatto ularning siyosatini tanqid qilganlarni taʼqib ostiga olish, qamash, odamlar ishlariga burun suqib, zoʻravonlik qilish bilan mashgʻul.
Bular kuch-qudratni monopoliya qilib, insonlarga ogʻir soliqlar solish oʻrniga, ozod etilgan mintaqalarda tinch aholini nishonga olayotgan hujumlarga qarshi turishi va ularni qaytarishlari kerak emasmidi?!
Nahotki, har kuni turli dastak-bahonalar bilan tinch aholining pokiza qoni oqizilishi, “ozod etilgan”, deyilayotgan yerlarga bunday zoʻravonlik va adovat qilinishi ularning qonini qaynatmayotgan va qolgan-qutgan mardlikni ham qoʻzgʻamayotgan boʻlsa?! Yoki ular oʻzlaridagi hamma narsalarini ham sotib, butkul qullarga aylanib boʻlishdimi?!
Oʻzlarini “doʻst”, deya daʼvo qilayotgan va ochiq dushmanlik qilayotgan turli tomonlarning jinoyat va qirgʻinlari, qonxoʻr rejimning dahshatli xunrezliklari, unga xalqaro qonuniylik berish urinishlari, bularning barchasi Shom ahli va ularning qoʻzgʻolonlariga qarshi xalqaro hamjamiyat va yirik davlatlarning tillari bir ekanini ochiq koʻrsatib turibdi.
Xorij bilan bogʻlangan guruhlarning Shom ahlini yordamsiz qoldirishi, muskullari va zoʻrliklarini dushmanga emas shularga koʻrsatib, rostgoʻy farzandlarini qamoqqa olishayotgani, qoʻzgʻolonning oʻzgarmas gʻoyasidan voz kechishganliklari, bularning barchasi Shom ahli oʻz aqidalaridan balqib chiqqan loyihasi bor ongli va xolis yetakchilarga muhtoj ekanini koʻrsatib turibdi. Chunki bunday yetakchilik yoʻlimizni tuzatib, bizni malay rejimni agʻdarish va Paygʻambarlik minhoji asosidagi roshid Xalifalik soyasida Islom hokimiyatini barpo etish sari bizni muayyan sharʼiy tariqatga muvofiq yetaklaydi.
Bugun guruh yetakchilarining bizni yordamsiz qoldirishayotgani va bizga zoʻravonlik qilib, dushmanlarimiz rejalarini bajarishayotgani yaqqol fosh boʻlgan ekan, endi ular yuziga haq soʻzni baralla aytmoq hamda ularni oʻzgartirmoq shartdir. Chunki biz zulm va zoʻravonlikka sukut qilsak, dushman bizni xorlab, yanada zoʻrlik qiladi. Ana shunda biz faqat shahidlarimiz qonini, berilgan barcha qurbonliklarni zoye ketkazgan boʻlamiz. Balki shu bilan birga, ularning rejalarini bajargan va kofir rejimning zulmi, xorlash va xoʻrlashi ostiga qaytib kirgan boʻlamiz.
Ey Shom zaminidagi rostgoʻy insonlar!
Har kuni toʻxtamay oqizilayotgan qonlar bizga to Alloh Taolo yorugʻlik, nusrat va gʻoliblikni ato etguniga qadar oʻz qoʻzgʻolonimizni davom ettirishni buyurmoqda. Bu Allohning izni ila albatta boʻladi, faqat buning uchun biz soʻzimizda ham, amalimizda ham Allohga rostgoʻy boʻlsak va Uning arqonini mahkam tutib, Oʻziga tavakkal qilsak bas.
﴿يَا أَيُّهَا الَّذِينَ آمَنُوا إِنْ تَنْصُرُوا اللَّهَ يَنْصُرْكُمْ وَيُثَبِّتْ أَقْدَامَكُم﴾
“Ey moʻminlar, agar Allohga yordam bersangiz, U ham sizga nusrat-yordam beradi va qadamlaringizni sobit qiladi” [Muhammad 7]
Hizb ut-Tahrirning Suriyadagi matbuot boʻlimi

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.