Bayden Afgʻonistonning muzlatilgan 7 milliard dollari boʻyicha farmon chiqardi

635
0

Bayden Afgʻonistonning muzlatilgan 7 milliard dollari boʻyicha farmon chiqardi

20 yillik urushda Afgʻoniston iqtisodini vayron qilgan AQSh hukumati afgʻon xalqining muzlatilgan 7 milliard dollar toʻgʻrisida qaror qabul qildi. Bu haqda Oq uy maxsus bayonot berdi.
Xabar qilinishicha, AQSh prezidenti Afgʻonistonning muzlatilgan 7 milliard dollarning yarmini 11-sentyabrda Nьyu-Yorkda halok boʻlganlarning oilalariga, qolgan yarmini afgʻon xalqiga gumanitar yardam sifatida ajratish toʻgʻrisida farmon chiqargan.
“Tolibon harakati Qobulni egallagan paytda Afgʻoniston Markaziy banki 9 milliard dollardan ortiq mablagʻga ega edi. Undan 7 milliard dollari AQShda, qolgani Germaniya, BAA, Shveytsariyada saqlangan. Afgʻon xalqi ehtiyojlariga ajratiladigan mablagʻ Nьyu-York sudi qaroridan soʻng beriladi. Biroq, barcha mablagʻlar avtomatik ravishda ajratilmaydi”, – deyiladi bayonotda.
Imzolangan kelishuvlardan bosh tortib, aytgan soʻzidan qaytishga odatlangan AQSh hukumati yana bir bor oʻzining haqiqiy yuzini koʻrsatdi. Amerikaning mustamlakachilik siyosatining bir koʻrinishi boʻlgan ushbu farmon AQShning Afgʻonistondagi 20 yillik bosqinchiligi davom etayotganidan darak beradi. 11-sentyabr qurbonlarini xotirlaydigan Oq uy 20 yildan beri afgʻon xalqining toʻkilgan qoni, bombaboʻron qilingan shifoxona, madrasa va maktablar toʻgʻrisida ogʻiz ochgani yoʻq.
Avvalroq Tolibon hukumati gumanitar yordami masalasida Gʻarbga safar qilgan edi. Shubhasiz, yuqoridagi Oq uy qarori ularni yana bir tuzoqqa olib borish uchun qabul qilingan. Tolibon AQSh manfaatlariga zid harakat qiladigan boʻlsa Amerika inson huquqlari bahonasi bilan mazkur mablagʻni toʻxtatib qoʻyishi aniq. Shu sababli Tolibon muzokaralar stollarida ehtiyotkor bolib, hech qanday majburiyatlarni oʻz zimmasiga olmaslikka harakat qilishi kerak. Aks holda avval erishgan gʻalabalarini Gʻarbning nayranglariga boy berib qoʻyishi mumkin!

Mumtoz Movaraunnaxriy

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.