Matbuot bayonoti
Bosqinchi yahudiy vujudining Nablusdagi xunrezligi
Nablus shahrida bosqinchi yahudiy vujudi maxsus xizmati juda jirkanch xunrezlik sodir etdi. Shahardagi uch yigitni avtomatdan nafrat oʻqlarini yogʻdirib oʻldirdi… Biz Alloh Azza va Jalladan Oʻz izni ila bu yigitlarni rahmatiga olishini va ularni jannatda shahidlar bilan birga qilishini soʻraymiz.
Yahudiy vujudining bu jinoyati ularning Falastin ahliga qarshi har doim sodir etayotgan jinoyatlaridan dahshat va vahshiylikda qolishmaydi. Qirgʻin, uy-joylarni vayron etish, qamoqqa tashlash, qasos olish, iqtisodiy boʻgʻish, barcha-barchasi tom maʼnodagi bosqinchilikning kunlik voqeligidir. Shuningdek, bosqinchilarning bu kabi jinoyatlari Falastin maʼmuriyatining daʼvo qilayotgan suverenligi yolgʻon ekanini ochib qoʻydi, uning obroʻ-eʼtiborini yer bilan yakson qilib, Falastin farzandlari oldida ham, dunyo oldida ham sharmandasini chiqardi.
Yahudiy vujudi oʻz qirgʻin va jinoyatlarini hech toʻsiqsiz qatʼiy davom ettirayotgan bir paytda, Falastin maʼmuriyati ham soʻzda va amalda oʻz xorligini qatʼiy namoyon etmoqda. Uning amalda buni namoyon qilayotganiga misol: dushman bunday jinoyatlarni tinch xotirjam amalga oshib, yana tinch xotirjam qaytib ketyapti, bunga maʼmuriyat qurolli xavfsizlik xizmati tomonidan mutlaqo reaktsiya bildirilmayapti! Odamlarning nafas olishlarini ham, haqni gapirishlarini ham, minbarlardagi xutbalarini ham tinimsiz nazorat qilib turishni yaxshi bajarayotgan bu xavfsizlik xizmati ayni xunrezlikni “bilmadi” va ogohlantirmadi. Demak, bundan koʻrinib turibdiki, Falastin xavfsizlik xizmati, qachon ish Falastin ahli xavfsizligiga oid boʻlsa, koʻzini yumib turadi… Qachon ish yahudiy vujudi xavfsizligiga oid boʻlsa xavfsizlik kelishuviga sodiq ravishda harakat qiladi. Uning soʻzda namoyon etayotganiga kelsak, Falastin maʼmuriyati rahbarlari “jinoyat borasida xalqaro tergov oʻtkazishni talab qilishdi hamda tashqi ishlar vaziri oʻz bayonotida “suiqasdni qoralashi” va xalqaro suddan “jinoyat tergovini oʻz masʼuliyatiga olish”ni talab qildi. Ulardan biri “suiqasd amaliyotiga javob xalq qarshiligi tomonidan berilishi kerak, zotan biz qoʻy emasmiz”, dedi. Zotan, bu bayonotlarning oʻzi qoʻylardan yangrovchi bayonotlardir. Shubhasiz, bunday bayonotlar bosqinchilar har safar jinoyat qilgan paytda yangraydigan boʻlib qoldi… Ular “Biz xalq qarshiligi bilan javob qilamiz, shahidlarimiz qoni doʻstlik ishini buzmaydi”, deya vaysaydigan boʻlib qolishdi. Falastin ahli uchun buning ajablanarli yeri qolmadi. Chunki ular maʼmuriyatning dushmanga qarshi chiqmasligini ham, xavfsizlikni taʼminlamasligini ham, hech kimni himoya qilmay, hech bir yerni ozod etmasligini ham, uning hamkorligi ularni oʻldirishini va azob-uqubatlarini yanada ziyoda qilishini ham, hammasini oʻz tajribalaridan oʻtkazganlar.
Yahudiy vujudining bugungi jinoyatidan tortib, har kunlik jinoyatlari mana shu xor va zolim hukmdorlar yelkasiga tushgan gunohi azim boʻlib, faqat shular javobgardir. Chunki ular yahudiylardan qoʻrqishlari, ular bilan til biriktirib, munosabatlarni normallashtirishlari bilan nomard-qoʻrqoq yahudiylarni jurʼatli qilishyapti. Ushbu oqizilgan qonlar javobgarligi Islom Ummati farzandlari orasidagi qodir va kuch-qudratli kishilar va armiyalar yelkasiga tushadi. Alloh qiyomat kuni ularni Falastin ahlini yordamsiz qoldirishgani uchun albatta soʻroqqa tutadi. Ular va ular bilan bir qatorda, Islom Ummati agar harakatga kelmasa va yahudiy vujudini ildizi bilan qoʻporib tashlash bilan jinoyatlariga toabad chek qoʻymasa, ertaga oqizilishi mumkin boʻlgan qonlar uchun javob beradi. Shu boisdan agar qatʼiy qarorga kelsalar va niyatlarini xolis Allohga qilsalar, Alloh ularga albatta yor boʻladi va nusrat ato etadi.
﴿وَمَا لَكُمْ لَا تُقَاتِلُونَ فِي سَبِيلِ اللَّهِ وَالْمُسْتَضْعَفِينَ مِنَ الرِّجَالِ وَالنِّسَاءِ وَالْوِلْدَانِ..﴾
“(Ey moʻminlar), sizlarga nima boʻldiki, Alloh yoʻlida va erkaklar, ayollar hamda bolalardan iborat boʻlgan bechoralar(ni ozod qilish) yoʻlida jang qilmayapsizlar?!” [Niso 75]
Hizb ut-Tahrirning muborak Falastin
zaminidagi matbuot boʻlimi